Valerian ekstrakt rasmini ko'rish

Preparatning savdo nomi:

Valerian ekstrakt

Farmakalogik guruhi:

o‘simliklardan olinadigan sedativ vosita.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: valeriananing quyuq ekstrakti – 20,00 mg, yordamchi moddalar: yadrosi: magniy gidroksikarbonati (magniy karbonat asosi)–50,50 mg, kartoshka kraxmali – 26,69 mg, jelatin – 0,23 mg, talk – 2,58 mg; qobig‘i: VIVACOAT PM-2P-051 – 10,00 mg [gipromelloza (gidroksipropil-metiltsellyuloza) (Ye 464) – 5,000 mg, titan dioksidi – 1,280 mg, makrogol-3350 (polietilenglikol-3350) – 0,500 mg, talk – 2,350 mg, giproloza (gidroksipropil-tsellyuloza) – 0,500 mg, shafaq sarig‘i bo‘yovchisi (Ye 110) – 0,013 mg, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi (Ye 104) – 0,345 mg, temir II oksidi bo‘yovchisi (Ye 172) –  0,012 mg] tiniq OPADRAY II 85F19250 (OPADRY II 85F19250 Clear) – 1,00 mg [polivinil spirti – 0,523 mg, makrogol (polietilenglikol) – 0,147 mg, talk – 0,300 mg, polisorbat-80 (tvin-80) – 0,030 mg].

dumaloq, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, ikki tomonlama qavariq tabletkalar. Ko‘ndalang kesimida och jigarrangli bo‘lib, och va to‘q dog‘lar bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

o‘simliklardan olinadigan sedativ vosita.

N05CM09

Yuqori asabiy qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik (uyquga ketishni buzilishi); majmuaviy davolash tarkibida – yurak-qon tomir tizimining funktsional buzilishlari, me’da-ichak yo‘llari a’zolarining spazmlari.

Ichga qabul qilish buyuriladi. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar – 1-2 tabletkadan kuniga 3 marta ovqatdan keyin qabul qiladilar. Davolash davomiyligi 2-4 haftani tashkil qiladi. Takroriy davolash kurslari shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha o‘tkazilishi mumkin.

Tormozlanish, uyquchanlik, mushak kuchsizligi, tushkunlik, ish qobiliyatini pasayishi (ayniqsa yuqori dozalarda qo‘llanganida), uzoq muddat qo‘llanganida – qabziyat. Ayrim hollarda allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin.

Uyqu vositalari va markaziy nerv tizimini susaytiruvchi boshqa dori vositalari, shuningdek spazmolitiklarning ta’sirini kuchaytiradi.

Preparatni har kuni 1,5-2 oydan ortiq qabul qilish mumkin emas. Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi Preparatni homiladorlikning I uch oyligida qo‘llash mumkin emas. Preparatni xomiladorlikning II va III uch oyliklarida va emizish davrida, faqat agar ona uchun kutilayotgan foyda, homila va bola uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan xoldagina qo‘llash mumkin. Shifokor bilan maslaxatlashish kerak. Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Davolanish davrida transport vositalari va mexanizmlarni boshqarishda xamda diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli  faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

25ºS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda.

Doza oshirib yuborilganida tormozlanish, uyquchanlik, mushak kuchsizligi, tushkunlik, ish qobiliyatini pasayishi kabi nojo‘ya samaralari kuchayishi mumkin. Davolash simptomatik.

Retseptsiz beriladi

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 20 mg. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda; kontur uyali o‘ramlar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan guruh o‘ramiga joylanadi. 50 tabletkadan shisha trubkali flakonda. 50 tabletkadan amortizatori bo‘lgan polimer bankada yoki polimer tubada. Flakonlar, bankalar yoki tubalar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan bo‘luvchi to‘siqlari bo‘lgan guruh o‘ramiga joylanadi.

2 yil.