VIFЕRONretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 g surtma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: odam rekombinant alfa-2 interferoni 40 000 XB; yordamchi moddalar: 0,02 g alfa-tokoferol atsetati, 0,34 g suvsiz lanolin, 0,45 g tibbiy vazelin, 0,12 g shaftoli moyi, 1 g gacha tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

interferon alfa-2b

Preparatning savdo nomi:

VIFЕRON

Farmakalogik guruhi:

viruslarga qarshi vosita (tsitokinlar).

Dori shakli:

sirtga va mahalliy qo‘llash uchun surtma

oq-sariqdan sariq ranggacha o‘ziga xos lanolin hidli surtma.

viruslarga qarshi vosita (tsitokinlar).

L03AB04

Turli lokalizatsiyali teri va shilliq qavatlarning gerpetik infektsiyalarini (Herpes simplex 1 va 2 tip) davolash uchun qo‘llanadi. 1 yoshdan boshlab bolalarda gripp va boshqa O‘RVI ni majmuaviy davolash tarkibida qo‘llanadi.

Gerpetik infektsiyada surtma shikastlanish o‘chog‘iga yupqa qavat qilib sutkada 3- 4 marta surtiladi, davolash davomiyligi 5-7 kunni tashkil qiladi. Teri va shilliq qavatlarini shikastlanishining birinchi belgilari paydo bo‘lganda (qichishish, achishish, qizarish) darhol davolashni boshlash tavsiya qilinadi. Qaytalanuvchi gerpesni davolaganda davolashni prodromal davrida yoki kasallikni qaytalanishining belgilari paydo bo‘lishini eng boshida boshlagan ma’qul. Gripp va boshqa O‘RVI ni davolash uchun kasallikning butun davrida surtma burun yo‘llarining shilliq qavatiga yupqa qavat qilib sutkada 3-4 marta surtiladi: Bolalarga 1 yoshdan 2 yoshgacha 2500 XB (diametri 0,5 sm bo‘lgan 1 qism) sutkada 3 marta, 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 2500 XB (diametri 0,5 sm bo‘lgan 1 qism) sutkada 4 marta, 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga 5000 XB (diametri 1 sm bo‘lgan 1 qism) sutkada 4 marta. Davolash davomiyligi 5 kunni tashkil qiladi. Ochilgan alyumin tuba 1 oy sovutgichda saqlanadi.

Ko‘pchilik hollarda VIFЕRON® preparati, sirtga va mahalliy qo‘llash uchun surtma yaxshi o‘zlashtiriladi. Burun shilliq qavatiga surtilganida nojo‘ya samaralari (rinoreya, aksirish, burun shilliq qavatini achishishi) kuchsiz va o‘tkinchi xarakterga ega va preparat bekor qilingandan keyin mustaqil o‘tib ketadi.

Preparat komponentlarini individual o‘zlashtiraolmaslik. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

VIFЕRON® preparati, sirtga va mahalliy qo‘llash uchun surtma O‘RVI, shu jumladan gripp, teri va shilliq qavatlarning virusli shikastlanishlarini (gerpetik) davolash uchun qo‘llanadigan barcha dori preparatlari bilan mutanosib.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Sirtga va mahalliy qo‘llanilganda interferonni tizimli so‘rilishi pastligi va preparat faqat shikastlanish o‘chog‘iga ta’sir ko‘rsatishi tufayli, VIFЕRON® surtmasi preparatini homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi mumkin. Transport vositalarini boshqarish va boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’siri Aniqlanmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

2°S dan 8°S gacha bo‘lgan haroratda.

Aniqlanmagan.

Shifokor retseptisiz beriladi

Sirtga va mahalliy qo‘llash uchun surtma 40000 XB/g. 12  g dan alyumin tubada. 1 tuba davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

1 yil.