Verapamila gidroxloridretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 100% quruq moddaga qayta hisoblanganda 80 mg verapamil gidroxloridi; yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, laktoza monogidrati, kopovidon, magniy stearati. Plyonka hosil qiluvchi qobiq: gidroksipropiltsellyuloza, laktoza monogidrati, titan dioksidi (Ye 171), polietilenglikol, triatsetin.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

verapamil gidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

Verapamila gidroxlorid

Farmakalogik guruhi:

Asosan yurakka ta’sir etuvchi selektiv kaltsiy antagonistlari. Fenilalkilamin hosilalari.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

dumaloq shaklli, ikki tomoni qavariq yuzali, oq rangli, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida turli tuzilishga ega ikki qatlam ko‘rinadi.

Asosan yurakka ta’sir etuvchi selektiv kaltsiy antagonistlari. Fenilalkilamin hosilalari.

S08D A01.

Peroral qabul qilinganidan so‘ng ingichka ichakda Verapamil gidroxloridining yuborilgan dozasining 90% dan qo‘proq qismi so‘riladi. Preparat asosan jigarda, jigarning darvoza tizimi orqali birinchi o‘tishida jadal metabolizm oqibatida metabolizmga uchraydi, preparatning biokiraolishligi 20-35% ni tashkil qiladi. Qon plazmasida Verapamil gidroxloridining maksimal kontsentratsiyasi, preparat qabul qilinganidan keyin 1-2 soat o‘tgach kuzatiladi. Qon bosimining pasayish darajasi plazmadagi Verapamil gidroxloridining kontsentratsiyasiga bog‘liq emas. Qon oqsillari bilan preparatning taxminan 90% bog‘lanadi. Verapamil gidroxloridi yo‘ldosh orqali o‘tadi va ko‘krak sutiga chiqariladi. O‘rtacha yarim chiqarilish davri birinchi marta qabul qilinganidan so‘ng 2,8-7,4 soatni va uzoq vaqt qabul qilish fonida 4,5-12 soatni tashkil qiladi. Katta yoshdagi patsiyentlar guruhida yarim chiqarilish davri oshishi mumkin. Yaqinda olingan ma’lumotlar, buyraklari sog‘lom odamlarda va buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichida bo‘lgan patsiyentlarda verapamilni farmakokinetikasida farq yo‘qligini ko‘rsatadi. Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda yarim chiqarilish davri 14-16 soatgacha oshadi, taqsimlanish hajmi oshadi, plazma klirensi normaning taxminan 30% ni tashkil qiladi. Shuning uchun bunday patsiyentlar uchun doza, odatdagi sutkalik dozaning ⅓ gacha kamaytiriladi. Preparat asosan buyraklar orqali (70%), qisman ichak orqali chiqariladi.

Arterial gipertenziya.Yurak ishemik kasalligi: shu jumladan stabil zo‘riqish stenokardiyasi, nostabil stenokardiya (kuchayib boruvchi stenokardiya, tinch holatdagi stenokardiya, vazospastik stenokardiya (variant stenokardiyasi, Printsmetal stenokardiyasi), yurak yetishmovchiligi bo‘lmagan patsiyentlarda, agar β-adrenoblokatorlarni qo‘llash ko‘rsatilgan bo‘lmasa postinfarkt stenokardiya.Aritmiyalar: paroksizmal yurak qorinchalari ustki taxikardiyasi tez atrioventikulyar o‘tkazuvchanlik bilan bo‘lgan yurak bo‘lmachalarini lipillashi/hilpillashida (Volf-Parkinson-Uayt WPW sindromidan tashqari) da qo‘llanadi.

