Virusnet

Tarkibi:

ta’sir etuvchi modda: Arbidol gidroxloridi – 100 mg. yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali, mikrokristallik tsellyuloza, kolloid kremniy dioksidi, krospovidon, kaltsiy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Arbidol gidroxloridi.

Preparatning savdo nomi:

Virusnet

Farmakalogik guruhi:

Viruslarga qarshi vositalar.

Dori shakli:

Kapsulalar.

Oq yoki sarg‘ish rangli kukun saqlagan sariq rangli qattiq jelatin kapsulalar.

Viruslarga qarshi vositalar.

Tez so‘riladi. A’zolar va to‘qimalar bo‘ylab tez taqsimlanadi. 100 mg dozada qabul qilinganda maksimal kontsentratsiyasiga (Smax) – 1.5 soatdan keyin erishiladi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri (T½) 17-21 soatni tashkil qiladi. Taxminan 40% o‘zgarmagan holda, asosan safro bilan (38,9%) va oz miqdorda (0,12%) buyrak orqali chiqariladi. Birinchi sutka davomida yuborilgan dozaning 90% chiqariladi.

Kattalar va bolalarda quyidagilarni oldini olish va davolash uchun qo‘llanadi: A va V grippi, O‘RVI (shu jumladan bronxit va pnevmoniya bilan asoratlangan); ikkilamchi immuntanqisligi holatlari; Surunkali bronxit, pnevmoniya va qaytalanuvchi gerpetik infektsiyalarni majmuaviy davolash tarkibida; Operatsiyadan keyingi infektsion asoratlarni oldini olish va immun holatni me’yorlashtirish; 6 yoshli va undan katta bolalarda rotavirus etiologiyali o‘tkir ichak infektsiyalarini majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.

Preparat ichga, ovqat qabul qilishdan oldin buyuriladi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun bir martalik doza – 200 mg, 6-12 yoshli bolalar uchun – 100 mg ni tashkil qiladi. Nospetsifik profilaktika uchun Gripp va boshqa O‘RVI li bemorlar bilan bevosita kontaktda bo‘lganda: 6-12 yoshli bolalarga – 100 mg; 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga – 200 mg dan  sutkada bir marta 10-14 kun davomida buyuriladi. Gripp va boshqa O‘RVI epidemiyasi davrida surunkali bronxitni zo‘rayishini, gerpetik infektsiyani qaytalanishini oldini olish uchun: 6-12 yoshli bolalarga – 100 mg; 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga – 200 mg dan haftada ikki marta 3 hafta davomida buyuriladi. Operatsiyadan keyingi asoratlarni oldini olish uchun: 6-12 yoshli bolalarga – 100 mg; 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga – 200 mg dan  operatsiyadan 2 sutka oldin, so‘ngra operatsiyadan keyingi 2 va 5-sutkalarda buyuriladi. Davolash uchun Asoratsiz gripp va boshqa O‘RVI larda: Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 200 mg dan, 6-12 yoshli bolalarga – 100 mg dan sutkada 4 marta 5 kun davomida buyuriladi. Asoratlarni (bronxit, pnevmoniya va boshqalar) rivojlanishi bilan kechuvchi gripp va boshqa O‘RVI larda: Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 200 mg dan, 6-12 yoshli bolalarga – 100 mg dan sutkada 2 marta 5 sutka davomida, so‘ngra bir martalik doza haftada 1 marta, 4 hafta davomida buyuriladi. Surunkali bronxit, gerpetik infektsiyani majmuaviy davolashda: Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 100 mg dan sutkada 3 marta, 6-12 yoshli bolalarga – 100 mg dan sutkada 1 marta yoki 3 kun davomida 1 marta, 3-4 hafta davomida buyuriladi; Rotavirus etiologiyali o‘tkir ichak infektsiyalarini majmuaviy davolashda: Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga  – 200 mg dan, 6-12 yoshli bolalarga – 100 mg dan kuniga 4 marta 5 sutka davomida buyuriladi. Og‘ir hollarda: Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 200 mg, 6-12 yoshli bolalarga – 100 mg dan kuniga 3 marta 5 sutka davomida, so‘ngra bir martalik doza  haftada 2 marta 3-4 hafta davomida buyuriladi.

Kam hollarda: allergik reaktsiyalar.

– 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar; – preparatga yuqori sezuvchanlik.

Boshqa dori vositalar bilan buyurilganda salbiy ta’sirlari aniqlanmagan.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari aniqlanmagan.

Retseptsiz

Kapsulalar kontur uyali o‘ramlarda.