Viagraretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: sildenafil tsitrati (50 mg sildenafilga ekvivalent). yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, kolloid gidrofob kremniy dioksidi, natriy kroskarmelloza, magniystearati, indigokarmin asosidagi alyumin laki (E132), sukraloza, mannitol, krospovidon, polivinilatsetat, povidon; maltodekstrin va dekstrin saqlovchi aromatizator; maltodekstrin, glitserin (E422) va propilenglikol (E1520) saqlovchi tabiiy aromatizator; maltodekstrin va alfa-tokoferol (E307) saqlovchi limonli aromatizator.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

sildenafil

Preparatning savdo nomi:

Viagra

Farmakalogik guruhi:

erektil disfunktsiyani davolash uchun vosita – FDE-5 (fosfodiesteraza-5)-ingibitori.

Dori shakli:

og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi tabletkalar.

rombsimon shaklli, bir tomonida “V50” gravirovkasi bo‘lgan, boshqa tomoni tekis bo‘lgan ko‘k rangli dumaloq tabletkalar.

erektil disfunktsiyani davolash uchun vosita – FDE-5 (fosfodiesteraza-5)-ingibitori.

G04BE03.

So‘rilishi Sildenafil tez so‘riladi. Preparatni og‘iz  orqali och qoringa qabul qilingandan keyin plazmada kuzatiladigan maksimal kontsentratsiyasiga 30 minutdan 120 minutgacha (o‘rtacha 60 minut) bo‘lgan davr davomida erishiladi. Preparatni og‘iz orqali qabul qilingandagi o‘rtacha mutloq biokiraolishligi 41% (ko‘rsatkichlar diapazoni 25-63%) ni tashkil qiladi. Sildenafilni og‘iz orqali tavsiya qilinadigan dozalar (25-100 mg) diapazonida qabul qilingandan keyingi AUC va Cmax qiymatlari qabul qilingan dozalarga to‘g‘ri proportsional oshadi. Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarni ovqat bilan qabul qilinganda sildenafilni so‘rilish tezligi Tmax ni 60 minutgacha o‘rtacha kechikishi va Cmax  ni o‘rtacha 29% gacha kamayishi bilan pasayadi. 45 yosh va undan katta yoshdagi 36 nafar sog‘lom erkaklar ishtirokidagi klinik tadqiqotlarda, suv bilan ichmay qabul qilingan 50 mg dozali og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi tabletkalarning 50 mg dozali plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarga bioekvivalentligi aniqlangan. Aynan shu tadqiqotda AUC ko‘rsatkichi o‘zgarmagancha qolgan, lekin Cmax  ning o‘rtacha qiymati 50 mg dozali plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarga nisbatan, 50 mg dozali suv bilan ichib qabul qilingan og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi tabletkalar qabul qilinganda 14% ga past bo‘lgan. Dispersiyalanadigan peroral tabletkalarni yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan ovqat bilan qabul qilinganda sildenafilni so‘rilishi pasayadi, Tmax ni o‘rtacha kechikishi taxminan 3,4 soatni tashkil etadi va Cmax va AUC ning o‘rtacha qiymati og‘iz bo‘shlig‘ida dispersiyalanuvchi peroral tabletkalarni och qoringa qabul qilingandagiga nisbatan, muvofiq ravishda taxminan 59% va 12% ga kamayadi. Taqsimlanishi Sildenafil uchun muvozanatni taqsimlanishi hajmi (Vd), 105 l ni tashkil etadi, bu preparatni organizmni to‘qimalarda taqsimlanishidan dalolat beradi. Sildenafilni 100 mg dozada bir marta og‘iz orqali qabul qilingandan keyin, sildenafilning plazmadagi o‘rtacha maksimal umumiy kontsentratsiyasi taxminan 440 ng/ml ni (o‘zgarishi koeffitsiyenti 40% bilan) tashkil qiladi. Sildenafil (va uning asosiy aylanib yuruvchi metaboliti-N –desmetilsildenafil) plazma oqsillari bilan 69% bog‘lanishi sababli, erkin sildenafilning plazmadagi o‘rtacha maksimal kontsentratsiyasi 18 ng/ml (38 nM) ni tashkil qiladi. Oqsillar bilan bog‘lanish darajasi preparatning umumiy kontsentratsiyalariga bog‘liq emas. Sildenafilni qabul qilgan (100 mg dozada bir marta qabul qilgan) sog‘lom ko‘ngillilarda, qabul qilinganidan keyin 90 minutdan so‘ng spermada dozaning 0,0002% dan kamrog‘i (o‘rtacha 188 ng) aniqlangan. Biotransformatsiyasi Sildenafilning biotransformatsiyasini asosan jigarning mikrosomal izorfermentlari SYR3A4 (asosiy yo‘l) va SYR2S9 (ikkinchi darajali yo‘l) ishtirokida amalga oshiriladi. Asosiy aylanib yuruvchi metabolit sildenafilni N-metil guruhini yo‘qotishi yo‘li orqali hosil bo‘ladi. Metabolit fosfodiesterazaga nisbatan sildenafil bilan bir xil darajadagi selektivligi bilan xarakterlanadi, metabolitning in vitro FDE-5 ga nisbatan faolligi esa, preparatning dastlabki moddasining faolligining taxminan 50% ni tashkil qiladi. Bu metabolitning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi sildenafil uchun xarakterli bo‘lgan kontsentratsiyalarining taxminan 40% ni tashkil qiladi. N-metil guruhini yo‘qotgan metabolit, yakuniy yarim chiqarilish davri taxminan 4 soatni tashkil qilishi bilan, keyinchalik yana metabolizmga uchraydi. Chiqarilishi Sildenafilning 3-5 soat davomiylikdagi yakuniy terminal yarim chiqarilish davri bilan bo‘lgan umumiy klirensi soatiga 41 l ni tashkil qiladi. Peroral qabul qilingandan keyin bo‘lganidek, vena ichga yuborilganda xam sildenafilni chiqarilishi metabolitlar ko‘rinishida asosan ahlat bilan (peroral qabul qilingan dozaning taxminan 80%) va kamroq darajada siydik bilan (peroral qabul qilingan dozaning taxminan 13%) amalga oshadi.