Har bir patsiyent uchun doza shaxsiy ravishda tanlanadi. Tabletkalarni so‘rmasdan, chaynamasdan, maydalamasdan, qismlarga bo‘lmasdan, butunligicha yutiladi; yetarli miqdordagi suyuqlik bilan ichish kerak (masalan, 1 stakan suvda, ammo hech qanday holatda greypfrut sharbati bilan emas), yaxshisi ovqat vaqtida yoki darhol ovqatdan keyin. Kattalar va tana vazni 50 kg dan katta o‘smirlar Yurak ishemik kasalligi yurak qorinchasi ustki paroksizmal taxikardiyasi, bo‘lmachalarni lipillashi/xilpillashi. Tavsiya qilinadigan doza 3-4 qabulga bo‘lingan 120-480 mg ni tashkil qiladi. Preparatni maksimal sutkalik dozasi-480 mg. Arterial gipertenziya Tavsiya qilinadigan sutkalik doza 3 qabulga bo‘lingan 120-360 mg ni tashkil qiladi. Barqaror antigipertenziv samara davolash boshlanganidan so‘ng bir hafta davomida rivojlanadi. Stenokardiya va aritmiyalarda preparatning odatdagi dozasi 80 mg dan sutkada 3-4 marta (240-320 mg) ni tashkil qiladi. Odatda maksimal samara davolash boshlanganidan so‘ng 48 soat davomida rivojlanadi. Buyrak faoliyatini buzilishi Mavjud bo‘lgan ma’lumotlar “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limida ta’riflangan. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarga Verapamil gidroxloridini ehtiyotkorlik bilan va sinchkov kuzatuv ostida qo‘llash lozim. Jigar faoliyatini buzilishi Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda og‘irlik darajasiga ko‘ra Verapamil gidroxloridini ta’siri kuchayadi va dori vositasini parchalanishini sekinlashishi sababli uzayadi. Shuning uchun bunday hollarda dozani o‘ta ehtiyotkorlik bilan aniqlash va kichik dozalardan (masalan, jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar uchun avval 40 mg dan sutkada 2-3 marta, sutkada 80-120 mg ga muvofiq) boshlash kerak, “Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang. Zarur bo‘lganda boshlang‘ich dozani patsiyentni holatiga va preparatni qo‘llanganda baholanadigan klinik javobga ko‘ra asta-sekin oshirish kerak. Verapamilni 40 mg dozada qo‘llash zarur bo‘lganida preparatni bunday dozalashga imkon bo‘lgandagina qo‘llash lozim. Preparatni yotgan holatda qabul qilish mumkin emas. Verapamil gidroxloridini miokard infarkti yuzaga kelgan holatdan keyin 7 kun davomida buyurish mumkin emas. Uzoq davolangandan keyin, dozasini asta-sekin kamaytirib preparatni bekor qilish lozim. Davolash davomiyligini shifokor shaxsiy ravishda aniqlaydi, u patsiyentni holatiga va kasallikni kechishiga bog‘liq. Bolalar. Preparatni bolalarga ushbu dori shaklida buyurilmaydi.

