VITAMIN V KOMPLЕKS

Tarkibi:

Qobiq bilan qoplangan bir tabletkaning tarkibi, mg da: Faol moddalar: tiamin nitrati (V1 vitamini) 5,0 mg; riboflavin (V2 vitamini) 1,0 mg; piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) 4,0 mg; nikotinamid (RR vitamini) 50,0 mg. Yordamchi moddalar: bug‘doy kraxmali, mikrokristall tsellyuloza (101 tip), gidroksipropiltsellyuloza, stearin kislotasi, talk, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, Opadray AMV 80W (qisman gidrolizlangan polivinil spirti, talk, Ye171, Ye120, Ye322, Ye110, Ye415, Ye132).

Preparatning savdo nomi:

VITAMIN V KOMPLЕKS

Dori shakli:

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, plyonka qobiq bilan qoplangan 6 mm diatmetrli tabletkalar. Rangi – malina-qizil, hidi – tiaminga xos.

V guruhi vitaminlari (V1, V2, V6) va nikotinamid tanqisligi holatlarida qo‘llanadi.

Vitamin V kompleksni yo‘riqnoma yoki davolovchi shifokorning ko‘rsatmalariga aniq rioya qilgan holda qo‘llashga harakat qiling. Kattalarga 1-2 tabletkadan sutkada 2-3 marta buyuriladi. 6 yoshdan oshgan bolalarga sutkada 1-2 tabletkadan buyuriladi. Tabletkalarni yetarli miqdorda suv bilan ichga qabul qilinadi. Agar Siz dori vositasini tavsiya etilgandan ko‘proq miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz Ko‘proq miqdorda to‘satdan qabul qilgan holatlarda organizmdan uni chiqarib yuborishning umumiy choralarini ko‘rish va simptomatik davolashni o‘tkazish kerak. Agar Siz preparatni qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz Agar Siz bir dozani qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, uni iloji boricha tezroq qabul qiling. Agar keyingi dozani qabul qilish vaqti kelgan bo‘lsa, unitilgan dozani o‘tkazib yuborib, uni odatdagidek qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki marta dozani qabul qilmang. Agar Sizda bu dori vositasini qabul qilish bo‘yicha har qanday qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, iltimos shifokoringiz yoki farmatsevtga murojaat eting.

Barcha boshqa dori vositalari kabi Vitamin V kompleksi har bir odamda paydo bo‘lmasa ham nojo‘ya ta’sirlar chaqirishi mumkin. Preparatni o‘zlashtiraolinishi juda yaxshi. Juda kam hollarda eshakemi, qichishish, Kvinke shishi, yuz va bo‘yin terisini qizarishi, qizib ketish hissi, ayniqsa o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda kuzatilishi mumkin. Agar har qanday nojo‘ya ta’sirlar jiddiylashsa yoki Siz ushbu ilova-varaqada ta’riflanmagan boshqa nojo‘ya ta’sirlarni sezsangiz, iltimos bu haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.

Vitamin V kompleksini quyidagi holatlarda qabul qilmang Agar Sizda preparatning faol moddalari yoki har qanday boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik (allergiya) bo‘lsa;Arterial bosimi oshganida (II-III bosqichdagi arterial gipertenziya);6 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Agar Siz boshqa dori vositalarini, shu jumladan retseptsiz beriladigan dori vositalarini qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, iltimos davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering. Preparatning tarkibida V1 vitamini bo‘lganligi tufayli, yuqori arterial bosimni davolash uchun dori preparatlari (antigipertenziv vositalar) ning samarasini susayishi, shuningdek barbituratlar va glutemidning uxlatuvchi samarasini susaytirishi mumkin.V1 vitamini depressiv holatlarni davolash uchun dori preparatlari (imipramin, dezipramin), ayniqsa keksa yoshdagi patsiyentlarda ta’sirini kuchaytirishi mumkin.V guruhi vitaminlari tetratsikliklar (antibiotik) bilan bir vaqtda qo‘llanilganida samaradorligini kamaytirishi mumkin.V6 vitamini L-Dofaning antiparkinsonik samarasini kamaytiradi.Nikotinamid va tutqanoqqa qarshi vositalarni (karbamazepin, diazepam va natriy valproat) bir vaqt qabul qilish ularning tirishishga qarshi samarasini kuchaytirishi mumkin.Xlorpromazin V2 vitaminini siydik bilan chiqarilishini kuchaytiradi.Probenetsid bilan bir vaqtda qo‘llanilganida preparatni siydik bilan chiqarilishi sekinlashadi va nojo‘ya ta’sirlari kuchayishi mumkin. Kuzatilishi mumkin bo‘lgan o‘zaro ta’sirlardan saqlanish uchun boshqa dori vositalari bilan har qanday yondosh davolash holatlarida davolovchi shifokoringizga xabar berish kerak.

Agar Sizda quyidagi kasalliklar bo‘lsa, davolovchi shifokoringizga xabar bering: Xavfli kasalliklar;Jigar kasalliklari, o‘t qopi va o‘t chiqarish yo‘llari kasalliklari, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, gastrit, qon quyilishlari, podagra.Yuqori dozalarda uzoq vaqt qabul qilinganda davolash boshlanganidan 1 oydan 3 oygacha koordinatsiyani buzilishi va panja sohasida achishuvchi og‘riqlar bilan namoyon bo‘luvchi periferik nevropatiya rivojlanishi mumkin.Preparat Erlix reaktivini qo‘llash bilan siydikda urobilinogenni aniqlaganda soxta-musbat natijasiga olib kelishi mumkin.Preparat siydikni sariq-to‘q sariq rangga bo‘yashi mumkin. Homiladorlik va emizish davri Har qanday dori preparatini qo‘llashdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing. Preparatni homiladorlik vaqtida terapevtik dozalarda qo‘llash mumkin. Piridoksinning yuqori dozalarini qabul qilish yangi tug‘ilgan chaqaloqda piridoksinga qaramlikni chaqirishi mumkin. Vitamin V kompleks preparatini emizish davrida qabul qilish tavsiya etilmaydi. Agar uni qabul qilish zarur bo‘lsa, emizishni to‘xtatish kerak. Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sirining o‘ziga xosligi Avtomashina boshqarganda va murakkab mashinalarda ishlaganda preparatni hech qanday xavfsiz qo‘llash mumkin. Vitamin V kompleks preparatining tarkibiy qismlari haqida muhim ma’lumot Bu dori preparati bug‘doy kraxmali saqlaydi. Tseliakiyasi bo‘lgan shaxslarga to‘g‘ri keladi. Bug‘doyga allergiyasi (tseliakiyadan farqli) bo‘lgan patsiyentlarda bu dori vositasini qo‘llash mumkin emas. Preparatning qobig‘ida allergik reaktsiya chaqirishi mumkin bo‘lgan Ye110 bo‘yovchisi mavjud.

Original o‘ramida, quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Preparatning juda yuqori dozalari qabul qilish qo‘zg‘alish, qo‘rquv, qaltirash, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, tirishishlarni chaqirishi mumkin. Agar Siz buyurilgan dozadan yuqori dozani qabul qilgan bo‘lsangiz, davolovchi shifokoringiz yoki yaqindagi tibbiyot muassasasiga murojaat eting.

Retseptsiz

Plyonka qobiq bilan qoplangan 20 tabletka qattiq, rangsiz, tiniq PVX plyonka/alyumin folgali blisterda. 1 (bir) blister ilova-varaqa bilan birga bir tomoni pigment bilan qoplangan karton qutiga joylanadi.

2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.