Vitalayn selen bilan.

Tarkibi:

faol moddalar: β-karotin 30% moyda suspenziya ko‘rinishida – 6 mg, α-tokoferol atsetat – 30 mg, askorbin kislotasi – 100 mg, selen (0,1% selen achitqi ko‘rinishida – 30 mg yoki 0,2% selen achitqi – 15 mg) – 0,03 mg. yordamchi moddalar: asalari mumi, tozalangan letsitin, kungaboqar moyi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

β-karotin, α-tokoferol atsetat, askorbin kislotasi, selen.

Preparatning savdo nomi:

Vitalayn selen bilan.

Farmakalogik guruhi:

Vitamin

Dori shakli:

kapsulalar.

qizil rangli yumshoq jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagi modda – qizil rangli moyli suspenziya.

Vitamin

A11A

Vitalayn selen bilan preparatining ta’siri uning komponentlarini majmuaviy ta’siri hisoblanadi, shuning uchun kinetik kuzatuvlarini o‘tkazishning iloji yo‘q. Barcha komponentlar birgalikda markerlar yoki biotadqiqotlar yordamida kuzatilishi mumkin emas.

Vitalayn selen bilan preparati polivitamin antioksidant preparati sifatida ko‘llanadi: vitamin (S, Ye va A) va Selenni yetishmovchiligini oldini olish va davolash uchun;shamollash kasalliklariga organizmning qarshiligini oshirish uchun;yuqori jismoniy va aqliy yuklamalarda;muvozanatlanmagan va to‘liq bo‘lmagan ovqatlanishda;davomli va/yoki og‘ir kechuvchi, shuningdek infektsion kasalliklardan keyingi tiklanish davrida qo‘llanadi. Majmuaviy davolashda: urologik kasallikda erkakning erektil disfunktsiyani oldini olish va davolash uchun.

Vitalayn selen bilan preparati ovqatdan keyin, suv bilan qabul qilinadi. Oldini olish maqsadida bolalarga 14 yoshdan boshlab va kattalarga preparatni 1 kapsuladan sutkada 1 marta 1-3 oy davomida buyurish tavsiya qilinadi. Vitalayn selen bilan dozasini va davomiyligini shifokor tomonidan patologiyaning xarakteri va yaqqollik darajasiga, shuningdek organizmning A, S, Ye vitaminlariga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda belgilanadi.

Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmaydi. Bo‘lish mumkin: diareya, teri rangini o‘zgarishi (sariq tusni paydo bo‘lishi); kam hollarda: bosh aylanishi, bo‘g‘imlarda og‘riq bo‘lishi mumkin. Dori vositasini yuqori dozalarda qabul qilish qorinda og‘riq paydo bo‘lishiga, K vitamini tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda qon ketishi, estrogenlar, giperoksaluriyalar qabul qilayotgan patsiyentlarda tromboz xavfini oshishiga va buyraklarda toshlarni-oksalatlarni paydo bo‘lish xavfini oshishiga, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda gemoliz rivojlanish xavfini oshishi, shuningdek ko‘zni xiralashishi, bosh aylanishi, kuchli toliqish va holsizlikni yuz berishiga olib kelishi mumkin. Preparatning ayrim komponentlariga, uni bekor qilinganidan keyin, o‘tib ketuvchi allergik reaktsiyalari bo‘lishi mumkin. Nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.

Kortikosteroid preparatlar, tetratsiklinlar guruhi antibiotiklari, shuningdek etanol va etanol saqlovchi preparatlar birga iste’mol qilinganda, A provitaminning terapevtik samarasini pasaytiradi. Tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda tokoferol tirishishga qarshi vositalarning samarasini oshirishi mumkin, ularning qonida lipidlarni, hamda A va D vitaminining perekisli oksidlanishi mahsulotlarini yuqori miqdori aniqlangan. Oral kontratseptivlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida askorbin kislotasini so‘rilishi kamayadi. S Vitamini temirni so‘rilishini oshiradi, qisqa ta’sirli salitsilatlar va sulfanilamidlar bilan davolashda kristalluriyani kelib chiqish xavfini oshiradi. Xolestiramin, orlistat A va Ye vitaminini so‘rilishini kamaytiradi. Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun boshqa polivitamin preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°S dan 25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Sutkalik norma oshirilganida Vitalayn selen bilan preparatini qabul qilinganidan keyin ko‘ngil aynishi, diareya, terini qizarishi va boshqa simptomlar ko‘rinishidagi nospetsifik nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin, ular preparat bekor qilinganida o‘tib ketadi. Doza oshirib yuborilganida nafas bilan chiqarilayotgan havoda sarimsoqpiyozning hidi paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holda preparatni bekor qilish kerak.

Retseptsiz

10 ta kapsuladan PVX/alyumin folga kontur uyali o‘ramda. 1 yoki 3 kontur-uyali o‘ramlar qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.