Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Qizil rangli yumshoq jelatin kapsulalar.
Kapsula ichidagi modda – qizil rangli moyli suspenziya.
Vitaminlar.
Vitalaynning ta’siri uning komponentlarining majmuaviy ta’siri hisoblanadi, shuning uchun kinetik kuzatuvlarini o‘tkazishning iloji yo‘q, barcha komponentlar birgalikda markerlar yoki biotadqiqotlar yordamida kuzatilishi mumkin emas.
Vitalayn polivitamin antioksidant preparati sifatida quyidagilarni majmuaviy davolashda qo‘llanadi: vitamin (S, Ye va A) yetishmovchiligini oldini olish va davolash uchun;shamollash kasalliklariga organizmning qarshiligini oshirish uchun;yuqori jismoniy va aqliy yuklamalarda;davomli va/yoki og‘ir kechuvchi kasalliklardan keyingi tiklanish davrida;muvozanatlanmagan ovqatlanishda qo‘llanadi.
Vitalayn ovqatdan keyin, suv bilan qabul qilinadi.
Oldini olish maqsadida bolalarga 14 yoshdan boshlab va kattalarga preparatni 1 kapsuladan sutkada 1 marta 2-3 oy davomida buyurish tavsiya qilinadi.
Oldini olish kursini yilda bir necha marta takrorlash tavsiya qilinadi.
Davolash maqsadida Vitalaynning dozasi shifokor tomonidan patologiyaning xarakteri va yaqqollik darajasiga, shuningdek organizmning A, S va Ye vitaminlariga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olgan holda belgilanadi.
Preparat tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganida nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmaydi.
Uzoq muddat davomida yuqori dozalarda qo‘llanganida allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Dori vositasini yuqori dozalarda qabul qilish qorinda og‘riq paydo bo‘lishiga, K vitamini tanqisligi bo‘lgan patsiyentlarda qon ketishini kelib chiqishiga, shuningdek ko‘zni xiralashishi, bosh aylanishi, kuchli toliqishiga va holsizlikka olib kelishi mumkin.
Qandaydir nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish lozim.
Kortikosteroid preparatlar, tetratsiklinlar guruhi antibiotiklari, shuningdek etanol va etanol saqlovchi preparatlar birga iste’mol qilinganda, A provitaminning terapevtik samarasini pasaytiradi.
Tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarda tokoferol tirishishga qarshi vositalarning samarasini oshirishi mumkin, ularning qonida lipidlarni, hamda A va D vitaminining perekisli oksidlanishi mahsulotlarining yuqori miqdori aniqlangan.
Oral kontratseptivlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida askorbin kislotasini so‘rilishi kamayadi.
Xolestiramin, orlistat A va Ye vitaminini so‘rilishini kamaytiradi.
Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun boshqa polivitamin preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinmasin.
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15°S dan 25°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Dozalash bo‘yicha ko‘rsatmalarga rioya qilinganida hatto preparat uzoq vaqt qabul qilinganida ham dozani oshirib yuborish ko‘rinishlari kuzatilmaydi.
Sutkalik norma oshirilganida Vitalayn qabul qilinganidan keyin ko‘ngil aynashi, diareya, terini qizarishi va boshqa simptomlar ko‘rinishidagi nospetsifik nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin, ular preparat bekor qilinganida o‘tib ketadi.
Retseptsiz
10 ta kapsuladan PVX/alyumin folga kontur uyali o‘ramda.
1 yoki 3 kontur-uyali o‘ramlar qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.