Velineks Vretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

2 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: tiamin gidroxloridi (V1 vitamini)                   20 mg; riboflavin fosfat natriy (V2 vitamini)         4 mg; piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini)          10 mg; nikotinamid (RR vitamini yoki V3 vitamini)   150 mg; pantenol (V5 vitamini)                                         10 mg. yordamchi moddalar: dinatriy edetati, natriy metabisulfiti, suvsiz natriy atsetati, dietanolamin, 90% monotioglitserol, benzil spirti, inyektsiya uchun suv.

Preparatning savdo nomi:

Velineks-V

Farmakalogik guruhi:

vitaminlar.

Dori shakli:

rastvor dlya inyektsiy

tiniq sariq rangli eritma.

vitaminlar.

A11AA04

V1 vitamini – preparat parenteral yuborilganida qonga tez tushadi, a’zolar va to‘qimalar o‘rtasida nisbatan bir xil taqsimlanadi. Fosforlanishi jigarda amalga oshadi. Jigar, yurak, miya, buyraklar, taloqda to‘planadi. Jigar va buyraklar orqali chiqariladi, taxminan 8-10% o‘zgarmagan holda chiqariladi. V2 vitamini – barcha a’zo va to‘qimalarga taqsimlanadi, mushak to‘qimasi, jigar, taloq, buyraklar va miokardda to‘planadi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi va ko‘krak sutiga kiradi. Jigarda metabolizmga uchraydi. T1/2 66-84 minutni tashkil etadi. Buyraklar orqali deyarli butunlay metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi, katta dozalarda qabul qilinganida – asosan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Axlat bilan ahamiyatsiz darajada chiqariladi. Gemodializ yordamida chiqariladi, ammo buyrak ekskretsiyasiga nisbatan ancha sekin chiqariladi. V6 vitamini – V6 vitaminining katta bo‘lmagan kontsentratsiyalari jigarda va miokardda aniqlanadi, chunki u yerda u to‘planadi. V6 vitaminini katta qismi buyraklarda aniqlanadi. Yo‘ldosh orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. T1/2 15-20 kunni tashkil etadi. Buyraklar orqali chiqariladi, vena ichiga yuborilganida – 2% safro bilan chiqariladi, shuningdek gemodializ vaqtida ham ajralib chiqadi. Nikotinamid – mushak ichiga yuborilganida nikotinamid tez va to‘liq so‘riladi. Barcha a’zo va to‘qimalar bo‘ylab yetarli darajada bir tekis taqsimlanadi. Juda oz qismi buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. D-pantenol yaxshi so‘riladi va organizmning barcha a’zo va to‘qimalar bo‘ylab bir tekis taqsimlanadi. Asosan siydik chiqarish yo‘llari orqali chiqariladi.

V1, V2, V3, V5 va V6 vitaminlarini gipo- va avitaminozlari;nerv tizimini, periferik nevritlar va polinevritlar, nevralgiyalar, periferik parez va falajlar, nerv ildizi nevritlari, retrobulbar nevritlar, o‘rab oluvchi gerpes, lyumbago, pleksitlar, qovurg‘alararo nevralgiyalar, yuz nervini parezlari, uch shoxli va yuz nervlarini nevralgiyasi, amiotrofik yon sklerozi, bolalar tserebral falaji, markaziy va periferik nerv tizimini jarohatlari, kabi kasalliklarini simptomatik davolash;entsefalopatiya (diabetik, alkogolli, posttravmatik va boshqalar);teri kasalliklari (nevrogen yo‘l bilan rivojlangan ekzema va dermatozlar, dermatitlar va neyrodermitlar, psoriaz);pernitsioz anemiyalar, gastrektomiyadan keyingi yoki me’da-ichak buzilishlari oqibatida rivojlangan parapernitsioz megaloblast anemiyalar, gepatit bilan xastalangan bemorlardagi anemiya, toksiko-infektsion anemiyalar va temir preparatlari bilan davolashga chidamli bo‘lgan eritroblast, gipoxrom anemiyalar.artritlar, osteoartritlar, revmatizm, revmatoid artrit kabi bo‘g‘im kasalliklari;gemeralopiya, kon’yunktivit, keratit, irit, katarakta, shox pardani yarasi kabi oftalmologik kasalliklar;jismoniy harakatlar oshganida;tuberkulyozga qarshi dori vositalar (izoniazid qatori), antibiotiklarni qabul qilishda preparatni qo‘llash mumkin emas.

