Venokorretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 50 mg etilmetilgidroksipiridin suktsinat; yordamchi moddalar: natriy metabisulfit (Ye 223), inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

etilmetilgidroksipiridin suktsinat (ethylmethylhydroxypyridine succinate)

Preparatning savdo nomi:

Venokor

Farmakalogik guruhi:

nerv tizimiga ta’sir qiluvchi vositalar.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma

rangsiz yoki biroz sarg‘ish tiniq eritma.

nerv tizimiga ta’sir qiluvchi vositalar.

N07XX.

Bosh miya qon aylanishini o‘tkir buzilishlari;bosh suyagi miya jarohati, bosh suyagi miya jarohatlarining oqibatlari;distsirkulyator entsefalopatiya;neyrotsirkulyator distoniya;aterosklerotik genezli yengil kognitiv buzilishlar;nevrotik va nevrozga o‘xshash holatlardagi xavotirli buzilishlar;o‘tkir miokard infarkti (birinchi sutkadan boshlab), majmuaviy davolash tarkibida;birlamchi ochiq burchakli glaukomaning turli bochqichlari, majmuaviy davolash tarkibida;nevrozga o‘xshash va vegetativ-tomirli buzilishlari ustunlik qiluvchi alkogolizmda abstinent sindromini bartaraf qilish;antipsixotik vositalar bilan o‘tkir zaharlanish;qorin bo‘shlig‘idagi o‘tkir yiringli-yallig‘lanish jarayonlari (o‘tkir nekrotik pankreatit, peritonit), majmuaviy davolash tarkibida.

