Viferonretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

VIFЕRON® 150000 XB 1 suppozitoriysi quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 150000 XB odam rekmobinant interferon alfa-2b, yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0054 g, natriy askorbati 0,0108 g, alfa-tokoferol atsetati 0,055 g, dinatriy edetati digidrati 0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1958 g, qandolat yog‘i yoki kakao moyi o‘rnini bosuvchi 1 g gacha VIFЕRON® 500000 XB 1 suppozitoriysi quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 500000 XB odam rekmobinant interferon alfa-2b, yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0081 g, natriy askorbati 0,0162 g, alfa-tokoferol atsetati 0,055 g, dinatriy edetati digidrati 0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1941 g, qandolat yog‘i yoki kakao moyi o‘rnini bosuvchi 1 g gacha. VIFЕRON® 1000000 XB 1 suppozitoriysi quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 1000000 XB odam rekmobinant interferon alfa-2b, yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0081 g, natriy askorbati 0,0162 g, alfa-tokoferol atsetati 0,055 g, dinatriy edetati digidrati 0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1941 g, qandolat yog‘i yoki kakao moyi o‘rnini bosuvchi 1 g gacha. VIFЕRON® 3000000 XB 1 suppozitoriysi quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 1000000 XB odam rekmobinant interferon alfa-2b, yordamchi moddalar: askorbin kislotasi 0,0081 g, natriy askorbati 0,0162 g, alfa-tokoferol atsetati 0,055 g, dinatriy edetati digidrati 0,0001 g, polisorbat-80 0,0001 g, kakao moyi 0,1941 g, qandolat yog‘i yoki kakao moyi o‘rnini bosuvchi 1 g gachasaqlaydi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

interferon alfa-2b

Preparatning savdo nomi:

Viferon

Farmakalogik guruhi:

tsitokin.

Dori shakli:

rektal suppozitoriylar

Pulyasimon shaklli, oq-sariqdan sariq rangligacha bo‘lgan suppozitoriylar. Dog‘lar yoki marmarlik ko‘rinishida rangini bir xil bo‘lmasligiga yo‘l qo‘yiladi. Bo‘ylama kesimida voronkasimon chuqurlik mavjud. Suppozitoriyning diametri 10 mm gacha.

tsitokin.

L03AB05

kattalar va bolalarda majmuaviy davolash tarkibida o‘tkir respirator virusli infektsiyalar, shu jumladan gripp, shu jumladan bakterial infektsiya bilan asoratlangan, pnevmoniya (bakterial, virusli, xlamidiyali);majmuaviy davolash tarkibida yangi tug‘ilgan bolalarda, shu jumladan chala tug‘ilgan chaqaloqlarda infektsion-yallig‘lanish kasalliklari: meningit (bakterial, virusli), sepsis, bachadon ichi infektsiyalari (xlamidioz, gerpes, tsitomegalovirus infektsiyasi, enterovirus infektsiyasi, kandidoz, shu jumladan vistseral, mikoplazmoz);bolalar va kattalarda majmuaviy davolash tarkibida surunkali virusli V, S, D gepatitlari, shu jumladan jigar tsirrozi bilan asoratlangan yaqqol faollikdagi surunkali virusli gepatitlarda plazmaferez va gemosorbtsiyani qo‘llash bilan birga;kattalarda majmuaviy davolash tarkibida urogenital yo‘llarining infektsion-yallig‘lanish kasalliklari (xlamidioz, tsitomegalovirus infektsiyasi, ureaplazmoz, trixomoniaz, gardnerellyoz, papillomavirus infektsiyasi, bakterial vaginoz, qaytalanuvchi qin kandidozi, mikoplazmoz);teri va shilliq qavatlarning birlamchi yoki qaytalanuvchi gerpetik infektsiyalari, chegaralangan shakli, yengil va o‘rtacha og‘irlikda kechishi, shu jumladan kattalardagi urogenital shaklida qo‘llanadi.

