Validol s glyukozoy rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: mentil izovaleratidagi levomentol eritmasi (Validol) – 60 mg, dekstroza monogidrati (glyukoza monogidrati) – 188 mg. yordamchi moddalar: qand (saxaroza), aerosil (kolloid kremniy dioksidi), stearin kislotasi – 800 mg vaznli tabletka olish uchun yetarli miqdorda.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

mentil izovaleriatidagi levomentol eritmasi + [dekstroza].

Preparatning savdo nomi:

Validol s glyukozoy

Farmakalogik guruhi:

reflektor ta’sirga ega koronar tomirlarni kengaytiruvchi vosita.

Dori shakli:

til osti tabletkalari

yassitsilindrik shaklli, oq yoki kulrang dog‘li oq rangli, riskali va faskali, mentolning o‘ziga xos hidili tabletkalar.

reflektor ta’sirga ega koronar tomirlarni kengaytiruvchi vosita.

S01ЕX.

Til ostiga qo‘llanganida og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatidan so‘riladi, so‘rilganidan keyin jigarda biotransformatsiyaga uchraydi va buyraklar orqali glyukuronidlari ko‘rinishida chiqariladi. Dekstroza monogidrati organizm tomonidan to‘liq o‘zlashtiriladi, buyraklar orqali chiqarilmaydi (siydikda paydo bo‘lishi patologik belgi hisoblanadi).

Funktsional kardialgiyalar, nevrozlar, shuningdek dengiz va havo kasalligida qusishga qarshi vosita sifatida qo‘llanadi.

Validol kattalarga til ostiga buyuriladi. Tabletkani og‘izda til ostida to‘liq so‘rilgunicha tutib turish kerak. 1 tabletkadan kuniga 2-3 marta qabul qilinadi. Qabul qilishlarning sutkalik soni va davomiyligi davolashning samaradorligiga qarab belgilanadi. Yaqqol samara yetarli bo‘lmaganida yoki ayrim bemorlarda preparat qabul qilinganidan keyin yaqin 5 minut ichida samarasi kuzatilmasa, yurak xurujini istisno qilish yoki boshqa davolashni buyurish uchun shifokorga murojaat qilish kerak. Kuchli va kuchayayotgan og‘riqlarda, ayniqsa avvalgi yurak kasalliklari (zo‘raqish stenokardiyasi, o‘tkazilgan miokard infarkti va boshqalar) fonida yuz bersa, “Tez yordam”ni chaqirish kerak.

Uzoq muddat qabul qilinganida yengil ko‘ngil aynishi, ko‘z yoshini oqishi, bosh aylanishi kuzatilishi mumkin. Bu holatlar odatda mustaqil o‘tib ketadi.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

1 tabletka 188 mg dekstroza monogidrati (glyukoza monogidrati), 450 mg qand (saxaroza) saqlaydi, bu 0,054 NB (non birligi) ga to‘g‘ri keladi, buni qandli diabeti bo‘lgan bemorlar hisobga olishlari kerak.

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, yurak faoliyatini buzilishi, arterial bosimni pasayishi, markaziy nerv tizimini susayishi. Davolash: preparatni bekor qilish. Simptomatik davolash.

Retseptsiz

Til osti tabletkalari. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 1000 kontur uyali o‘ram teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.