Yurak-qon tomir tizimi: stenokardiya, arterial gipotenziya, sinoatrial va atrioventrikulyar blokadalar I, II yoki III darajali AV-blokada, bradikardiya, yurak bo‘lmachalarini fibrillyatsiyasi bilan kechuvchi bradiaritmiya, sinus tugunining to‘xtab qolishi, asistoliya; yurak yetishmovchiligini zo‘rayish/rivojlanish xavfi, ortostatik reaktsiyalar, taxikardiya, to‘sh suyagi ortida og‘riq, miokard infarkti, yurak urib ketishi, to‘piqlarning periferik shishi, sinkope, qizib ketish hissi kuzatilgan. Ovqat hazm qilish yo‘llari: qorinda diskomfort/og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm kabi me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlari, ichak atoniyasi, ichak tutilishi, qabziyat, og‘izni qurishi, milklarning giperplaziyasi (gingivit va qon ketishi). Nerv tizimi: bosh miya qon aylanishini buzilishi, ongni chalkashishi, muvozanatni buzilishi, toliqish, uyqusizlik, asabiylik, mushak tirishishlari, psixozlar, neyropatiya, ekstrapiramid sindromi, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, paresteziyalar, tremor. Eshitish va vestibulyar apparati a’zolari: quloqlarni shang‘illashi, vertigo. Siydik-jinsiy tizimi: erektil disfunktsiya, shu jumladan impotentsiya, tez-tez siyish, hayz tsiklini buzilishi; keksa yoshdagi patsiyentlar uzoq vaqt davolanganda ginekomastiya rivojlangan, u preparat bekor qilinganidan so‘ng to‘liq o‘tib ketgan, galaktoreya. Tayanch-harakat tizimi: mushak kuchsizligi, mialgiya, artralgiya. Teri va teri osti to‘qimalari: terida toshmalar (shu jumladan makulopapulyoz toshma, eshakemi), qichishish, alopetsiya, gipergidroz, pigmentatsiyani buzilishi, eritromelalgiya, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, Kvinke shishi, fotodermatitlar,  ko‘karishlar, purpura. Gepatobiliar tizimi: transaminazalar, ishqoriy fosfataza va bilirubin darajasini oshishi kuzatilishi mumkin; klinik ko‘rinishlar (o‘zini yomon his qilish, tana haroratini ko‘tarilishi va/yoki o‘ng qovurg‘a osti sohasida og‘riq) bilan kechuvchi jigar shikastlanishi kuzatilishi mumkin. Shu sababli patsiyentlarda jigar faoliyatini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish maqsadga muvofiqdir. Ba’zi hollarda bu o‘zgarishlar davolash davom ettirilganida o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Immun tizimi: o‘ta yuqori sezuvchanlik, allergik gepatit, bronxospazm. Boshqalar: ko‘rishni noaniqligi, qon plazmasida prolaktin darajasini oshishi, glyukozaga tolerantlikni pasayishi kuzatilgan. Verapamil va kolxitsinni majmuaviy qo‘llanishi bilan assotsiatsiyalangan falaj (tetraparez) haqida xabarlar berilgan. Bu holat SYR3A4 va R-qp ni verapamil tomonidan susaytirilishi oqibatida kolxitsinni gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun kolxitsin va verapamilni majmuaviy qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Verapamilga yoki preparatning boshqa komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik.Kardiogen shok.Asoratlar kechuvchi miokard infarktining o‘tkir fazasi (bradikardiya minutiga 50 zarbdan kam, arterial gipotenziya (sistolik bosim 90 mm sim. ust. dan past), chap qorincha yetishmovchiligi).O‘tkazuvchanlikni og‘ir buzilishlari: II-III darajali sinoatrial va atrioventrikulyar (AV) blokada (ritmni sun’iy boshqaruvchisi bo‘lgan patsiyentlardan tashqari).Sinus tugunining kuchsizligi sindromi (ritmni sun’iy boshqaruvchisi bo‘lgan patsiyentlardan tashqari).Yurakdan otilib chiqadigan fraktsiyani pasayishi 35% dan kam va/yoki o‘pka arteriyasida 20 mm sim. ust. dan yuqori bo‘lgan bosim bilan kechuvchi (agar faqat ikkilamchi qorincha ustki taxikardiyasini Verapamil bilan davolashdan foyda bo‘lmaganda) yurak yetishmovchiligi.Qo‘shimcha o‘tkazish yo‘llari bo‘lganida (WPW va LGL sindromlari fonida) yurak bo‘lmachalarining lipillashi/xilpillashi. Bunday patsiyentlarda verapamil gidroxloridni qo‘llanganda qorinchalar taxiaritmiyani jumladagn qorinchalarni fibrillyatsiyasini rivojlanish xavfi mavjud.Vena ichiga yuborish uchun β-adrenoretseptorlarining blokatorlarini bir vaqtda qo‘llash (jadal davolashdan tashqari).

