Vinrigretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma quydagilarni saqlaydi: faol modda: ot zardobidan olingan quturishga qarshi immunoglobulin fragmentlari – 300 XB/ml dan kam emas; yordamchi moddalar: m-krezol – 0,25% dan kam; glitsin – 0,0225 g/ml; natriy xloridi – 0,009 g/ml; inyektsiya uchun suv 1ml gacha.

Preparatning savdo nomi:

Vinrig

Farmakalogik guruhi:

zardob (quturishga qarshi)

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma 1500 XB/5 ml

tiniq, rangsizdan och-sariq rangligacha bo‘lgan, ko‘rinarli muallaq zarrachalarsiz suyuqlik.

zardob (quturishga qarshi)

J06AA06.

Odamni quturishga qarshi davolash-profilaktik yoki profilaktik immunizatsiyasi uchun qo‘llaniladi. Quturishga gumon qilinayotgan yoki tasdiqlangan hayvonlar bilan kontaktda bo‘lgan yoki ular tomonidan tishlangan (terini shikastlanishisiz tishlashlar, yuza joylashgan shilinishlar, shikastlangan to‘qima yoki shilliq qavatlarga hayvon so‘lagi tushgan, terining yakka yoki ko‘p sonli kiruvchi shikastlanishlari bo‘lgan) odamni quturishga qarshi shoshilinch passiv immunizatsiyasi uchun qo‘llaniladi. Antirabik zardob har doim quturishga qarshi vaktsina bilan majmuada ishlatilishi kerak.

Antirabik yordam jarohat, tirnalish, shilinish, so‘lak tekkan joylarga mahalliy ishlov berish va keyinchalik antirabik vaktsinani yuborish yoki ko‘rsatmalar bo‘lganida antirabik immunoglobulin (AIG) va antirabik vaktsinani majmuada yuborishdan iborat. AIG va antirabik vaktsinani yuborish orasidagi interval – 30 minutdan oshmasligi kerak. Zardobni mahalliy yuborishni kafolatlash uchun jarohatni tikishni keyinga qoldirish kerak. Antirabik immun zardobning hisoblangan dozasini iloji boricha katta qismi jarohat atrofidagi to‘qimalarga va xatto agar jarohat bita boshlagan bo‘lsa xam, jarohatning o‘ziga yuborilishi kerak. Agar shikastlangan sohaning anatomik joylashishi (barmoqlarning uchi va xokazo) antirabik zardobning butun dozasini jarohat atrofidagi to‘qimalarga yuborishga imkon bermasa, unda uning qoldig‘ini mushak ichiga (dumba mushaklariga, son, yelkaning yuqori qismiga) yuboriladi. Zardob yuboriladigan soha vaktsinani yuboriladigan joydan farq qilishi kerak. Agar zardobning hisoblangan dozasi barcha jarohatlarni infiltratsiya qilish uchun yetarli bo‘lmasa, jarohatlarni yaxshilab infiltratsiya qilish maqsadida zardobni 2 yoki 3 marta suyultirish uchun fiziologik eritmani ishlatish mumkin.

tez avj oluvchi allergik reaktsiyalar (anafilaksiya) va sekin avj oluvchi allergik reaktsiyalar (toshma, qichishish, eshakemi);isitma;arterial gipotenziya;hansirash;inyektsiya joyida biroz shish, qizarish, og‘riqlik;adenopatiya (regionar limfatik tugunlarni kattalashishi);artralgiya.

Davolash-profilaktik immunizatsiyasi uchun qarshi ko‘rsatma yo‘q, chunki immunizatsiya hayotiy ko‘rsatmalarga muvofiq o‘tkaziladi.

Ixtiososlashtirilgan tibbiyot muassasalari uchun. Anamnezida allergik reaktsiyalari bo‘lgan yoki ot zardobi komponetlariga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarga o‘ziga xos ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Zardobni yuqori tozalanganlik darajasiga qaramay, qo‘llashdan oldin majburiy teri test sinamasini o‘tkazish tavsiya etiladi. Umumiy va allergik reaktsiyalar rivojlangan hollarda simptomatik davolash, giposensibilizatsiyalovchi va antigistamin preparatlar buyuriladi. Emlashlarni o‘tkaziladigan joylar shokka qarshi davolash vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.

Homiladorlik va laktatsiya davri zardobni qo‘llash uchun qarshi ko‘rsatma bo‘lib hisoblanmaydi. Hozirgi vaqtda qo‘llanilayotgan ot antirabik immunoglobulinlari yuqori tozalangan vositalar bo‘lganligi tufayli, homiladorlarda qo‘llash uchun xavfsiz hisoblanadi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Vaktsina 2oS dan 8oS gacha bo‘lgan haroratda saqlanadi va tashiladi.

Retsept bo‘yicha

5 ml eritma rezina tiqin bilan berkitilgan va plastmass qopqoqli alyumin qalpoqcha bilan qisilgan neytral shisha flakonga joylangan. 1 flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi. 10  karton qutini karton qutiga joylanadi.

2 yil.