Viagra jinsiy olatning jinsiy aloqani amalga oshirish uchun yetarli bo‘lgan erektsiyasini saqlash yoki erishishga qodir bo‘lmaslik bilan xarakterlanuvchi erektil disfunktsiya bo‘lgan katta yoshdagi erkaklarda qo‘llaniladi. Viagra faqat jinsiy stimulyatsiya borligida samaralidir.

Kattalarda qo‘llanilishi Viagrani zaruratga ko‘ra jinsiy aloqadan taxminan bir soat oldin qo‘llash lozim. Preparatni tavsiya qilinadigan dozasi 50 mg ni tashkil qiladi va och qoringa qabul qilinadi, chunki ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish so‘rilishni sekinlashtiradi va dispersiyalanuvchi peroral tabletkaning samarasini kechiktiradi. Preparatning samaradorligi va o‘zlashtira olinishini hisobga olgan holda doza 100 mg gacha oshirilishi mumkin. Preparatning maksimal tavsiya qilinadigan dozasi 100 mg ni tashkil etadi. Preparatning dozasini 100 mg gacha oshirish zarur bo‘lgan patsiyentlar ikkita 50 mg li dispertsiyalanuvchi peroral tabletkalarni ketma-ket qabul qilishlari lozim. Dori vositasini maksimal tavsiya qilingan qabul qilishlar soni – sutkada 1 marta. Agar preparatning 25 mg li dozasini qabul qilish zarur bo‘lsa, 25 mg dan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalarni qabul qilishni tavsiya qilish lozim.

Xavfsizlik profili to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar Sildenafil bilan davolangan patsiyentlarda klinik tadqiqotlar vaqtida qayd etilgan eng ko‘p uchraydigan nojo‘ya reaktsiyalar bosh og‘rig‘i, giperemiya, dispepsiya, burun bitishi, bosh aylanishi, qizib ketishlar, ko‘rishni buzilishi, tsianopsiya va ko‘rishni noaniqligi bo‘lgan. Noxush reaktsiyalarni jadval ko‘rinishidagi ro‘yxati Preparatni qo‘llash bilan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda, platseboga nisbatan ko‘proq yuz bergan tibbiyot nuqtai-nazaridan barcha muhim noxush reaktsiyalar quyida tizim-a’zolar sinfi va yuz berish chastotasiga qarab quyida tasniflangan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 i < 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1 000 i < 1/100), kam hollarda (≥ 1/10 000 va < 1/1000). Har bir guruhda noxush samaralarni yuz berish tez-tezligi ularning jiddiylik darajasini kamayishi tartibida keltirilgan.