β-adrenoblokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llash: sinoatrial tugunini avtomatizmiga, AV-o‘tkazuvchanligiga va miokardni qisqaruvchanligiga o‘zaro susaytiruvchi ta’sirini oshiradi, buni natijasida, ayniqsa, β-adrenoblokatorlarni yuqori dozalarda qo‘llanganida yoki ularni vena ichiga yuborilganida, yaqqol arterial gipotenziyani, AV- va SA-blokadalarni, bradikardiyani, yurak yetishmovchiligini rivojlanish xavfi oshadi. Alohida xavf guruhini surunkali yurak yetishmovchiligi, yaqqol kardiomiopatiyani yaqqol belgilari bo‘lgan, yoki yaqin vaqtda miokard infarktini o‘tkazgan patsiyentlar tashkil qiladi. Verapamil gidroxloridini β-adrenoblokatorlar bilan majmuaviy qo‘llab davolashni faqat aniq ko‘rsatmalar bo‘yicha va shifokorning nazorati ostida o‘tkazish lozim. Antigipertenziv preparatlar (masalan, vazodilatatorlar, AAF ingibitorlari, diuretiklar, α–blokatorlar, prazozin va terazozin) bilan: verapamil gidroxloridi ularni ta’sirini kuchaytiradi. Tritsiklik antidepressantlar, neyroleptiklar bilan: verapamil gidroxloridining gipotenziv ta’sirini kuchaytiradi. Yurak glikozidlari (masalan, digoksin) bilan: davolashni boshida (1-nchi hafta) qon zardobida digoksinning darajasi 50-70% ga oshadi, shuning uchun digoksin dozasiga tuzatish kiritish kerak uning, qon zardobida darajasini vaqti-vaqti bilan, ayniqsa, davolashni boshida nazorat qilish lozim. I-III sinf antiaritmik preparatlari (shu jumladan amiodaron) bilan: bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi. Dizopiramid (ritmilen) bilan: bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, Verapamil gidroxloridini qo‘llashni boshlashdan 48 soat oldin dizopiramidni qabul qilishni to‘xtatish kerak va verapamil gidroxloridini qabul qilish to‘xtatilganidan so‘ng 24 soatdan keyin dizopiramidni qabul qilishni tiklash mumkin. Flekainid bilan: miokardga nisbatan o‘zaro bostiruvchi ta’siri sezilarli o‘zgaradi, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlik sekinlashadi va repolyarizatsiya davomiyligi oshadi. Xinidin bilan: peroral qo‘llanganda xinidinni klirensi (≈35%) kamayadi. Arterial gipotenziyani gipertrofik kardiomiopatiyasi bo‘lgan patsiyentlarda o‘pka shishini rivojlanishi mumkin, shuning uchun ikkala preparatni birga buyurish mumkin emas. Peroral homilaga qarshi preparatlar, gidantoin, salitsilatlar, sulfanilamid va sulfonilmochevina hosilalari bilan: verapamilni plazma oqsillari bilan bog‘lanish darajasi yuqori bo‘lganligi sababli, uni ushbu xossalarga ega boshqa preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Kaltsiy tuzlari va D vitamini bilan: verapamil gidroxloridining farmakologik samarasi, ehtimol pasayishi mumkin. Propranolol, metoprolol bilan: verapamil gidroxloridi ularni klirensini pasaytirishi mumkin; Rifampitsin, fenobarbital bilan: mikrosomal fermentlarining induktorlari kabi preparatlarni samaradorligini pasaytirishi mumkin. Litiy tuzlari, teofillin bilan: verapamilning ta’sirida, qon zardobidagi ularning kontsentratsiyasi o‘zgarishi mumkin, shuning uchun bu preparatlarni qabul qilayotgan patsiyentlar sinchkov kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak. Tsiklosporin, everolimus, sirolimus, takrolimus, serotonin retseptorlarining ingibitorlari (almotriptan kabi), karbamazepin va teofillinlar bilan: bir vaqtda qo‘llanganida verapamil qon zardobida ularni darajasini oshishiga olib keladi. Kolxitsin bilan: verapamil uni ta’sirini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bu preparatlarni majmuaviy qo‘llash tavsiya qilinmaydi. N2-retseptorlarning antagonistlari, tsimetidin bilan: plazmada verapamilning kontsentratsiyasini oshishi mumkin. Antiretrovirus preparatlari (ritonavir, indinavir kabi) bilan: qon plazmasida verapamilning kontsentratsiyasini oshishi mumkin. Shuning uchun Verapamil gidroxloridini bunday majmuada ehtiyotkorlik bilan qo‘llash yoki uning dozasi pasaytirilishi kerak. GMG-KoA-reduktaza ingibitorlari (simvastatin, atorvastatin, lovastatin) bilan: statinlar bilan davolashni eng kichik mumkin bo‘lgan dozalarda boshlash va asta-sekin ularni oshirish lozim. Agar verapamilni qo‘llayotgan patsiyentga statinlarni buyurish kerak bo‘lsa, ularni dozalarini kamaytirish kerakligini hisobga olish va qon plazmasida xolesterinni kontsentratsiyasiga muvofiq dozani tanlash lozim. Simvastatin bilan (katta dozalarda): miopatiya, rabdomiolizni rivojlanish xavfi oshadi. Simvastatinning dozaga mos ravishda tuzatish kiritish kerak. Fluvastatin, pravastatin va rozuvastatin bilan: ular CYP3A4 tizimi tomonidan metabolizmga uchramaydi va shu sababli verapamil bilan deyarli o‘zaro ta’sirlashmaydi. Tsitoxrom R450 3A4 izoenzimini, substratlari, masalan, CSE ingibitorlari (shu jumladan, lovastatin, simvastatin, atorvastatin) bilan: plazmada bu dori vositalarining darajasini oshishi kuzatilishi mumkin, bu esa mushaklarni toksik shikastlanish xavfini oshiradi. Ingalyatsion anestetiklar yoki nerv-mushak o‘tkazuvchanligining blokatorlari bilan: yurak faoliyatiga susaytiruvchi ta’siridan saqlanish uchun, preparatlarining dozasiga tuzatish kiritish kerak. Miorelaksantlar bilan: ularning  ta’sirini kuchaytiradi. Makrolidlar (masalan, eritromitsin yoki klaritromitsin) bilan: o‘zaro ta’siri tufayli verapamilni qon plazmasida darajasi oshadi. Diabetga qarshi preparatlar (gliburid) bilan: gliburidning Smax 28% ga oshadi. Doskorubitsin (peroral) bilan: o‘pkaning mayda hujayrali raki bo‘lgan patsiyentlarda, plazmada doksorubitsinning biokiraolishligi va maksimal darajasi oshadi. Teshik dalachoy preparatlari bilan: kontsentratsiya-vaqt egri chiziq ostidagi maydoni kamayadi, Smax oshadi. Rentgenokontrast vositalar bilan: sinoatrial tugunini avtomatizmiga, AV o‘tkazuvchanlikka va miokardning qisqaruvchanligiga nisbatan verapamilning susaytiruvchi ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Etanol bilan: verapamil alkogolni parchalanishini sekinlashtiradi va plazmada uni darajasini oshiradi va shu orqali uning ta’sirini kuchaytiradi.

