Vitakaps DUO rasmini ko'rish

Tarkibi:

Tiamin (V1 vitamini)                                                                   – 1,5 mg Riboflavin (V2 vitamini)                                                           – 1,7 mg Nikotinamid (RR vitamini)                                                        – 19,0 mg Kaltsiy pantotenati (V5 vitamini)                                           – 7,7 mg Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)                                 – 2,0 mg Folat kislotasi (VSvitamini)                                                    – 0,2 mg Askorbin kislotasi (S vitamini)                                              – 60,0 mg Biotin (N vitamini)                                                                     – 0,05 mg Tsianokobalamin (V12 vitamini)                                                 – 0,002 mg α-Tokoferol atsetati (Ye vitamini)                                              – 15,0 mg Retinol atsetati (A vitamini)                                                     – 3333 XB Xolikaltseferol (D3 vitamini)                                                 – 200 XB

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Comb. drug

Preparatning savdo nomi:

Vitakaps DUO

Farmakalogik guruhi:

Vitaminlar.

Dori shakli:

Kapsulalar

Vitaminlarni saqlovchi (qizil rangli) kapsulalar. Oxirlari qizil rangli yarimsferik bo‘lgan tsilindr shaklli qattiq jelatin kapsulalar № 1. Kapsulalarning ichidagisi – och-sariqdan to och-jigarrang rangligacha bo‘lgan kukun. To‘q sariq rangli dog‘lar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi. Minerallarni saqlovchi (yashil rangli) kapsulalar. Oxirlari yashil rangli yarimsferik bo‘lgan tsilindr shaklli qattiq jelatin kapsulalar № 0. Kapsulalarning ichidagisi – och-kulrangdan och-binafsha rangligacha bo‘lgan to‘q kulrang rangli dog‘lari bo‘lgan kukun.

Vitaminlar.

Vitakaps DUO kattalar va 10 yoshdan oshgan bolalarda organizmning vitaminlar va minerallarga oshgan ehtiyojini yoki organizmga ularni tushishini kamayishi bilan bog‘liq bo‘lgan gipo- va avitaminozlarni va organizmda minerallarning yetishmovchiligini oldini olish va davolash uchun mo‘ljallangan. Vitakaps DUOni yuqori aqliy va jismoniy faollikda, o‘sish davrida, keksalik yoshida, noxush ekologik vaziyatning salbiy ta’sirini kamaytirish uchun qo‘llash tavsiya etiladi.

Vitakaps DUO kuniga 1 qizil kapsula va 1 yashil kapsuladan, ovqatdan keyin qabul qilish tavsiya etiladi. Kapsulani butunligicha, oz miqdorda suv bilan yutish kerak.

Preparatning alohida komponentlariga bekor qilinganidan keyin yo‘q bo‘luvchi allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.

Preparatning ayrim komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Preparatni A yoki D gipervitaminozlari, giperkaltsiyemiya, buyrak yetishmovchiligi bo‘lganida qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik va laktatsiya. Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatni qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligining adekvat va yaxshi nazoratli klinik tadqiqotlari o‘tkazilmagan.

Aniqlanmagan.

Tavsiya qilingan sutkalik doza oshirilmasin. Kerakli dozani xisoblashda ovqat bilan qabul qilinayotgan vitaminlarning miqdorini hisobga olish kerak. Chekish va spirtli ichimliklarni qabul qilish vitaminlar va mineral moddalarning so‘rilishini pasaytiradi. Vitakaps DUOni A va D vitaminlarini saqlovchi preparatlar bilan birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Bu ushbu vitaminlarning dozasini oshirib yuborilishi paydo bo‘lishi xavfini oshiradi. Avtomobilni boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta’siri Ta’sir qilmaydi. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Dozalash bo‘yicha ko‘rsatmalarga rioya qilinganida, preparat xatto uzoq muddat qabul qilinganida ham dozani oshirib yuborilishining ko‘rinishlari kuzatilmaydi. Sutkalik doza oshirilganida Vitakaps DUO qabul qilinganidan keyin ko‘ngil aynishi, diareya, terining qizarishi va boshqa simptomlar kabi nospetsifik nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin, ular preparat bekor qilinganidan keyin o‘tib ketadi.

Retseptsiz

10 kapsuladan kontur-uyali o‘ramda. Vitaminlarni saqlovchi qizil rangli kapsulali 3 kontur uyali o‘ram va minerallarni saqlovchi yashil rangli kapsulali 3 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan qutiga joylanadi.

2 yil.