Markaziy nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, tirishish sindromi, bosh aylanishi, kuchli toliqish, loxaslik xissi, teri va shilliq qavatlar sezuvchanligini buzilishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi, to‘sh suyagi ortida og‘riq, yurak ritmini buzilishi, atrioventikulyar blokada.
Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: epigastral soxada diskomfort xissi, dispeptik o‘zgarishlar – diareya, ko‘ngil aynishi, qusish.
Tayanch-harakat apparati tomonidan: uzun naysimon suyaklar giperostozi (4 haftadan ortiq davolanganda) kuzatiladi.
Mahalliy reaktsiyalar: og‘riq, shish, eritema, sezuvchanlikni buzilishi, flebit (vena ichiga yuborilgan soxadan proksimalroq soxada) kuzatilishi mumkin.
Laborator ko‘rsatkichlar: leykotsitoz, leykopeniya, S-reaktiv oqsilning titrini oshishi, transaminazalar darajasini oshishi.
Boshqalar: kuchli terlash, gipertermiya, infuziya qilingan vena joylashgan qo‘l-oyoqlar shishi.
Kam hollarda: bo‘g‘imlarda og‘riq, ongni chalkashishi, markaziy genezli tirishishlar, isitma, et uvishishi, bradipnoe, artralgiyalar, psixoz, buyrak yetishmovchiligi, anuriya.
O‘pka shishi va o‘tkir chap qorincha yetishmovchiligining bir necha rivojlangan xollari yuzasidan xabarlar berilgan.
Juda kam (1% gacha) xollarda: shok, o‘tkir yurak yetishmovchiligi, giperbilirubinemiya, qon ketishi, uyquchanlik, bradipnoe, nafas faoliyatini susayishi, traxipnoe, anuriya, buyrak faoliyatini buzilishi, gipoglikemiya, yurak qorinchalari fibrilyatsiyasi, II darajali atriventikulyar blokada, qorinchalar usti aritmiyasi, bo‘yin mushaklarini taranglashishi, kuchli ta’sirchanlik, gipotermiya, giperkapniya, teri qoplamalari giperemiyasi, gematuriya, peritoneal simptomlar, taxifilaksiya, giperkaliyemiya, trombotsitopeniya, anemiya.
Allergik reaktsiyalar: teri toshmasi, terini qichishishi bo‘lishi mumkin.
Preparatni qo‘llash yoki kateterizatsiya muolajasi bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya samaralar preparatning dozasi kamaytirilgandan yoki infuziya to‘xtatilgandan so‘ng yo‘qoladi.