Preparatni bradikardiya bilan asoratlangan o‘tkir miokard infarkti, yaqqol arterial gipotenziyasi yoki chap qorinchaning disfunktsiyasi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Verapamil gidroxloridi atrioventikulyar va sinoatrial tugunlarga ta’sir qiladi va atrio- ventrikulyar o‘tkazuvchanlik vaqtini uzaytiradi. I darajali AV- blokadasi bo‘lgan patsiyentlarga, II yoki III darajali atrioventrikulyar blokadani yoki Gis oyoqchasini bir tutamli, ikki tutamli yoki uch tutamli blokadani rivojlanishi mumkinligi tufayli ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim, bu Verapamil gidroxloridni keyingi dozalarini bekor qilishni va zarur bo‘lganda muvofiq davolashni buyurishni talab qiladi. Verapamil gidroxlorid atrioventrikulyar va sinoatrial tugunlarga ta’sir qiladi va ba’zida II yoki III darajali atriventrikulyar blokadani, bradikardiyani, asistoliyani paydo bo‘lishini keltirib chiqarishi mumkin. Sinus tugunining kuchsizligi sindromi (sinoatrial tugun kasalligi) bo‘lgan patsiyentlarda bunday simptomlarni uchrash ehtimoli yaqinroq bo‘lib, ular ko‘pincha keksa yoshdagi patsiyentlarda uchraydi. Sinus tugunni kuchsizligi sindromi bo‘lmagan patsiyentlarda to‘satdan artrioventrikulyar yoki normal sinus ritmiga qaytadigan asistoliya, odatda qisqa muddatlidir (bir necha sekund yoki kam). Agar bu holat tez o‘tuvchan bo‘lmasa muvofiq davolashni darhol boshlash lozim (“Nojo‘ya ta’sirlari” bo‘limiga qarang). Antiaritmik vositalar, β-adrenoblokatorlar. Kardiovaskulyar ta’sirini o‘zaro kuchayishi (atrioventrikulyar blokada darajasini yuqori darajagacha oshishi yurak qisqarishlari sonini ahamiyatli pasayishi, yurak yetishmovchiligini paydo bo‘lishi, arterial bosimini ahamiyatli pasayishi). Bo‘lmachalarni adashgan ritm boshqaruvchisi bilan kechadigan simptomatik bradikardiya (minutiga 36 zarb) verapamil gidroxloridi bilan davolash fonida timololni ko‘z tomchilari bilan (β-adrenoblokatorlar) yondosh davolanayotgan patsiyentlarda kuzatilgan. Verapamilni digoksin bilan bir vaqtda qo‘llanganda digoksin dozasini kamaytirish lozim (“Dorilarning o‘zaro ta’siri” bo‘limiga qarang). Verapamil bilan davolashni boshlashdan oldin otilib chiquvchi fraktsiyasi 35% dan ko‘p bo‘lgan patsiyentlarda yurak yetishmovchiligini kompensatsiya qilish va butun davolash davri davomida ularni holatini adekvat nazorat qilish kerak. Verapamil gidroxloridni Myastenia gravis, Lambert-Iton sindromi, Dyushenni kuchayib boruvchi distrofiyasi bo‘lgan patsiyentlarga nerv mushak o‘tkazuvchanligini buzilishlari bo‘lgan kasalliklari: ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Verapamil gidroxloridni jigar faoliyatini buzilishi (odatdagi sutkalik dozani 30% gacha kamaytirish tavsiya qilinadi) buyrak yetishmovchiligi (PQ-T davomiyligini shuningdek Verapamil gidroxloridini mumkin bo‘lgan dozasini oshirib yuborilishi belgilari sinchkov nazorat qilish kerak) bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Patsiyentlarda EKG da PQ-intervalini davomiyligi, shuningdek Verapamil gidroxloridni mumkin bo‘lgan dozasini oshirib yuborilish belgilarini (AB, YUQS muntazam nazorati) nazorat qilish lozim. Verapamil gidroxloridini keksa yoshdagi shaxslarga buyurilganda keksa yoshdagi shaxslar, xatto odatiy dozalashda preparatni ta’siriga yuqori sezuvchanlikka ega ekanliklarini hisobga olish lozim. Preparat laktoza saqlaydi, shuning uchun uni kam uchraydigan galaktozani o‘zlashtiraolmaslikni nasliy shakllari, laktoza yetishmovchiligi, laktaza yoki glyukozo-galaktoza malabsorbtsiya sindromi bo‘lgan patsiyentlarga qo‘llash mumkin emas. