Vitalayn s tsinkom. rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol moddalar: Beta-karotin 30% moyda suspenziya ko‘rinishida – 6 mg, alfa-tokoferol atsetati – 15 mg, askorbin kislotasi – 100 mg, rux, rux oksidi ko‘rinishida -8 mg. Yordamchi moddalar: asalari mumi, tozalangan letsitin, kungaboqar moyi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Beta-karotin, alfa-tokoferol atsetat, askorbin kislotasi, rux.

Preparatning savdo nomi:

Vitalayn s tsinkom.

Farmakalogik guruhi:

Vitaminlar.

Dori shakli:

Kapsulalar.

Qizil rangli yumshoq jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagi modda – qizil rangli moyli suspenziya.

Vitaminlar.

Vitalayn rux bilan preparatning ta’siri uning komponentlarining majmuaviy ta’siri hisoblanadi, shuning uchun kinetik kuzatuvlarini o‘tkazishning iloji yo‘q, barcha komponentlar birgalikda markerlar yoki biotadqiqotlar yordamida kuzatilishi mumkin emas.

Vitalayn rux bilan preparati polivitamin antioksidant preparati sifatida quyidagilarni majmuaviy davolashda qo‘llanadi: vitamin (S, Ye va A) yetishmovchiligi va rux yetishmovchiligi oldini olish va davolash uchun;shamollash kasalliklariga organizmning qarshiligini oshirish uchun;yuqori jismoniy va aqliy yuklamalarda;davomli va/yoki og‘ir kechuvchi, shuningdek infektsion kasalliklardan keyin tiklanish davrida;turli etiologiyali astenik holatlarda;alkogolli abstinent sindromi va nikatinga qaramlilikda kompleks davolashda;muvozanatlanmagan va to‘liq bo‘lmagan ovqatlanishda qo‘llanadi.

Vitalayn rux bilan preparatini ovqatdan keyin, suv bilan qabul qilinadi. Oldini olish maqsadida bolalarga 14 yoshdan boshlab va kattalarga preparatni 1 kapsuladan sutkada 1 marta 2-3 oy davomida buyurish tavsiya qilinadi. Oldini olish kursini yilda bir necha marta takrorlash tavsiya qilinadi. Davolash maqsadida Vitalay rux bilan preparatining dozasi shifokor tomonidan patologiyaning xarakteri va yaqqollik darajasiga, shuningdek organizmning A, S, Ye vitaminlariga va ruxga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda belgilanadi.

Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmaydi. Diareya, teri rangini o‘zgarishi – sariq tusni paydo bo‘lishi, kam hollarda: bosh aylanishi, bo‘g‘imlarda og‘riq. bo‘lishi mumkin. Dori vositasini katta dozalarda qabul qilish qorinda og‘riqlarni paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganida allergik reaktsiyalar, misni tanqisligi, anemiya rivojlanishi mumkin. Nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.

Kortikosteroid preparatlar, tetratsiklinlar guruhi antibiotiklari, shuningdek etanol va etanol saqlovchi preparatlar birga iste’mol qilinganda, A provitaminning terapevtik samarasini pasaytiradi. Tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda tokoferol tirishishga qarshi vositalarning samarasini oshirishi mumkin, ularning qonida lipidlarni, hamda A va D vitaminining perekisli oksidlanishi mahsulotlarini yuqori miqdori aniqlangan. Oral kontratseptivlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida askorbin kislotasini so‘rilishi kamayadi. S Vitamini temirni so‘rilishini oshiradi, qisqa ta’sirli salitsilatlar va sulfanilamidlar bilan davolashda kristalluriyani kelib chiqish xavfini oshiradi. Xolestiramin, orlistat A va Ye vitaminini so‘rilishini kamaytiradi. Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun boshqa polivitamin preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°S dan 25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Dozalash bo‘yicha ko‘rsatmalarga rioya qilinganida, hatto preparat uzoq vaqt qabul qilinganida ham dozani oshirib yuborish holatlari kuzatilmaydi. Sutkalik norma oshirilganida Vitalayn rux bilan preparatini qabul qilinganidan keyin ko‘ngil aynishi, diareya, terini qizarishi va boshqa simptomlar ko‘rinishidagi nospetsifik nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin, ular preparat bekor qilinganida o‘tib ketadi.

Retseptsiz

10 ta kapsuladan PVX/alyumin folga kontur uyali o‘ramda. 1 yoki 3 kontur-uyali o‘ramlar qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.