Sildenafilga yoki preparatning har qanday boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Preparatning azot oksidi/tsiklik gunozinmonofosfat (tsGMF) ning metabolik yo‘liga ma’lum ta’siri tufayli, sildenafil nitratlarning gipotenziv ta’sirini kuchaytirish xususiyatini namoyish etdi, shuning uchun uni azot oksidi donatorlari (amilnitrit kabi vositalar) yoki har qanday shakldagi nitratlar bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. FDE 5 ingibitorlarini, shu jumladan riotsiguat kabi guanilattsiklaza stimulyatorlari bilan birga qo‘llash mumkin emas, chunki bu simptomatik gipotenziyaga olib kelishi mumkin. Erektil disfunktsiyani davolash uchun preparatlarni, jumladan sildenafilni jinsiy faollik tavsiya qilinmagan erkaklarda (masalan, nostabil stenokardiya yoki og‘ir yurak yetishmovchiligi kabi og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda) qo‘llamaslik kerak. Viagrani ko‘rish nervining noarteriitli old ishemik neyropatiyasi (NAION) tufayli, bir ko‘zda ko‘rishni yo‘qolishi bo‘lgan patsiyentlarda, bu epizod FDE5 ingibitorlari bilan avvaldan davolanish bilan bog‘liqligidan qat’iy nazar, qo‘llash mumkin emas. Sildenafilni quyida ko‘rsatilgan kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarning kichik guruhida qo‘llash xavfsizligi o‘rganilmagan, shu boisdan uni ushbu kichik guruhlarda qo‘llash mumkin emas: og‘ir jigar yetishmovchiligi, arterial gipotenziya (arterial bosim < 90/50 mm sim. ust.), yaqin oradagi anamnezda o‘tkazilgan insult yoki miokard infarkti, shuningdek ko‘z to‘r pardasining pigmentli retinit kabi ma’lum nasliy degenerativ kasalliklari (bu patsiyentlarning uncha katta bo‘lmagan qismida ko‘zning to‘r pardasi fosfodiesterazalari faoliyatini nasliy buzilishlari mavjud).