Venokor mushak ichiga yoki vena ichiga (oqim bilan yoki tomchilab) yuboriladi. Doza individual tanlanadi. Infuzion yuborish usulida preparatni natriy xloridning fiziologik eritmasida (200 ml) suyultirish kerak. Kattalarni davolash 50-100 mg dozada sutkada 1-3 martadan boshlanadi, doza terapevtik samaraga erishilguncha asta-sekin oshirib boriladi. Venokor oqim bilan asta-sekin 5-7 minut davomida, tomchilab – 1 minutda 40-60 tomchi tezlikda yuboriladi. Maksimal sutkalik doza 800 mg dan oshmasligi kerak. Bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishlarida Venokor kattalarga majmuaviy davolashning dastlabki 2-4 kun davomida tomchilab 200-300 mg dan sutkada 1 marta, keyin mushak ichiga 100 mg dan sutkada 3 marta yuboriladi. Davolash muddati 10-14 kunni tashkil etadi. Bosh suyagi miya jarohati va bosh suyagi miya jarohatining oqibatlarida Venokor 10-15 kun davomida 200-500 mg dan sutkada 2-4 marta vena ichiga tomchilab yuborish yo‘li bilan buyuriladi. Dekompensatsiya fazasidagi distsirkulyator entsefalopatiyada Venokorni vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab 100 mg dozada sutkada 2-3 marta 14 kun davomida qo‘llash kerak. Keyin preparat mushak ichiga sutkada 100 mg dan 2 hafta davomida yuboriladi. Distsirkulyator entsefalopatiyaning profilaktik kursi uchun preparat mushak ichiga sutkada 100 mg dan 10-14 kun davomida yuboriladi. Keksa yoshli bemorlardagi yengil kognitiv buzilishlarda va xavotirli holatlarda preparat mushak ichiga sutkada 100-300 mg dan 14-30 kun davomida qo‘llaniladi. O‘tkir miokard infarktida Venokor vena ichiga yoki mushak ichiga 14 sutka davomida nitratlar, beta-adrenoblokatorlar, angiotenzin-aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari, antikoagulyant va antiagregant vositalar, shuningdek ko‘rsatmalar bo‘yicha simptomatik davolashni o‘z ichiga oluvchi miokard infarktini traditsion davolash fonida yuboriladi. Maksimal samaraga erishish uchun dastlabki 5 sutka davomida, Venokorni vena ichiga, keyingi 9 kun davomida mushak ichiga yuborgan ma’qul. Venokor tomchili infuziya yo‘li bilan vena ichiga asta-sekin (nojo‘ya ta’sirlaridan saqlanish uchun), 100-150 ml hajmdagi natriy xloridning 0,9% eritmasi yoki dekstroza(glyukoza)ning 5% li eritmasi bilan 30-90 minut davomida yuboriladi. Zarurati bo‘lganida Venokorni vena ichiga oqim bilan asta-sekin kamida 5 minut davomida yuborish mumkin. Venokorni yuborish (vena ichiga yoki mushak ichiga) sutkada 3 marta, har 8 soatda amalga oshiriladi. Sutkalik terapevtik doza kuniga tana vaznining har bir kilogrammiga 6-9 mg, bir martalik doza – tana vazniga 2-3 mg/kg ni tashkil etadi. Maksimal sutkalik doza 800 mg, bir martalik doza 250 mg dan oshmasligi kerak. Ochiq burchakli glaukomaning turli bosqichlarida Venokor komleks davolash tarkibida mushak ichiga 100-300 mg dan, sutkada 1-3 marta 14 kun davomida qo‘llanadi. Alkogolni abstinent sindromida Venokor 100-200 mg dozada mushak ichiga, sutkada 1-2 marta 5-7 kun davomida yuboriladi. Antipsixotik vositalar bilan o‘tkir zaharlanishda preparat vena ichiga 50-300 mg dozada 7-14 kun davomida yuboriladi. Qorin bo‘shlig‘idagi o‘tkir yiringli-yallig‘lanish jarayonlari(o‘tkir nekrotik pankreatit, peritonit)da preparat dastlabki sutkalarda jarrohlikdan oldingi va keyingi davrda ham qo‘llanadi. Doza kasallikning turi va og‘irligi, jarayonning tarqalganligi, klinik kechishiga bog‘liq. Preparatni bekor qilish asta-sekin, faqat turg‘un ijobiy klinik-laborator samarasidan keyin amalga oshirilishi kerak. O‘tkir shishli (interstitsial) pankreatitda Venokor 100 mg dan sutkada 3 marta vena ichiga tomchilab (natriy xloridning izotonik eritmasi bilan) va mushak ichiga buyuriladi. O‘rtacha og‘irlik darajasi: kattalarga – 200 mg dan sutkada 3 marta vena ichiga tomchilab (natriy xloridning izotonik eritmasi bilan). Og‘ir kechishi: puls-dozada dastlabki sutkalarda 800 mg dan 2 marta yuborish; keyin – 300 mg dan sutkada 2 marta dozani asta-sekin kamaytirish bilan. O‘ta og‘ir kechishi: sutkada 800 mg dastlabki dozada pankreatik shok belgilari turg‘un bartaraf qilinguncha, xolat barqaror stabillashgandan keyin – 300-400 mg dan sutkada 2 marta vena ichiga tomchilab (natriy xloridning izotonik eritmasi bilan) sutkalik dozani asta-sekin kamaytirish bilan. Bolalar. Bolalarda preparat qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha qat’iy nazoratli qilinadigan klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun Venokor bu guruh patsiyentlarda qo‘llanmaydi.

Kam hollarda – ko‘ngil aynashi, og‘iz shilliq qavatini qurishi, allergik reaktsiyalar, uyquchanlik, uyquga ketish jarayonini buzilishi, xavotirlik hissi, emotsional reaktivlik, distal gipergidroz, bosh og‘riqlari, koordinatsiyani buzilishi, arterial bosimni oshishi, arterial bosimni pasayishi.

O‘tkir jigar yoki buyrak yetishmovchiligi, preparatga yuqori sezuvchanlik, bolalar, homiladorlik, emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Venokor benzodiazepinli anksiolitiklar, tirishishga qarshi vositalar (karbamazepin), parkinsonizmga qarshi vositalar (levodopa) ta’sirini kuchaytiradi. Etil spirtining toksik samarasini kamaytiradi.

Alohida holllarda, ayniqsa moyilligi bo‘lgan patsiyentlarda, sulfitlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bronxial astmali patsiyentlarda og‘ir o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanishi mumkin. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha qat’iy nazoratli klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun Venokor bu davrda qo‘llanmaydi. Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati Reaktsiya tezligi va diqqatni jamlash qobiliyatiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlar rivojlanishi ehtimolini hisobga olib, davolanish vaqtida avtotransportni boshqarishda yoki mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Original o‘ramida, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Doza oshirib yuborilganda uyquchanlik kuzatilishi mumkin. Davolash – dezintoksikatsion davolash.

2 yil.