Vitamin Ye ZЕNTIVA rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol modda: alfa-tokoferol atsetati – 100,000 mg; Yordamchi moddalar: kungaboqar moyi – 7,500 mg; Kapsulaning qobig‘i: jelatin – 49,380 mg, glitserol 85 % – 27,460 mg, metilparagidroksibenzoat – 0,049 mg, punts bo‘yovchisi [Ponso 4R] (Ye 124) – 0,220 mg, tozalangan suv – 32,898 mg.

Preparatning savdo nomi:

Vitamin Ye ZЕNTIVA

Farmakalogik guruhi:

vitamin

Dori shakli:

kapsulalar

tiniq, och sariq moy bilan to‘ldirilgan qizil rangli, oval kapsulalar.

vitamin

A11NA03

12-barmoq ichakdan so‘rilishi (o‘t kislotalarining tuzlari, yog‘larni bo‘lishi, me’da osti bezini normal faoliyat ko‘rsatishi zarur) – 20-40% so‘riladi. Dozasi oshirilganida so‘rilish darajasi pasayadi. Maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqti – 4 soat. Barcha a’zo va to‘qimalarda, ayniqsa yog‘ to‘qimasida to‘planadi. Oz miqdorda yo‘ldosh orqali o‘tadi: onaning qonidagi kontsentratsiyasini 20-30% homila qoniga o‘tadi. Ko‘krak sutiga o‘tadi. Ekskretsiyasi asosan me’da-ichak yo‘llari orqali, o‘t bilan 90% dan ko‘proq qismi, 6% dan kamroq qismi buyraklar orqali glyukuronidlar va boshqa metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Ichga qabul qilinganida Ye vitamini me’da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Maksimal kontsentratsiyaga 4-8 soatdan keyin erishiladi va 24 soat davomida saqlanadi. Preparat asosan safro bilan chiqariladi.

Ye vitamini gipovitaminozini oldini olish va davolash (shu jumladan, skelet-mushak tizimini degenerativ va proliferativ o‘zgarishlari bilan kechuvchi, hususan, mushak distrofiyasi, amiotrofik yon skleroz (majmuaviy davolash tarkibida) bilan kechuvchi Ye vitaminini gipovitaminozida); surunkali gepatit (majmuaviy davolash tarkibida); og‘ir kasalliklar, jarohatlar, operatsiyalardan keyingi rekonvalestsentsiya holatlari; og‘ir jismoniy yuklamalar; hayz ko‘rish tsiklini buzilishlarida (hayz ko‘rish tsiklining buzilishlarini gormonal davolashda majmuaviy davolash tarkibida) qo‘llanadi.

Preparat qo‘llanilishi faqatgina katta yoshdagi bemorlar uchun mo‘ljallangan. Ye vitamini gipovitaminozini davolash 100 mg kapsulalar sutkada 1 martadan gipovitaminozning belgilari yo‘q bo‘lguniga qadar qabul qilinadi. Suyak-mushak tizimini degenerativ va proliferativ o‘zgarishlari, xususan mushak distrofiyasi, yon amiotrofik skleroz bilan kechuvchi Ye vitamini gipovitaminozi (majmuaviy davolash tarkibida) 100 mg kapsulalar kuniga 1 martadan 1-2 oy davomida qabul qilinadi. Surunkali gepatit bilan kechuvchi Ye vitamini gipovitaminozi (majmuaviy davolash tarkibida) 100 mg kapsulalar sutkada 1 marta qabul qilinadi. Og‘ir kasalliklardan, jarohatlar, operatsiyalardan keyingi rekonvolestsentsiya holatlarida Ye vitamini gipovitaminozi 100 mg kapsulalar sutkada 1 marta 1-2 xafta davomida qabul qilinadi. Jismoniy yuklamalar oshganida Ye vitamini gipovitaminozi 100 mg kapsulalar sutkada 1 marta jismoniy yuklamalar oshgan vaqtda qabul qilinadi. Hayz ko‘rish tsiklini buzilishlari bilan kechuvchi Ye vitamini gipovitaminozi (hayz ko‘rish tsiklini buzilishi gormon bilan davolashda majmuaviy davolash tarkibida) 300-400 mg dan kunora bosqichma-bosqich, hayz ko‘rish tsiklini 17-kunidan boshlab oxirgi kunigacha (hayz ko‘rish tsiklini birinchi kunidan oldin) qabul qilinadi.