In vitro tadqiqotlar Sildenafilning metabolizmi asosan tsitoxrom R450 (CYP) 3A4 (asosiy yo‘l) va 2S9 izofermentlari (ikkinchi darajali yo‘l) ni ta’siri ostida yuz beradi. Shu sababli bu izofermentlarning ingibitorlari sildenafilning klirensini kamaytirishi, induktorlari esa, muvofiq ravishda sildenafilning klirensini oshirishi mumkin. In vivo tadqiqotlar Klinik tadqiqotlarning populyatsion farmakokinetik taxlili CYP3A4 ingibitorlari (masalan, ketokonazol, eritromitsin va tsimetidin) bir vaqtda qo‘llanganida sildenafilning klirensini pasayishidan dalolat beradi. Garchi bu patsiyentlarda sildenafilni CYP3A4 ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida noxush ko‘rinishlarni yuz berish tezligini oshishi kuzatilmagan bo‘lsa-da, preparat bilan 25 mg boshlang‘ich dozada davolanish mumkinligini ko‘rib chiqish kerak. Tsitoxrom R450 ning kuchli ingibitori hisoblangan OITV proteaza ingibitori ritonavirni, muvozanat holatida (500 mg dan sutkada ikki marta) sildenafil (100 mg dozada bir marta qabul qilish) bilan bir vaqtda qabul qilish sildenafilning Smax ni 300% ga (4 marta), shuningdek plazmada sildenafilni AUC 1000% ga (11 marta) oshishiga olib kelgan. 24 soatdan keyin sildenafilning plazmadagi darajasi, faqat sildenafilni o‘zini qabul qilingandan keyingi taxminan 5 mg/ml ga nisbatan, hali yana taxminan 200 ng/ml ni tashkil qilgan. Bu ma’lumotlar ritonavirni R450 substratlarini keng ta’sir doirasiga nisbatan yaqqol samaralar bilan mos keladi. Sildenafil ritonavirning farmakokinetikasiga ta’sir qilmagan. Farmakokinetikani o‘rganish yuzasidan olingan bu natijalardan kelib chiqib, sildenafilni ritonavir bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi va har qanday hollarda sildenafilning maksimal dozasi hech bir holatda 48 soat davomida 25 mg dan oshmasligi kerak. SYR 3A4 ingibitori hisoblangan OITV proteaza ingibitori sakvinavirni muvozanat holatida (1200 mg dan sutkada uch marta) sildenafil (100 mg dozada bir marta qabul qilish) bilan bir vaqtda qabul qilish, sildenafilning Smax ko‘rsatkichini 140% ga, shuningdek AUC ni 210% ga oshishiga olib kelgan. Sildenafil sakvinavirning farmakokinetikasiga ta’sir qilmagan. SYR 3A4 ning ketokonazol va itrakonazol kabi yanada kuchliroq ingibitorlari yanada yaqqol samarani ko‘rsatishi mumkin. Sildenafilni 100 mg dozada SYR 3A4 ning o‘rtacha ingibitori eritromitsin bilan, muvozanat holatida (500 mg dan sutkada ikki marta 5 kun davomida) bilan birga qabul qilinganda sildenafilning tizimli ta’sirini oshishi kuzatilgan (AUC ko‘rsatkichi bo‘yicha aniqlangan). Birga qo‘llanganda, erkak jinsiga mansub normal sog‘lom ko‘ngillilarda azitromitsinning (sutkada 500 mg dan 3 kun davomida) sildenafil yoki uning qonda aylanib yuruvchi asosiy metabolitining AUC, Smax, Tmax ko‘rsatkichlariga, eliminatsiya tezligi konstantasiga yoki keyinchalik yarim chiqarilish davriga ta’siri aniqlanmagan. Tsitoxrom R450 ning ingibitori va SYR 3A4 ning nospetsifik ingibitori hisoblangan Tsimetidin (800 mg) sildenafil (50 mg dozada) bilan sog‘lom ko‘ngillilarda bir vaqtda qo‘llanganda, sildenafilning plazmadagi kontsentratsiyasini 56% ga oshishini chaqirgan. Greypfrut sharbati ichak devoridagi metabolizmi sababli, SYR 3A4 ning sust ingibitori hisoblanadi va sildenafilning plazmadagi darajasini o‘rtacha oshishini chaqirishi mumkin. Antatsid vositasini (magniy gidroksidi/alyuminiy gidroksidi) bir marta qabul qilinishi sildenafilning biokiraolishligiga ta’sir qilmaydi. Garchi barcha dori vositalari bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish yuzasidan maxsus tadqiqotlar o‘tkazilmagan bo‘lsa-da, populyatsion farmakokinetik tahlil, SYR2S9 ingibitorlari (tolbutamid, varfarin va fenitoin kabi vositalar), SYR2D6 ingibitorlari (serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar kabi vositalar), tiazid va unga yaqin diuretiklar, xalqali va kaliyni tejovchi diuretiklar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari, kaltsiy kanallarining blokatorlari, beta-adrenergik retseptorlarining blokatorlari va SYR450 ning metabolik faol induktorlari (rifampitsin va barbituratlar kabi vositalar) bilan bir vaqtda davolanganda sildenafilning farmakokinetikasiga ta’sirini yo‘qligini ko‘rsatdi. Erkak jinsiga mansub normal sog‘lom ko‘ngillilar ishtirokidagi tadqiqotda endotelin antagonisti bozentanni (SYR3A4 ning (o‘rtacha),  SYR2S9 va ehtimol SYR2S19 ning induktori) muvozanat holatida (125 mg sutkada ikki marta) sildenafil bilan muvozanat holatida (80 mg sutkada uch marta) bir vaqtda qo‘llanishi, sildenafilning AUC va Smax, ko‘rsatkichlarini muvofiq ravishda 62,6% ga va 55,4% ga pasayishiga olib kelgan. Shunday qilib, rifampin kabi SYR3A4 ning kuchli induktorlari bilan bir vaqtda qo‘llanishi, sildenafilning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini yanada yaqqolroq pasayishiga olib keladi. Nikorandil kaltsiy kanallarini aktivatori va nitratning gibridi hisoblanadi. Nitrat, komponenti hisobiga u sildenafil bilan jiddiy o‘zaro ta’siriga kirishish bo‘yicha potentsial xususiyatiga ega.

