Vitamin Ye LIKretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol modda: alfa-tokoferil atsetat (100% moddaga qayta hisoblanganda) – 0,1 g; yordamchi moddalar: kungaboqar moyi (rafinatlangan, dezodoratsiya qilingan) yoki makkajo‘xori yoki soya moyi – 0,2 g.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tokoferol

Preparatning savdo nomi:

Vitamin Ye-LIK

Farmakalogik guruhi:

Vitamin.

Dori shakli:

kapsulalar

sharsimon yoki oval shaklli och-sariq rangdan to‘q-sariq ranggacha bo‘lgan yumshoq jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagisi – och-sariq rangdan to‘q-sariq ranggacha bo‘lgan yog‘simon suyuqlik. Taxir hid bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Vitamin.

A11NA03

MIY dan yuborilgan dozaning taxminan 50% so‘riladi, qonda maksimal darajasi 4 soatdan keyin yaratiladi. So‘rilishi uchun o‘t kislotalari, yog‘larni bo‘lishi, me’da osti bezining faoliyati normal bo‘lishi kerak. So‘rilish jarayonida Ye vitaminining xujayra ichida tashuvchilari bo‘lgan lipoproteidlar bilan majmua hosil qiladi. Asosan limfaga, so‘ngra esa – umumiy qonga tushadi, u yerda asosan alfa- va beta-lipoproteidlar bilan, qisman zardobdagi albumin bilan bog‘lanadi. Oqsillar almashinuvi buzilganida tashilishi qiyinlashadi. Barcha a’zo va to‘qimalarda, ayniqsa yog‘ to‘qimasida to‘planadi. Jigarda xinon tuzilishiga ega bo‘lgan (ulardan ayrimlari vitamin faolligiga ega) hosilalarigacha metabolizmga uchraydi. O‘t-safro bilan (90% dan ortiq) va siydik bilan (taxminan 6%) o‘zgarmagan holda va metabolitlari ko‘rinishida chiqariladi.

Ye vitamini gipovitaminozda, isitma sindromi bilan kechuvchi kasalliklardan keyingi rekonvalestsentsiyada, astenik va nevrotik sindromda, bo‘g‘imlarning degenerativ va proliferativ o‘zgarishlarida, bog‘lov apparati va mushaklarning kasalliklarida; erkaklarda jinsiy bezlarning faoliyati buzilganida; ayollarda – homiladorlikni to‘xtash xavfida va hayz ko‘rish tsiklining turli buzilishlarida, homilani ona qornida rivojlanish sharoitlari yomonlashganida qo‘llanadi. Preparat yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga, chala tug‘ilgan yoki tana vazni kichik chaqaloqlarga, kichik yoshdagi bolalarga ovqat bilan Ye vitamini yetarli tushmaganida qo‘llash uchun ko‘rsatilgan. Tana vazni kichik yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga gemolitik anemiyani, bronxopulmonal displaziyani, retrolental fibroplaziyani rivojlanishini oldini olish uchun buyuriladi. Ye vitamini periferik tomirlarning shikastlanishida (endarteriit, Reyno kasalligi), miokardiodistrofiyada, aterosklerozda, periferik tomirlarning spazmida, gipertoniya kasalligida, yurak-tomir yetishmovchiligida qo‘llanadi. Ye vitaminini seboreyada, terining atrofik o‘zgarishlarida (sklerodermiya va boshqalar) boldirning trofik yaralarida, fotodermatozlarda, psoriazda, dermatomiozitda va boshqa kollagenozlarda ham buyuriladi. Alfa-tokoferilatsetati shuningdek nekrozlovchi miopatiyada, abetalipoproteinemiyada, gastroektomiyada, surunkali xolestazda, jigar tsirrozida, o‘t yo‘llari atreziyasida, abstruktiv sariqlikda, tseliakiyada, tropik spruda, Kron kasalligida, malabsorbtsiyada, parenteral oziqlanishda, homiladorlikda (ayniqsa ko‘p homilali), xavf soluvchi abortda, klimaksda, nikotinga qaramlikda, narkomaniyada, laktatsiya davrida, kolestiraminni, kolestipolni, mineral yog‘larni va temir saqlovchi mahsulotlarni qabul qilishda, polito‘yinmagan yog‘ kislotalarining miqdori yuqori bo‘lgan parhez buyurilganida qo‘llanadi.

Spermatogenez va potentsiyani buzilishida erkaklarga alfa-tokoferilatsetat sutkada 100-300 mg (100-300 XB) dan (gormonal davolash bilan birga) bir oy davomida buyuriladi; homilani ona qornida rivojlanish sharoitlarini yomonlashishida – 100- 200 mg (100-200 XB) dan homiladorlikning birinchi 2-3 oylari davomida har kuni yoki kunora buyuriladi. Mushak distrofiyalarida, amiotrofik yon sklerozida, dermatomiozitda va boshqa kollagenozlarda Ye vitamini sutkada 100 mg (100 XB) dan 1-2 oy davomida qo‘llanadi; takroriy kurslar 2-3 oydan keyin buyuriladi; periferik tomirlarning kasalliklarida – sutkada 100 mg (100 XB) dan (A vitamini bilan birga) 20-40 kun davomida buyuriladi, 3-6 oydan keyin davolashni takrorlash mumkin. Teri kasalliklarida preparat sutkada 100 mg (100 XB) dan 20-40 kun davomida buyuriladi. Ye gipervitaminozini davolashning davomiyligi shaxsiy va holatning og‘irligiga bog‘liq. Zarurati bo‘lganida dozani kuniga 1 g (1000 XB) gacha oshirish mumkin. Uzoq vaqt davomida boshqa polivitamin preparatlar bilan birga buyurish tavsiya etilmaydi, chunki yog‘da eruvchi Ye vitaminining dozasini oshirib yuborilishi yuz berishi mumkin.