Odatda tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinganida preparatning nojo‘ya samaralari kuzatilmaydi. Immun tizimi tomonidan buzilishlar: allergik reaktsiyalar. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: diareya, ko‘ngil aynashi, gastralgiya. Moddalar almashinuvi va oziqlanish tomonidan buzilishalr: giperkreatininuriya, kreatinfosfokinaza faolligini oshishi, qon zardobida xolesterin miqdorini oshishi. Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar: tromboflebitlar, o‘pka arteriyasini tromboemboliyasi.

Preparatning komponentlariga bo‘lgan yuqori sezuvchanlik, o‘tkir miokard infarkti, bolalarda qo‘llash mumkin emas. Ehtiyotkorlik bilan Og‘ir kardiosklerozi bo‘lgan bemorlarda, miokard infarktini o‘tkazgan bemorlarda, tromboemboliyalarni rivojlanish xavfi oshganida; K vitaminini yetishmovchiligi keltirib chiqargan gipoprotrombinemiya Ye vitaminini 400 XB dan yuqori dozada qo‘llanganida og‘irlashishi mumkin (1mg = 1,21 XB).

Glyukokortikosteroidlar, nosteroid yallig‘lanishiga qarshi preparatlar, yurak glikozidlarining samarasini kuchaytiradi. Tutqanog‘i bor bemorlarda tutqanoqqa qarshi vositalarning samaradorligini oshiradi (ularning qonida lipidlarning perekisli oksidlanish mahsulotlarini miqdori yuqori bo‘ladi). Temirni yuqori dozalari organizmda oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradi, bu Ye vitaminiga bo‘lgan sutkalik ehtiyojni oshiradi. Ye vitaminini sutkada 400 XB dan yuqori dozada antikoagulyantlar (kumarin va indandion hosilalari) bilan bir vaqtda qo‘llash, gipoprotrombinemiya rivojlanishi va qon ketishi xavfini oshiradi. Agar Ye vitamining dozasi sutkada 400 XB dan yuqori bo‘lsa, antikoagulyantlarning ta’sirini kuchaytiradi. Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun, Ye vitaminini saqlovchi boshqa vitamin komplekslarini bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Ye vitaminini yuqori dozalarda buyurish, organizmda A vitamini tanqisligini keltirib chiqarishi mumkin. Kolestiramin, kolestipol, mineral moylar Ye vitamining so‘rilishini kamaytiradi.

Allopetsiya bilan shikastlangan joylardagi tug‘ma bullyoz epidermolizda, oq soch o‘sa boshlashi mumkin. Organizmda gipoprotrombinemiyani chaqiruvchi K vitaminini yetishmovchiligi Ye vitaminini katta dozalarda (sutkasiga 400 HB) qo‘llanganida oshishi mumkin. Agar Ye vitaminining dozasi sutkada 400 HB dan oshsa, antikoagulyantlarning ta’sirini kuchaytiradi. Dozani oshirib yuborishni oldini olish uchun Ye vitaminini saqlovchi boshqa vitaminlar kompleksini bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik va emizish davrida preparat faqat shifokor tavsiyasiga ko‘ra qabul qilinadi. Transport vositalari yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri VITAMIN Ye ZЕNTIVA preparatining kapsulalarini qabul qilish transport vositalari yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15 dan 25oS gacha haroratda.

Simptomlar: Ye vitaminining yuqori dozalari (sutkada 400-800 mg uzoq vaqt davomida) ko‘rishni buzilishi, diareya, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, kuchli toliqish, xushdan ketish, bullyoz epidermolizda alopetsiya sohalarida oq sochlarni o‘sib chiqishini keltirib chiqarishi mumkin. Juda yuqori dozalar (800 mg dan ortiq dozasi uzoq vaqt davomida) K vitamini yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qon ketishi havfini chaqirishi mumkin; ular qalqonsimon bezi gormonlarining metabolizmini buzishi va sezuvchan patsiyentlarda tromboflebit va tromboemboliyalar xavfini oshirishi mumkin. Davolash: simptomatik, preparatni bekor qilish, glyukokortikosteroidlarni buyurish kerak.

Retseptsiz

100 mg, 200 mg li kapsulalar: 30 ta kapsuladan to‘q rangli shisha flakonlarda. 400 mg li kapsulalar: 20 yoki 30 ta kapsuladan to‘q rangli shisha flakonlarda. Har bir flakon tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.