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi Preparatni homilador ayollarga qo‘llanishi to‘g‘risida aniq va yaxshi o‘rganilgan ma’lumotlar yo‘q. Shuning uchun preparatni homiladorlik vaqtida faqat zarur bo‘lgan hollarda qo‘llash lozim. Verapamil yo‘ldosh orqali o‘tadi va kindik qonida aniqlanadi. Verapamil va uning metabolitlari ko‘krak sutiga kiradi. Chaqaloq organizmiga tushadigan verapamilni dozasi past (ona qabul qilgan dozaning (0,1-1%)) shuning uchun verapamilni qo‘llash emizish bilan mos tushishi mumkin, ammo chaqaloq uchun xavfni istisno qilish mumkin emas. Emizikli chaqaloqlarda jiddiy nojo‘ya reaktsiyalarni paydo bo‘lish xavfini hisobga olib, verapamilni emizish davrida faqat ona uchun juda zarur hollardagina qo‘llash mumkin. Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati Verapamil gidroxloridni antigipertenziv samarasi tufayli individual reaktsiyaga ko‘ra, transport vositalarini, boshqa mexanizmlarni boshqarish yoki xavfli sharoitlarda ishlash qobiliyati buzilishi mumkin. Ayniqsa bu davolashni boshida doza oshirilganda, gipotenziv preparati o‘zgartirilganda, preparatni alkogol bilan bir vaqtda qo‘llangandagiga tegishli. Verapamil qon plazmasida alkogol darajasini oshirishi va uni chiqarilishini sekinlashtirishi mumkin, shuning uchun alkogolni ta’siri kuchayishi mumkin. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Original o‘ramida, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Verapamilni dozasi oshirib yuborilganida kuzatiladigan simptomlar, qabul qilingan preparatning miqdoriga, vaqtiga, detoksikatsion tadbirlar qachon ko‘rilganiga va patsiyentning yoshiga bog‘liq. Simptomlari: arterial gipotenziya yuqori darajali atrioventrikulyar blokadaga qadar bo‘lgan bradikardiya va sinus tugunini to‘xtashi, giperglikemiya, stupor va metabolik atsidoz. Dozani oshirib yuborilish natijasida letal holatlar kuzatilgan. Davolash: asosan tutib turuvchi va individual bo‘lishi kerak. Verapamil gidroxloridni peroral qo‘llanganda dozani oshirib yuborilish simptomlarini bartaraf qilish uchun β-adrenergik rag‘batlantirishni va/yoki vena ichiga kaltsiy preparatlarini yuborish samarali qo‘llanadi. Ahamiyatli arterial gipotenziya yoki yuqori darajali atrioventrikulyar blokada hollarida arterial bosimini oshiruvchi (qon tomirlarni toraytiruvchi), vositalarni yoki kardiostimulyatorlarni muvofiq ravishda qo‘llash kerak. Asistoliyada odatiy tadbirlarni qo‘llagan holda, β-adrenergik rag‘batlantirishni (masalan, izoprotereol gidroxloridi), arterial bosimini oshirishga qaratilgan boshqa vositalarni qo‘llash yoki yurak faoliyatini va nafasni tiklashni o‘tkazish lozim. Verapamil gidroxloridi gemodializ yordamida chiqarilmaydi.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan blisterda, 5 blisterdan qutida.

5 yil.