Velineks-V preparati shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qo‘llanadi. Qo‘llash davomiyligi va preparatning dozasini shifokor belgilaydi. Velineks-V ni vena ichiga yoki mushak ichiga yuborish mumkin. Preparat mushak ichiga 2 ml (bitta ampula) dan kuniga bir marta chuqur yuboriladi. Vena ichiga tomchilab yuborish uchun, bevosita yuborishdan oldin preparat 100-250 ml 0,9% natriy xloridi eritmasi yoki 5% glyukoza eritmasida suyultirish kerak. Kasallikning yengil shakllarida shifokorning ko‘rsatmasiga ko‘ra preparatning dozasi 2 ml (bitta ampula) dan har 2-3 kunda bir martagacha kamaytirilishi mumkin.

Velineks-V dori vositasini qo‘llash ba’zi patsiyentlarda quyidagi nojo‘ya samaralarni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Skelet-mushak buzilishlari: sanchiqlar (kam hollarda). Me’da-ichak buzilishlari: ko‘ngil aynishi (juda kam hollarda). Teri va teri osti to‘qimalarini shikastlanishi: kam hollarda – toshmalar, qichishish, urtikariya, ekzantema, angiodema. Nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: kam hollarda – bosh aylanishi, terlash, piridoksinning katta dozalarini uzoq vaqt davomida qo‘llash o‘tkir periferik nevropatiyalarni rivojlanishi bilan namoyon bo‘ladi. Immun tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: anafilaktik reaktsiyalar (kam hollarda). Yurak faoliyatini buzilishi: juda kam hollarda – taxikardiya, bradikardiya, yurak ritmini buzilishi. Nafas faoliyati, ko‘krak va ko‘ks oralig‘i tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: dispnoe (juda kam hollarda).

dori vositasining har qanday komponentiga allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik);dekompensatsiyalangan yurak yetishmovchiligini o‘tkir va og‘ir shakllari;politsitemiya (qonda eritrotsitlar miqdorini oshishi);rak oldi kasalliklari;

V1 vitamini ishqoriy eritmada oson parchalanadi. Agarda uni ishqoriy preparatlar, masalan, natriy bikarbonati yoki natriy tsitrati bilan ishlatilsa, u yomon ta’sir qilishi mumkin. Preparat ayrim adrenoblokatorlarning antigipertenziv samarasini kamaytirishi, shuningdek barbituratlar va glyutetimidlarning uxlatuvchi samarasini susaytirishi mumkin. Xlorpromazin V2 vitaminini siydik bilan chiqarilishini oshiradi. Probenetsid V2 vitaminini tubulyar (naychalar orqali) chiqarilishini va qayta so‘rilishini ingibirlab, uni siydik bilan chiqarilishini kamaytiradi. V6 vitamini Levodopaning antiparkinsonik ta’sirini pasaytiradi. V6 vitaminining qondagi kontsentratsiyasi oral kontratseptiv vositalar, izoniazid, penitsilamin, tsikloserin va tiosemikarbazonlar bir vaqtda qo‘llanganda pasayadi.

Preparat qo‘llanganida, gipervitaminozni oldini olish maqsadida V guruh vitaminlarini boshqa manbalardan iste’mol qilinishini inobatga olish kerak, garchi bunday holatlar, V guruh vitaminlari suvda eruvchan va ortiqcha miqdori siydik bilan chiqarilishi sababli, kam kuzatiladi. V guruh vitaminlarining katta kontsentratsiyalari bo‘lgan preparatlarni takroran inyektsiya qilish anafilaktik shokni rivojlanish havfini oshirishi mumkin. Yengil allergik reaktsiyalar: aksirish yoki bronxial astmani yengil shakli, preparatning navbatdagi inyektsiyalari anafilaktik shokni rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan belgilar bo‘lishi mumkin. Riboflavinning katta dozalari siydikning rangini o‘zgarishiga (yorqin sariq-yashil rangli) olib kelishi mumkin, bu ba’zi laborator sinamalarga ta’sir qilishi mumkin. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Homiladorlikda va laktatsiya davrida preparatni ona uchun kutilgan foyda homila / emizikli bola uchun kuzatilishi mumkin bo‘lgan havfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

V guruh vitaminlari suvda eruvchanligi va ortiqcha miqdori siydik bilan chiqarilishi tufayli dozani oshirib yuborilish hollari juda kamdir. Bunda piridoksinning katta dozalarini uzoq vaqt davomida qo‘llash o‘tkir periferik nevropatiyalarni rivojlanishiga olib keladi. Quyidagi simptomlar: qo‘l, oyoqlar yoki boshqa sohalarda spazm va achishish, uvishish, sanchish, yengil tegilganida yoki termik ta’sir ko‘rsatilganida sezuvchanlikni kamayishi yoki oshishi, muvozanatni kamayishi yoki yo‘qolishi, koordinatsiyani buzilishini rivojlanishi preparatning dozasini oshirib yuborilganligidan dalolat berishi mumkin. Bunday simptomlar paydo bo‘lganida zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

Retsept bo‘yicha

Eritma 2 ml dan to‘q rangli shisha ampulalarda. 5 ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.