Allergik reaktsiyalar. Katta dozalar qabul qilinganida – diareya, epigastriya sohasida og‘riqlar, kreatinuriya. Nojo‘ya ta’sirlari paydo bo‘lganida preparatning dozasini kamaytirish yoki preparatni bekor qilish kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar quyidagilar: yuqori sezuvchanlik;kardioskleroz;miokard infarkti.

Qonda lipidlarning perikisli oksidlanish mahsulotlarining yuqori miqdori aniqlangan tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda, tirishishga qarshi vositalarning samaradorligini oshiradi. Steroid va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, antioksidantlarning samarasini kuchaytiradi. Yurak glikozidlarining, shuningdek A va D vitaminlarining samaradorligini oshiradi va zaharliligini kamaytiradi. Ye vitaminining yuqori dozalari organizmda A vitaminining tanqisligini chaqirishi mumkin. Ye vitaminini sutkada 400 XB dan ortiq dozada antikoagulyantlar (kumarin va indandionning hosilalari) bilan bir vaqtda qo‘llashni, gipokrotrombinemiyani va qon ketishlarini rivojlanish xavfini oshiradi. Kolestiramin, kolestipol, mineral moylar alfa-tokoferilatsetatining so‘rilishini kamaytiradi. Temirning yuqori dozalari organizmda oksidlanish jarayonlarini kuchaytiradi, bu Ye vitaminiga ehtiyojni oshiradi. Alfa-tokoferilatsetati tsiklosporin bilan bir vaqtda qo‘llanganida oxirgisining so‘rilishi oshadi.

Tana vazni kichik yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yo‘ldoshning past o‘tkazuvchanligi tufayli (homilaning qonida Ye vitamini ona qonidagi uning kontsentratsiyasidan faqat 20-30% saqlanadi) Ye gipovitaminozi yuz berishi mumkin. Selen va oltingugurt saqlovchi aminokislotalarning yuqori miqdori bo‘lgan parhez Ye vitaminiga ehtiyojni pasaytiradi. Ye vitamini yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga buyurilganida foydani nekrotik enterokolitning paydo bo‘lishini potentsial xavfi bilan taqqoslash kerak. Hozirgi vaqtda quyidagi kasalliklarni davolash va oldini olishda Ye vitamini qo‘llash samaradorligi asoslanmagan deb hisoblanadi: beta-talassemiya, onkologik kasalliklar, sut bezining fibroz-kistozli displaziyasi, terining yallig‘lanish kasalliklari, soch to‘kilishi, homilani odatiy tushib qolishi, yurak kasalliklari, “o‘zgaruvchan” cho‘loqlik, postmenopauzal sindrom, bepushtlik, peptik yara, o‘roq xujayrali anemiya, kuyishlar, porfiriya, nerv-mushak o‘tkazuvchanligini buzilishi, tromboflebitlar, impotentsiya, arilarni chaqishi, keksalik lentigosi, bursit, yo‘rgakli dermatiti, atmosfera ifloslanganidagi o‘pka intoksikatsiyasi, ateroskleroz, qarilik. Ye vitaminini jinsiy faollikni oshirish uchun qo‘llash isbotlanmagan hisoblanadi. Tokoferollar o‘simliklarning yashil qismida, ayniqsa boshoqli o‘simliklarning yosh nishlarida saqlanadi; tokoferollarning katta miqdori o‘simlik (kungaboqar, paxta, makkajo‘xori, yeryong‘oq, soya, chakanda) moylarida aniqlangan. Ularning ayrim miqdorlari go‘shtda, yog‘da, tuxumda, sutda saqlanadi.

Ye vitamini homiladorlikda va emizish davrida ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanadi. Ye vitamini yo‘ldosh orqali yetarli bo‘lmagan miqdorlarda o‘tadi; homilaning qoniga ona qonidagi kontsentratsiyasidan 20-30% o‘tadi. Ko‘krak sutiga o‘tadi. Chala tug‘ilgan va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda to‘planishi mumkin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: uzoq vaqt davomida sutkada 400-800 XB dozada qabul qilinganida – ko‘rishning noaniqligi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynashi, odatdagi bo‘lmagan charchoqlik, diareya, gastralgiya, asteniya; uzoq vaqt davomida sutkada 800 XB dan ortiq dozada qabul qilinganida – K gipovitaminozi bo‘lgan bemorlarda qon ketishlarining rivojlanish xavfini oshishi, tireoid gormonlarning metabolizmini buzilishi, jinsiy faoliyatning buzilishlari, tromboflebit, tromboemboliya, nekrotik kolit, sepsis, gepatomegaliya, giperbilirubenimiya, buyrak yetishmovchiligi, ko‘zning to‘r pardasiga qon quyilishlar, gemorragik insult, astsit, gemoliz. Davolash: preparatni bekor qilish; jigarda Ye vitamining metabolizmini tezlashtiruvchi glyukokortikoidlar buyuriladi; gemorragiyalarning xavfini kamaytirish uchun Vikasol buyuriladi.

Retseptisiz beriladi

10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda. 5 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

2 yil.