Giponatriyemiyali va/yoki AQX kamayishi bo‘lgan patsiyentlar Asoratlanmagan arterial gipertenziyasi bo‘lgan, amlodipin/valsartan majmuasi bilan davolanayotgan patsiyentlarda, 0,4% xollarda yaqqol arterial gipotenziya kuzatilgan.
RAAT faollashgan patsiyentlarda (masalan, diuretiklarning yuqori dozalarini qabul qilayotgan, degidratatsiyasi va/yoki giponatriyemiyasi bo‘lgan patsiyentlarda), angiotenzin II retseptorlarining antagonistlari qabul qilinganda, simptomatik arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin.
Davolashni boshlashdan oldin natriy miqdorini tiklash va/yoki, xususan, diuretiklarning dozasini kamaytirish yo‘li bilan AQX to‘ldirish yoki davolashni sinchkov tibbiy kuzatuv ostida boshlash tavsiya etiladi.
AB ni yaqqol pasayishi rivojlanganda: patsiyentning oyoqlarini ko‘tarib, gorizontal holatda yotqizish va, zarurati bo‘lganda 0,9% li natriy xloridi eritmasini vena ichiga infuziyasini o‘tkazish kerak.
Valsam preparati bilan davolashni gemodinamik ko‘rsatgichlar barqarorlashgandan keyin davom ettirish mumkin.
Giperkaliyemiya Kaliyni tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari, kaliy saqlovchi biologik faol qo‘shimchalar yoki qon plazmasida kaliy miqdorini oshirish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa preparatlar (masalan, geparin) bilan bir vaqtda qo‘llanganda, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Qon plazmasida kaliy ionlari miqdorini muntazam nazorat qilish kerak.
Buyrak arteriyasining stenozi Buyrak arteriyasining bir tomonlama yoki ikki tomonlama stenozi yoki yakka buyrak arteriyasining stenozi bo‘lgan patsiyentlarda, mochevina va kreatininning zardobdagi kontsentratsiyalarini oshishi mumkinligini xisobga olib, Valsam preparatini ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Buyrak transplantatsiyasidan keyingi xolat Yaqinda buyrak transplantatsiyasini o‘tkazgan patsiyentlarda amlodipin/valsartan majmuasini qo‘llash xavfsizligi aniqlanmagan.
Jigar funktsiyasini buzilishi Valsartan asosan safro bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Patsiyentlarda T1/2 uzayadi, AUC esa – oshadi.
Jigar funktsiyasini yongil (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 5-6 ball) yoki o‘rtacha (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha 7-8 ball) buzilishi yoki o‘t yo‘llarining obstruktiv kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda Valsam preparatini qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Buyrak funktsiyasini buzilishi Buyrak funktsiyasini yengil va o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda Valsam preparatining dozasiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Buyrak funktsiyasini o‘rtacha buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda qon plazmasida kaliy miqdorini va kreatinin kontsentratsiyasini nazorat qilish tavsiya etiladi.
Buyrak funktsiyasini buzilishi (KK minutiga 60 ml dan kam) bo‘lgan patsiyentlarda, ARA II, shu jumladan valsartan, yoki AAF ingibitorlarini aliksiren bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Birlamchi giperaldosteronizm Birlamsi giperaldosteronizmda RAAT shikastlanishini xisobga olib, bu patsiyentlarga angiotenzin II retseptorlarining antagonistlarini, shu jumladan valsartanni buyurish mumkimn emas.
Angionevrotik shish Valsam preparati bilan davolash fonida angionevrotik shish (shu jumladan nafas yo‘llarining obstruktsiyasini chaqiruvchi xalqum va ovoz boylamlarining shishi va/yoki yuz, lablar, tomoq va/yoki tilning shishi) bo‘lgan patsiyentlar orasida, anamnezida angionevrotik shish, shu jumladan AAF ingibitorlariga ham, shishni rivojlanish hollari kuzatilgan.
Angionevrotik shishi rivojlangan hollarda, preparatni darhol bekor qilish va takroran qo‘llash imkoniyatini istisno qilish kerak.
Yurak yetishmovchiligi/o‘tkazilgan miokard infarkti Buyrak funktsiyasini RAAT faolligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, og‘ir SYUЕ), AAF ingibitorlari va angiotenzin II retseptorlarining antagonistlari bilan davolash, oliguriya va/yoki azotemiyani o‘sishi, kam hollarda esa – o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va/yoki o‘lim bilan yakunlanishi mumkin.
Bunday yakunlanishlar valsartan qo‘llanganda ta’riflangan.
SBЕ yoki o‘tkazilgan miokard infarkti bo‘lgan patsiyentlarda, buyrak funktsiyasini doimo baholash kerak.
NYHA tasnifi bo‘yicha noishemik etiologiyali III-IV funktsional sinfi SYUЕ bo‘lgan patsiyentlarda, amlodipinni qo‘llash, platsebo bilan solishtirganda ikki guruxlar orasida SYUЕ yomonlashish tez-tezligini ishonchli farqi bo‘lmaganda, o‘pka shishini rivojlanish tez-tezligini oshishi bilan kechgan.
“Sekin” kaltsiy kanallarining blokatorlari, shu jumladan amlodipinni, SYUЕ bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki yurak-qon tomir asoratlarni rivojlanish va o‘lim xavfi oshishi mumkin.
Aortal klapanning yengil va o‘rtacha darajadagi va mitral klapan stenozi Xar qanday vazodilatatorlar qo‘llanganda bo‘lgani kabi, mitral stenozi va yengil va o‘rtacha darajali aortal stenozi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Amlodipin/valsartan majmuasi faqat arterial gipertenziyasi bo‘lgan patsiyentlarda o‘rganilgan.