Erektil disfunktsiyani diagnostika qilish va uning birinchi sabablarini aniqlash uchun, farmakologik terapiyaning imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdan oldin kasallik tarixini o‘rganib chiqish va fizikal tekshiruv o‘tkazish kerak. Yurak-qon tomir kasalliklarining xavf omillari Erektil disfunktsiyasini davolashni boshlashdan oldin shifokorlar o‘z patsiyentlarining yurak-qon tomir tizimi holatini baholashlari lozim, chunki jinsiy faollik bilan bog‘liq bo‘lgan yurak asoratlarining ma’lum darajadagi xavfi mavjud. Sildenafil qon tomirlarni kengaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi va arterial bosimini biroz yoki vaqtinchalik pasayishini keltirib chiqaradi. Sildenafilni buyurishdan avval shifokorlar ayrim asosiy kasalliklari bo‘lgan, ayniqsa ularni seksual faollik bilan birga kechgan patsiyentlarning holatiga bu preparatning qon tomirlarini kengaytiruvchi ta’sirini noxush oqibatlari ehtimolini sinchkov tekshirishlari lozim. Qon tomirlarni kengaytiruvchi vositalariga yuqori sezuvchanlikka ega patsiyentlar guruhiga chap qorinchani chiqish qismini torayishi bo‘lgan (masalan, aortal klapan stenozi, gipertrofik obstruktiv kardiomilpatiyasi bo‘lgan) patsiyentlar, shuningdek arterial bosimini vegetativ nazoratini og‘ir darajadagi buzilishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan kam uchraydigan ko‘plab tizimli atrofiya sindromi bo‘lgan patsiyentlar kiradi. Viagra nitratlarning gipotenziv samarasini kuchaytiradi. Postregistratsion qo‘llash davri vaqtida jiddiy yurak-qon tomir kasalliklarining asoratlari, shu jumladan Viagrani qo‘llash vaqtida miokard infarkti, nostabil stenokardiya, yurak kasalligi oqibatida to‘satdan o‘lim, yurak qorinchalari aritmiyasi, tserebrovaskulyar qon ketishlari, tranzitor ishemik xuruj, arterial gipertenziya va arterial gipotenziya holatlari qayd etilgan. Bu patsiyentlarning barchasida emas, balki ko‘pchiligida o‘tmishda yurak-qon tomir kasalliklarining xavf omillari bo‘lgan. Ko‘pgina asoratlar jinsiy aloqa qilish vaqtida yoki u tugaganidan keyin tez orada qayd etilgan, shuningdek bir nechta holatlar jinsiy faolliksiz Viagrani qo‘llagandan keyin tezda qayd etilgan. Bu holatlar bevosita shu omillar yoki boshqa omillar bilan bog‘liqligi yoki yo‘qligini aniqlashning iloji yo‘q. Priapizm Erektil disfunktsiyani davolash uchun preparatlar, shu jumladan sildenafilni jinsiy olatning anatomik deformatsiyasi (masalan, angulyatsiya, kavernoz fibroz yoki Peyron kasalligi) bo‘lgan patsiyentlarda, shuningdek priapizmni rivojlanishiga olib keluvchi kasalliklari (o‘roqsimon anemiya, ko‘p sonli miyeloma yoki leykemiya kabi) bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Sildenafilni postmarketing qo‘llash vaqtida uzoq muddatli erektsiya va priapizmni rivojlanish holatlari qayd etilgan. Erektsiya 4 soatdan ortiq vaqt davomida saqlanib qolsa, patsiyent shoshilinch tibbiy yordam olish uchun murojaat qilishi lozim. Shoshilinch davolash ishlari o‘tkazilmagan hollarda priapizm jinsiy olat to‘qimalarini shikastlanishiga va potentsiyani qaytmas yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin.

Quruq joyda 300S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparatni 800 mg gacha dozada bir marta qabul qilib o‘tkazilgan ko‘ngillilar ishtirokidagi tadqiqotlarda qayd etilgan noxush reaktsiyalar, preparatning ancha past dozalari ishlatilganida kuzatilgan reaktsiyalar bilan bir xil bo‘lgan, lekin ularni yuz berish chastotasi va namoyon bo‘lish og‘irligi ancha yuqoriroq bo‘lgan. 200 mg li dozani qo‘llanishi preparatning samaradorligini oshishini ta’minlanmagan, ammo nojo‘ya reaktsiyalar (bosh og‘rig‘i, giperemiya, bosh aylanishi, dispepsiya, burun bitishi va ko‘rishni buzilishi) ni yuz berish tezligi oshgan. Doza oshirib yuborilgan hollarda zaruratga ko‘ra standart tutib turuvchi davolash choralarini ko‘rish kerak. Gemodializ sildenafilning klirensini tezlashtirmaydi, chunki sildenafil plazma oqsillari bilan faol bog‘lanadi va siydik bilan chiqarilmaydi.

Shifokor retsepti bo‘yicha

1, 2, 4, 8 yoki 12 tabletka saqlovchi alyumin blisterlar karton o‘ramlarda. Bozorda barcha ishlab chiqarish shakllari bo‘lmasligi mumkin.

3 yil.