Vaginorm S rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 vaginal tabletkada: Faol modda: 250 mg askorbin kislotasi Yordamchi moddalar: 10 mg polimetilsiloksan, 670 mg laktoza monogidrati, 60 mg gipromelloza, 10 mg magniy stearati

Preparatning savdo nomi:

Vaginorm-S

Farmakalogik guruhi:

antiseptik

oqdan och-sariq tusli oq rangligacha bo‘lgan oval shaklli tabletkalar

antiseptik

G01AD03

Tizimli qon oqimida oz miqdori aniqlanadi, buyraklar orqali chiqariladi.

Anaerob flora bilan bog‘liq (qin rN ni o‘zgarishi oqibatida) surunkali yoki qaytalanuvchi vaginit (bakterial vaginoz, nospetsifik vaginit).Qinning buzilganmikroflorasininormallashtirishuchun.

Qin ichiga. 1 vaginal tabletka kechqurun uyqudan oldin qinga chalqancha yotgan holatda, oyoqlarni biroz bukkan holda 1 marta kiritiladi. Davolash kursi 6 kunni tashkil qiladi. Davolash kurslarini takrorlash mumkin. Zarurati bo‘lganida davolash kursini yanada uzoqroq muddatga uzaytirish mumkin.

Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi. Juda kam (<1/10000) – preparatni bironta komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Kam (<1/100, ³1/1000 hollarda) qinda achishish yoki qichishish, shilliq ajralmalarni kuchayishi, vulvani qizarishi, shishi bo‘lishi mumkin.

Har qanday komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;Kandidozli vulvovaginit.

Salitsilatlar S vitaminining organizmdan chiqarilish jarayonini rag‘batlantiradi. Estrogenlar S vitaminining biokiraolishligini yaxshilaydi. S vitamini antikoagulyantlarning faolligini pasaytiradi.

Preparat qinning zamburug‘li florasining o‘sishini susaytiradi. Vaginorm S ni qo‘llashda tsikllar orasidagi yoki xayz ko‘rish qon ketishlari tufayli tanaffuslar shart emas. Vitamin S siydikda glyukozaning miqdorini, shuningdek qon zardobidagi transaminazalar, laktat degidrogenaza va bilirubinning miqdorini o‘zgartiradi. Achishish va qichishish kabi ko‘rinishlar yo‘ldosh asimptomatik zamburug‘ infektsiyasini bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday belgilar paydo bo‘lganida zamburug‘ infektsiyasini istisno qilish uchun tahlil o‘tkazish lozim. Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash uchun qarshi ko‘rsatmalar yo‘q. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Dozani oshirib yuborilishi hollari ta’riflanmagan.

Retseptsiz

Vaginal tabletkalar. 250 mg dan 6 vaginal tabletkalar PVX-PVDX-Al blisterda. 1 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.