Verminretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: albendazol.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

albendazol

Preparatning savdo nomi:

Vermin

Farmakalogik guruhi:

Antigelmint vosita.

Dori shakli:

tabletkalar

200 mg tabletkalar: to‘q sariq rangli, dumaloq, ikkiyoqlama qavariq qobiq bilan qoplangan, o‘ziga hos hidli tabletkalar. 400 mg tabletkalar: oq yoki deyarli oq rangli, uzunchoq shaklli, bir tomonida riskasi bo‘lgan, ikkiyoqlama qavariq, qobiq bilan qoplangan, o‘ziga xos hidli tabletkalar.

Antigelmint vosita.

P02CA03

Ichga qabul qilingandan so‘ng, albendazol me’da-ichak yo‘llaridan yomon so‘riladi, plazmada o‘zgarmagan holda aniqlanmaydi, chunki jigarda gijjaga qarshi faollikka ega bo‘lgan, birlamchi metabolit- albendazol sulfoksidga tezda aylanadi. Kiraolishligi past. Yog‘li ovqatni qabul qilish albendazolning maksimal kontsentratsiyasi (Cmax) ni va so‘rilishini 5 martaga oshiradi. Albendazol sulfoksidining Cmax ga erishish vaqti 2-5 soatni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan 70% bog‘lanadi. A’zolar bo‘yicha deyarli to‘liq tarqaladi: siydikda, o‘t-safroda, jigarda, kista devori va kista suyuqligida, orqa miya suyuqligida aniqlanadi. Gijjalar tsistalarining devori va suyuqligiga o‘tadi. Albendazol sulfoksidi albendazol sulfoniga (ikkilamchi metabolit) va boshqa oksidlangan mahsulotlarga metabollanadi. Albendazol sulfoksidining yarim chiqarilish davri (T1/2) – 8-12 soatni tashkil etadi. Faol metabolit albendazol sulfoksidi ko‘rinishida o‘t-safro bilan ichaklar orqali chiqariladi, uning katta bo‘lmagan qismigina siydik bilan chiqariladi. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda klirensi o‘zgarmaydi. Jigarni zararlanishida kiraolishligi oshadi, bunda albendazol sulfoksidining Cmax 2 marta oshadi, T1/2 esa uzayadi. Albendazol mikrosomal fermentlari tsitoxrom R-450 (IA) tizimining induktori hisoblanadi; ko‘pgina dori preparatlarining metabolizmini tezlashtiradi.

Preparat  gijja invaziyalarida, shu jumladan nematodozlarda qo‘llanadi: cho‘chqa solityorining lichinkalik shakli (Taenia solium) chaqirgan neyrotsistitserkoz; it tasmasimon chuvalchangining lichinkalik shakli (Echinococcus granulosus) chaqirgan jigar, o‘pkalar, qorinpardaning exinokokkozi; exonokokkoz kistalarining jarrohlik davolanishida yordamchi vosita sifatida;askaridoz;trixotsefalez;ankilostomidoz;enterobioz;nekatoroz;strongiloidoz (strogiloidoz);opistorxoz;mikrosporidioz;toksokaroz;lyamblioz;aralash gijjalar.

Ichga, ovqatdan so‘ng tabletkalarni chaynamasdan, suv bilan ichiladi. Sutkalik doza- 0.4 g (bir qabul uchun), bolalar uchun – 6 mg/kg. Curgi dori vositalarini qo‘llashni va maxsus parhezga rioya qilishni talab qilinmaydi. 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar – bosh miya tsistitserkozi: 15 mg/kg/sut 8 sutka davomida; zarurat tug‘ilsa takrorlanadi. Ankilostomidoz va askaridoz 0.4 g dan, enterobioz 0,2 g dan bir marta, zarurat tug‘ilsa 3 haftadan so‘ng takrorlanadi. Strongiloidoz 0.4 g dan va tsestodoz 0,2 g dan sutkasiga bir marta, 3 sutka davomida, zarurat tug‘ilsa 3 haftadan so‘ng takrorlanadi. 2 yoshdan katta bolalar va kattalar – bosh miya tsistitserkozi: 0.4 g dan sutkasiga 2 marta , 8-30 sutka davomida. Askaridoz, trixotsefalez, enterobioz va ankilostomidoz – 0.4 g dan sutkasiga bir marta, zarurat tug‘ilsa 3 haftadan so‘ng takrorlanadi. Lyamblioz: 0.4 g dan sutkasiga bir marta, 3 sutka davomida. Strongiloidoz va tsestodoz: 0.4 g dan sutkasiga bir marta, 3 sutka davomida, zarurat tug‘ilsa 3 haftadan so‘ng takrorlanadi.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qorinda og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, qusish, dispepsiya, “jigar” transaminazalar faolligining oshishi. Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, meningeal simptomlar. Qon yaratish tizimi tomonidan: bosh miya qon yaratilishining cheklanishi, leykopeniya, granulotsitopeniya, agranulotsitoz, trombotsitopeniya, pantsitopeniya. Siydik chiqarish tizimi tomonidan: buyraklar faoliyatini buzilishi, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi. Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, qichishish. Boshqalar: gipertermiya (tana haroratining oshishi), arterial bosimning oshishi, qaytariluvchan alopetsiya.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davri (ko‘krak suti bilan emizish), bolalar yoshi (6 yoshgacha – havfsizligi aniqlanmagan). Ehtiyotkorlik bilan: ko‘mik qon yaratilishining susayishi, jigar yetishmovchiligi, jigar tsirrozi, ko‘z to‘r pardasining patologiyasi.

Davolash: me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish. Zarurat bo‘lganda simptomatik davo o‘tkaziladi.

Retsept bo‘yicha

Qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 200 mg va 400 mg dan kontur-uyali o‘ramda.