Vermodedretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: mebendazol – 100 mg. yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, natriy krosskarmellozasi, kaltsiy gidrofosfati, Sanset sarig‘i bo‘yovchisi PKF, natriy benzoati, tozalangan talk, magniy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Mebendazol

Preparatning savdo nomi:

Vermoded

Farmakalogik guruhi:

Antigelmint vositalar.

Dori shakli:

Tabletkalar

Zarg‘aldoq rangli dumaloq, yassi, qobiqsiz tabletkalar.

Antigelmint vositalar.

Mebendazol ichakdan deyarli so‘rilmaydi. Faol moddaning ozgina qismi qonga tushib, 90% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi va jigarda metabolizmga uchraydi. Mebendazolning plazmadagi eng yuqori kontsentratsiyasiga preparat qabul qilinganidan keyin 2-4 soat o‘tgach erishiladi. Qabul qilingan dozaning faqat 10% 24-48 soat davomida siydik bilan dekarboksillangan holda, 90% esa ahlat bilan chiqariladi.

Quyidagi gelmintozlarni davolash uchun: – Trixetsefalez (Trichuris trichiura); – Enterobioz (Enterobius vermicularis); – Askaridioz (Ascaris lumbricodes); – Ankilostomadioz (Ancylostoma duodenale); – Yakka yoki aralash infektsiyalardagi tenioz (Necator americanus) da qo‘llanadi.

Me’da-ichak yo‘llari, jigar tomonidan: katta invaziya va gelmintlar tez yo‘qotilgan hollarida qorin bo‘shlig‘ida o‘tkinchi og‘riqlar, diareya bo‘lishi mumkin; kam-preparat uzoq vaqt davomida yuqori dozalarda qo‘llanganida, jigar faoliyatining orqaga qaytuvchi buzilishlari, gepatitni rivojlanish hollari aniqlangan. Qon yaratish tizimi tomonidan: preparat bilan yuqori dozalarda uzoq muddat davolanganda ba’zida neytropeniya kuzatilgan. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, eshakemi, angionevrotik shish.

Mebendazolga yuqori sezuvchanlik, jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari, homiladorlik, laktatsiya, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar.

Preparat qo‘llanganda parhezga rioya qilish, surgi vositalarini buyurish talab qilinmaydi. Preparatni qo‘llash davrida emizishni to‘xtatish lozim. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 300S dan past haroratda saqlansin.

Retsept bilan

100 mg dan tabletkalar.

3 yil.