Davolovchi shifokor maslahatisiz boshqa dori vositalarini qabul qilishni boshlash yoki to‘xtatish, shuningdek qabul qilinayotgan preparatlarning dozasini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi.
Bir vaqtda buyurilganida boshqa dori vositalari tomonidan Varfarinning ta’sirini induktsiya va/yoki ingibitsiya, to‘xtashi mumkinligini ham hisobga olish lozim.
Og‘ir qon ketishlarining xavfi Varfarinni trombotsitlar darajasi va birlamchi gemostazga ta’sir qiluvchi preparatlar: atsetilsalitsil kislotasi, klopidogrel, tiklopidin, dipiridamol, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarning aksariyati (tsiklooksigenaza-2 ingibitorlaridan tashqari), yuqori dozalarda penitsillin guruhi antibiotiklari bilan bir vaqtda qabul qilinganida oshadi.
Varfarinni shuningdek tsitoxrom R450 tizimiga yaqqol ingibitsiya qilinuvchi ta’sirga ega preparatlar bilan, masalan, tsimetidin va xloramfenikol bilan birga qo‘llashdan saqlanish kerak, ular bir necha kun davomida qabul qilinganida qon ketishining xavfi oshadi.
Bunday hollarda tsimetidinni, masalan ranitidin yoki famotidin bilan almashtirish mumkin.
Varfarinning samarasi quyidagi dori preparatlari bilan bir vaqtda qabul qilinganida oshishi mumkin: atsetilsalitsil kislotasi, rozuvastatin, leflunomid, allopurinol, amiodaron, azapropazon, azitromitsin, alfa- va beta-interferon, amitriptilin, bezafibrat, A vitamini, Ye vitamini, glibenklamid, glyukagon, gemfibrozil, geparin, grepafloksatsin, danazol, dekstropropoksifen, diazoksid, digoksin, dizopiramid, disulfiram, zafirlukast, indometatsin, ifosfamid, itrakonazol, ketokonazol, klaritromitsin, klofibrat, kodein, levomizol, lovastatin, metolazon, metotreksat, metronidazol, mikonazol (shu jumladan og‘iz bo‘shlig‘i uchun gel shaklida), nalidiks kislotasi, norfloksatsin, ofloksatsin, omeprazol, oksifenbutazon, paratsetamol (ayniqsa 1-2 hafta doimiy qabul qilgandan keyin), paroksetin, piroksikam, proguanil, propafenon, propranolol, grippga qarshi vaktsina, roksitromitsin, sertralin, simvastatin, sulfafurazol, sulfametizol, sulfametoksazol-trimetoprim, sulfafenazol, sulfinpirazon, sulindak, steroid gormonlar (anabolik va/yoki androgen), tamoksifen, tegafur, testosteron, tetratsiklinlar, tiyenil kislotasi, tolmetin, trastuzumab, troglitazon, fenitoin, fenilbutazon, fenofibrat, feprazon, flukonazol, fluoksetin, ftoruratsil, fluvastatin, fluvoksamin, flutamid, xinin, xinidin, xloralgidrat, xloramfenikol, tselekoksib, tsefamandol, tsefaleksin, tsefmenoksim, tsefmetazol, tsefoperazon, tsefuroksim, tsimetidin, tsiprofloksatsin, tsiklofosfamid, eritromitsin, etipozid, etanol.
Ayrim dorivor o‘simliklarning (rasmiy yoki rasmiy bo‘lmagan) preparatlari ham varfarinning samarasini kuchaytirishi ham: masalan, ginkgo (Ginkgo biloba), sarimsoq piyoz (Allium sativum), dorivor dyagil (Angelica sinensis), papayya (Carica papaya), shalfey (Salvia miltiorrhiza); susaytirishi ham mumkin: masalan, jen-shen (Panax ginseng), dalachoy (Hyperium perforatum).
Varfarin va dalachoyning har qanday preparatlarini bir vaqtda qabul qilish mumkin emas, bunda varfarinni induktsiya qilish samarasi dalachoy preparatlarini qabul qilish to‘xtatilganidan keyin yana 2 hafta davomida saqlanib turadi.
Bunday hollarda, agar patsiyent dalachoy preparatlarini qabul qilayotgan bo‘lsa, XNN ni o‘lchash va qabul qilishni to‘xtatish kerak.
XNN ni monitorlash sinchkov o‘tkazilishi lozim, chunki uning darajasi dalachoy bekor qilingandan keyin oshishi mumkin.
Shundan keyin varfarinni buyurish mumkin.
Varfarin peroral gipoglikemik vositalar – sulfonilmochevina hosilalarining ta’sirini kuchaytirishi mumkin.
Varfarinning samarasi quyidagi preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganda susayishi mumkin: azatioprin, bozentan, aprepitant, nevirapin, aminoglutetimid barbituratlar, valproat kislotasi, S vitamini, K vitamini, glutetimid, grizeofulvin, dikloksatsillin, dizopiramid, karbamazepin, kolestiramin, koenzim Q10, merkaptopurin, mesalazin, mianserin, mitotan, naftsillin, primidon, retinoid, ritonavir, rifampitsin, rofekoksib, spironolakton, sukralfat, trazodon, fenazon, xlordiazepioksid, xlortalidon, tsiklosporin.
Yaqqol gipovolemik ta’siri sharoitida diuretiklarni qabul qilish qon ivishi omillarining kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin, bu antikoagulyantlarning ta’sirini kamaytiradi.
Varfarin quyida keltirilgan ro‘yxatda ko‘rsatilgan boshqa preparatlar bilan birga qo‘llangan hollarda, davolashni boshida va oxirida va iloji boricha davolash boshlanganidan keyin 2-3 hafta o‘tgach XNN nazoratini o‘tkazish kerak.
K vitaminiga boy ovqat varfarinning ta’sirini susaytiradi; diareya yoki surgi vositalarini qabul qilish oqibatida chaqirilgan K vitaminining so‘rilishini kamayishi, varfarinning ta’sirini kuchaytiradi.
K vitamini eng ko‘p ko‘k sabzavotlarda saqlanadi, shuning uchun varfarin bilan davolanishda ovqat bilan quyidagi mahsulotlarni ehtiyotkorlik bilan iste’mol qilish lozim: amaranta ko‘kati, avokado, brokolli karami, bryussel karami, karam, kanol moyi, shayo bargi, piyoz, koriandr (kashnich), bodring po‘sti, tsikoriy, kivi mevalari, salat-latuk, yalpiz, yashil gorchitsa, zaytun moyi, petrushka, no‘xat, pista, qizil dengiz suv o‘tlari, ismaloq ko‘kati, bahorgi piyoz, soya dukkaklari, choy barglari (lekin ichimlik choy emas), turp, kress-salati.