Preparat rektal qo‘llanadi. 1 suppozitoriy faol modda sifatida ko‘rsatilgan dozalarda (150000 XB, 500000 XB, 1000000 XB, 3000000 XB) odam rekombinant interferon alfa-2b saqlaydi. Kattalar va bolalarda majmuaviy davolash tarkibida o‘tkir respirator virusli infektsiyalar, shu jumladan gripp, shu jumladan bakterial infektsiya bilan asoratlangan, pnevmoniya (bakterial, virusli, xlamidiyali). Kattalar, shu jumladan homilador va 7 yoshdan oshgan bolalarga tavsiya etiladigan doza VIFЕRON® 500000 XB 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 5 sutka davomida buyuriladi. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha davolash davom ettirilishi mumkin. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar, shu jumladan yangi tug‘ilgan va gestatsion yoshi 34 xaftadan oshgan chala tug‘ilgan chaqaloqlarga VIFЕRON® 150000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 5 sutka davomida buyuriladi. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha davolash davom ettirilishi mumkin. Davolash kurslari orasida tanaffus 5 sutkani tashkil etadi. Gestatsion yoshi 34 xaftadan kam bo‘lgan chala tug‘ilan chaqaloqlarga VIFЕRON® 150000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 3 marta har 8 soatda har kuni 5 sutka davomida qo‘llash tavsiya etiladi. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha davolash davom ettirilishi mumkin. Davolash kurslari orasida tanaffus 5 sutkani tashkil etadi. Majmuaviy davolash tarkibida yangi tug‘ilgan bolalarda, shu jumladan chala tug‘ilgan chaqaloqlarda infektsion-yallig‘lanish kasalliklari: meningit (bakterial, virusli), sepsis, bachadon ichi infektsiyalari (xlamidioz, gerpes, tsitomegalovirus infektsiyasi, enterovirus infektsiyasi, kandidoz, shu jumladan vistseral, mikoplazmoz). Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, shu jumladan gestatsion yoshi 34 xaftadan oshgan chala tug‘ilgan chaqaloqlarga VIFЕRON® 150000 XB preparati 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda buyuriladi. Davolash kursi – 5 sutka. Gestatsion yoshi 34 xaftadan kam bo‘lgan chala tug‘ilan chaqaloqlarga VIFЕRON® 150000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 3 marta har 8 soatda buyuriladi. Davolash kursi – 5 sutka. Turli infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida tavsiya etilgan davolash kurslar soni: sepsis – 2-3 kurs, meningit – 1-2 kurs, gerpetik infektsiya – 2 kurs, enterovirus infektsiya – 1-2 kurs, tsitomegalovirus infektsiya – 2-3 kurs, mikoplazmoz, kandidoz, shu jumladan vistseral – 2-3 kurs. Kurslar orasidagi tanaffus 5 sutkani tashkil etadi. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha davolash davom ettirilishi mumkin. Bolalar va kattalarda majmuaviy davolash tarkibida surunkali virusli V, S, D gepatitlari, shu jumladan jigar tsirrozi bilan asoratlangan yaqqol faollikdagi surunkali virusli gepatitlarda plazmaferez va gemosorbtsiyani qo‘llash bilan birga. Kattalar uchun tavsiya etilgan doza – VIFЕRON® 3000000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida, keyinchalik xaftada uch marta kunora 6-12 oy davomida buyuriladi. Davolash davomiyligi klinik samaradorlik va laborator ko‘rsatkichlarga qarab aniqlanadi. 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarga sutkada 300000-500000 XB; 6 oylikdan 12 oylikkacha – sutkada 500000 XB tavsiya etiladi. 1 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga sutkada tana yuzasining 1 m2 ga 3000000 XB tavsiya etiladi. 7 yoshdan oshgan bolalarga sutkada tana yuzasining 1 m2 ga 5000000 XB tavsiya etiladi. Preparat sutkada 2 marta har 12 soatda 10 sutkada davomida har kuni, so‘ngra xaftada kunora 6-12 oy davomida qo‘llanadi. Davolash davomiyligi klinik samaradorlik va laborator ko‘rsatkichlarga qarab aniqlanadi. Har bir patsiyent uchun preparatning sutkalik dozasini hisoblash ushbu yoshda tavsiya etiladigan dozani Garford, Terri va Rurku bo‘yicha bo‘y va tana vazni bo‘yicha tana yuzasi maydonini hisoblash uchun nomogramma bo‘yicha hisoblangan tana yuzasi maydoniga ko‘paytirish orqali amalga oshiriladi. Bir martalik dozani aniqlash uchun hisoblab topilgan sutkalik dozani 2 marta yuborishga bo‘lish orqali amalga oshiriladi, olingan qiymatni suppozitoriyning dozasigacha yaxlitlanadi. Yaqqol faollikdagi surunkali virusli gepatit va jigar tsirrozida plazmaferez va/yoki gemosorbtsiya o‘tkazishdan oldin 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga VIFЕRON® 150000 XB, 7 yoshdan oshgan bolalarga VIFЕRON® 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 14 sutka davomida buyuriladi. Kattalarda, shu jumladan homiladorlarda majmuaviy davolash tarkibida urogenital yo‘llarining infektsion-yallig‘lanish kasalliklari (xlamidioz, tsitomegalovirus infektsiyasi, ureaplazmoz, trixomoniaz, gardnerellyoz, papillomavirus infektsiyasi, bakterial vaginoz, qaytalanuvchi qin kandidozi, mikoplazmoz). Kattalar uchun tavsiya etilgan doza – VIFЕRON® 500000 XB 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 5-10 sutka davomida buyuriladi. Klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha davolash davom ettirilishi mumkin. Homilador ayollarga homiladorlikning II uch oyligidan boshlab (gestatsiyaning 14 xaftasidan boshlab) VIFЕRON® 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida, so‘ngra 9 kun davomida 3 marta 3 kun interval bilan (to‘rtinchi kuni) 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda buyuriladi. So‘ngra har 4 xaftada tug‘ruqqacha VIFЕRON®150000 XB 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 5 sutka davomida buyuriladi. Zarurati bo‘lganida tug‘ruqdan oldin (gestatsiyaning 38 xaftasidan boshlab) VIFЕRON® 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida qo‘llash ko‘rsatilgan. Teri va shilliq qavatlarning birlamchi yoki qaytalanuvchi gerpetik infektsiyalari, chegaralangan shakli, yengil va o‘rtacha og‘irlikda kechishi, shu jumladan kattalardagi, shu jumladan homiladorlardagi urogenital shakli. Kattalar uchun tavsiya etiladigan doza – VIFЕRON®1000000 XB 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida va qaytalanuvchi infektsiyada undan ko‘proq buyuriladi. Klinik ko‘rsatmalarga qarab davolash davom ettirilishi mumkin. Teri va shilliq qavatlarni shikastlanishining birinchi belgilari (qichishish, achishish, qizarish) paydo bo‘lganda davolashni darhol boshlash tavsiya etiladi. Qaytalanuvchi gerpesni davolaganda davolashni prodromal davrda yoki qaytalanish belgilarini paydo bo‘lishini boshida boshlash afzal. Homiladorlarga homiladorlikning II uch oyligidan boshlab (gestatsiyaning 14 xaftasidan boshlab) VIFЕRON® 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida, so‘ngra 9 kun davomida 3 marta 3 kun interval bilan (to‘rtinchi kuni) 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda buyuriladi. So‘ngra har 4 xaftada tug‘ruqqacha VIFЕRON® 150000 XB 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 5 sutka davomida buyuriladi. Zarurati bo‘lganida tug‘ruqdan oldin (gestatsiyaning 38 xaftasidan boshlab) VIFЕRON® 500000 XB preparatini 1 suppozitoriydan sutkada 2 marta har 12 soatda har kuni 10 sutka davomida qo‘llash ko‘rsatilgan.

