D vitamini gipervitaminozining simptomlari: Erta uchraydiganlari (giperkaltsiyemiya bilan bog‘liq): qabziyat yoki diareya, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, bosh og‘rig‘i, pollakiuriya, nikturiya, poliuriya, anorektsiya, og‘izda metall ta’m, ko‘ngil aynishi, qusish, noodatiy charchoqlik, umumiy holsizlik, giperkaltsiyemiya, giperkaltsiuriya.
Kechkiuchraydiganlari suyaklarda og‘riq, siydikni xiralashishi (siydikda gialin tsilindrlarni paydo bo‘lishi, proteinuriya, leykotsituriya), arterial bosimini oshishi, terini qichishishi, qo‘zlarni yorug‘likka sezgirligini oshishi, kon’yunktiva giperemiyasi, aritmiya, uyquchanlik, mialgiya, ko‘ngil aynishi, qusish, pankreatit, gastralgiya, ozish, kam – psixoz (ruhiyat va kayfiyatni o‘zgarishi).
D vitaminining surunkali yetishmovligini simptomlari.
Kattalarda sutkada 20- 60 ming XB, bolalarda sutkada 2- 4 ming XB dozada bir necha hafta yoki oylar davomida qabul qilish: yumshoq to‘qimalar, buyraklar, o‘pka, qon tomirlarining kaltsinozi, arterial gipertenziya, surunkali buyrak va yurak yetishmovchiligi (ushbu samaralar ko‘proq giperkaltsiyemiya, giperfosfatiyemiya qo‘shilganda paydo bo‘ladi), bolalarda o‘sishni buzilishi (sutkada 1,8 XB dozada uzoq muddat qabul qilish).
Davolash: preparatni bekor qilish, kaltsiy miqdori kam bo‘lgan parhez, ko‘p miqdorda suyuqlik qabul qilish, glyukokortikosteroidlar, a- tokoferol, askorbin kislotasi, retinol, tiamin buyurish, og‘ir hollarda ko‘p miqdorda 0,9% li natriy xloridi eritmasi, furosemid, elektrolitlarni vena ichiga yuborish, gemodializ o‘tkazish.
Maxsus antidoti yo‘q.
Dozani oshirib yuborilishini istisno qilish uchun qator hollarda qonda kaltsiy kontsentratsiyasini aniqlash tavsiya etiladi (“Maxsus ko‘rsatmalar” ga qaralsin).