Vitamin A–LIK rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: retinol atsetat yoki retinol palmatat 33000 XB; yordamchi moddalar: soya moyi (rafinatlangan dezodoratsiya qilingan) yoki kungaboqar moyi – 0,15 g.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

retinol

Preparatning savdo nomi:

Vitamin A–LIK

Farmakalogik guruhi:

Vitaminlar.

Dori shakli:

kapsulalar

sharsimon yoki oval shaklli sariq rangdan to‘q-sariq ranggacha bo‘lgan kapsulalar. To‘planishlarsiz va mexanik ifloslanishlarsiz kapsulalar. Kasula tarkibi och-sariqdan to‘q-sariq ranggacha bo‘lgan moysimon suyuqlik bilan to‘ldirilgan kapsulalar.

Vitaminlar.

A11SA01

A gipovitaminozi, avitaminozi. Quyidaglarni majmuaviy davolashda: – infektsion-yallig‘lanish kasalliklari (dizenteriya, gripp, traxeitlar, bronxitlar va boshqalar); – teri shikastlanishlari va kasalliklari (terini yorilishi, ixtioz, giperkeratoz, seboreyali dermatit, psoriaz, neyrodermatit, ekzemaning ba’zi shakllari, teri tuberkulyozi); – ko‘z kasalliklari (pigmentli retinit, gemeralopiya, kseroftalmiya, keratomalyatsiya, qovoqlarni ekzematoz shikastlanishi); – me’da-ichak yo‘llari kasalliklari (eroziv gastroduodenit, me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi); – jigar tsirrozida qo‘llanadi.

Preparatni shifokor kuzatuvi ostida qo‘llash kerak. Preparatni ertalab yoki kechqurun ovqatdan keyin ichga qabul qilinadi. Yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi avitaminozlarda kattalar uchun davolovchi dozalari sutkada 33000 TB gachani tashkil qiladi. Ko‘z kasalliklarida kattalarga – sutkada 100000 TB retinol atsetati va bir vaqtning o‘zida 0,02 g riboflavin buyuriladi. Teri kasalliklarida kattalarga sutkada 100000 TB retinol atsetati buyuriladi. Kattalar uchun sutkalik dozasi 100000 TB dan oshmasligi kerak.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, A gipervitaminozi, homiladorlik, o‘t-tosh kasalligi, surunkali pankreatit, terini o‘tkir yallig‘lanishli kasalliklari, bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun A vitaminini saqlovchi boshqa polivitamin komplekslarini bir vaqtda qabul qilinmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

O‘tkir dozani oshirib yuborilishi simptomlari (yuborilgandan 6 soatdan keyin rivojlanadi): A gipervitaminozi: kattalarda – uyquchanlik, lanjlik, ko‘zda ikkilanish, bosh aylanishi, kuchli bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, to‘xtovsiz qusish, diareya, ta’sirchanlik, osteoporoz, milklardan qon ketishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi va yara paydo bo‘lishi, lab, terini (ayniqsa kaft terisini) sho‘ralashi, ongni chalkashishi, bosh miya ichki bosimini oshishi, (emizikli bolalarda – gidrotsefaliya, liqildoqni bo‘rtib chiqishi). Surunkali intoksikatsiya simptomlari: ishtahani yo‘qolishi, suyaklarda og‘riq, teri, labni yorilishi va qurishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, gastralgiya, qusish, gipertermiya, asteniya, yuqori toliqish, bosh og‘rig‘i, fotosezuvchanlik, pollakiuriya, nikturiya, poliuriya, yuqori ta’sirchanlik, sochlarni to‘kilishi, oyoq, qo‘l kaftida, burun-lab uchburchagi sohasida sariq-zarg‘aldoq rangli dog‘lar, gepatotoksik ko‘rinishlar, ko‘z ichki gipertenziyasi, oligomenoreya, portal gipertenziya, gemolitik anemiya, rentgenogrammada suyaklarni o‘zgarishi, tirishishlar; fetotoksik ko‘rinishlar: siydik chiqarish tizimini rivojlanishi nuqsonlari, o‘sishni sekinlashishi, epifizar o‘sish sohalarini erta berkilishi. Davolash: preparatni bekor qilish, simptomatik davolash.

Retseptsiz

10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda. 5 kontur uyali o‘ramlar qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

2 yil.