Kam hollarda allergik reaktsiyalar (teri toshmalari, qichishish) kuzatilishi mumkin. Ushbu ko‘rinishlar qaytuvchandir va preparatni qabul qilish to‘xtatilgandan 72 soatdan keyin yo‘q bo‘ladi.

Preparatning komponentlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik bo‘lganida uni qo‘llash mumkin emas.

VIFЕRON®, rektal suppozitoriylar yuqorida ko‘rsatilgan kasalliklarni davolashda qo‘llanadigan barcha dori preparatlari (antibiotiklar, ximiopreparatlar, glyukokortikosteroidlar) bilan mutanosib va birga yaxshi qo‘llanadi.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Preparatni homiladorlikning 14 xaftasidan boshlab qo‘llash mumkin. Emizish davrida qo‘llash uchun cheklovlar yo‘q. Transport vositalarini boshqarish va boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta’siri Aniqlanmagan. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

2°S dan 8°S gacha haroratda saqlansin.

Aniqlanmagan.

Shifokor retseptisiz beriladi

Rektal suppozitoriylar 150000 XB, 500000 XB, 1000000 XB, 3000000 XB. 10 suppozitoriydan PVX/PVX kontur uyali o‘ramda. 10 suppozitoriyli 1 kontur uyali o‘ram davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

2 yil.