V Ibuprofenretsept bilan

Tarkibi:

Har 5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 100 mg ibuprofen (BF); yordamchi moddalar: propilenglikol, suvsiz limon kislotasi, natriy benzoati, saxarin natriy, trinatriy tsitrati, sorbit, glitserin, ksantan kamedi, polisorbat 80, apelsin aromatizatori, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

ibuprofen

Preparatning savdo nomi:

V-Ibuprofen

Farmakalogik guruhi:

nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita (NYAQV).

Dori shakli:

suspenziya

oq yoki deyarli oq rangli, chayqatilgandan keyin bir xil konsistentsiyali, apelsin hidli suspenziya.

nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita (NYAQV).

M01AЕ01

Ichga qabul qilinganda Ibuprofen me’da-ichak yo‘llaridan deyarli to‘liq so‘riladi. Ovqatni bir vaqtda qabul qilish so‘rilishni sekinlashtiradi. Preparat jigarda metabolizmga uchraydi (90%). T1/2 2-3 soatni tashkil qiladi. Dozaning 80% siydik bilan asosan metabolitlar (70%), 10% – o‘zgarmagan holda, 20% ichak orqali metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.

Ibuprofen keng xavfsizlik profili bilan birga kuchli isitma tushiruvchi, og‘riq qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi hususiyatlarga ega. Preparat quyidagi kasalliklarda: yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalari va boshqa buzilishlar bilan bog‘liq isitma;yuvenil revmatoid artrit;yumshoq to‘qimalarni yallig‘lanishi;travmatik yallig‘lanish va nospetsifik og‘riqlarda qo‘llanadi.

Preparat ichga qabul qilinadi. Doza bola tana vazniga bog‘liq. Isitma va og‘riq sindromida preparatni 1 kg tana vazniga 5-10 mg dan sutkada 3-4 marta buyuriladi. Maksimal sutkalik doza kg tana vazniga 30 mg dan oshmasligi kerak.

Nojo‘ya ta’sirlar kam kuzatiladi, ammo quyidagi nojo‘ya samaralar paydo bo‘lishi mumkin: Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: peptik yara, perforatsiya yoki me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishi, ba’zida o‘lim bilan yakunlanuvchi, bu ayniqsa keksalarda kuzatilishi mumkin. ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, meteorizm, qabziyat, dispepsiya, qorinda og‘riq, melena, qon aralash qusish, yarali stomatit, kolit va Kron kasalligini zo‘rayishi ibuprofenni qo‘llangandan keyin qayd qilingan. Gasrit kam rivojlangan. Kam hollarda – me’da-ichak yo‘llari devori perforatsiyasi. Juda kam hollarda – pankreatit. Immun tizimi tomonidan: nospetsifik allergik reaktsiyalar va anafilaksiya kabi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, nafas yo‘llari reaktivligini buzilishi (astma, bronxospazm va hansirash), terida turli ko‘rinishlar (har xil turdagi toshma, qichishish, eshakemi, purpura, Kvinke shishi va kamroq eksfoliativ va bullyoz dermatozlar (shu jumladan Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz va ko‘p shaklli eritema). Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: suyuqlikni tutib qolinishi, shishlar, gipertenziya va yurak yetishmovchiligi ko‘rinishlari ibuprofen bilan davolanganda qayd qilingan. Epidemiologik ma’lumotlar uzoq muddat davolanishda, ayniqsa yuqori dozalarda (sutkada 2400 mg) ibuprofenni qo‘llash miokard infarkti va insultni chaqiruvchi arterial tromboz xavfini biroz oshishini chaqirishi mumkinligini ko‘rsatdi. Qon tizimi va limfatik tizim tomonidan: leykopeniya, trombotsitopeniya, neytropeniya, agranulotsitoz, aplastik anemiya va gemolitik anemiya. Markaziy nerv tizimi tomonidan: Ruhiy buzilishlar: uyqusizlik, xavotirlik, depressiya, ongni chalkashishi, gallyutsinatsiyalar, ko‘ruv nervini nevriti, bosh og‘rig‘i, paresteziyalar, bosh aylanishi, uyquchanlik. Infektsiyalar va invaziyalar: rinit va ensa mushaklarini rigidligi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, isitma yoki oriyentatsiyani yo‘qolishi simptomlari bilan kechuvchi aseptik meningit (ayniqsa tizimli qizil yugirik va biriktiruvchi to‘qimaning aralash kasalliklari kabi autoimmun buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda). Sezgi a’zolari tomonidan: ko‘rishni buzilishi va ko‘ruv nervining toksik neyropatiyasi, eshitishni buzilishi, quloqni shang‘illashi va bosh aylanishi. Gepato-biliar tizimi tomonidan: jigar faoliyatini buzilishi, jigar yetishmovchiligi, gepatit va sariqlik. Teri va teri osti kletchatkasi tomonidan: Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz (juda kam) va yorug‘likni sezuvchanlik reaktsiyalari. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: buyrak faoliyatini buzilishi va turli ko‘rinishdagi toksik nefropatiya, shu jumladan interstitsial nefrit, nefrotik sindrom va buyrak yetishmovchiligi. Umumiy buzilishlar: umumiy lohaslik, charchoqlik.

Preparatning faol yoki yordamchi moddalarga o‘ta yuqori sezuvchanlik, me’da-ichak yo‘llari a’zolarining eroziv-yarali kasalliklari (shu jumladan, me’da va 12-barmoq ichak yara kasalligining zo‘rayish bosqichi, peptik yara, Kron kasalligi – yarali kolit), anamnezida NYAQP qabul qilish bilan bog‘liq perforatsiya bo‘lganligi, bronxial astma, qaytalanuvchi burun va burun atrofidagi bo‘shliqlar polipozini to‘liq yoki qisman birga kechishi va atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (shu jumladan, anamnezda) o‘zlashtiraolmaslik, qon ivishini buzilishi (shu jumladan gemofiliya, qon ketish vaqtini uzayishi, qon ketishlarga moyillik, gemorragik diatez), me’da-ichak yo‘llaridan faol qon ketishi; og‘ir darajali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam), buyrak kasalligini avj olishi, og‘ir darajali jigar yetishmovchiligi yoki jigarning faol kasalligi, aortokoronar shuntlashdan keyingi holat, tasdiqlangan giperkaliyemiya, ichakning yallig‘lanishli kasalliklari, homiladorlik (III uch oyligi), laktatsiya.

V-Ibuprofen preparati va antikoagulyantlar bir vaqtda qo‘llanganda oxirgilarning ta’siri kuchayishi mumkin. Ibuprofenni birga qo‘llaganda qonda dioksid, fenitoin, metatreksat va litiyning kontsentratsiyasini oshiradi. V-Ibuprofen preparatini diuretiklar va antigipertenziv vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganda oxirgilarning samarasi susayishi mumkin. Ibuprofen birga qo‘llanganda mineral kortikosteroidlar va glyukortikoidlarning nojo‘ya samaralarini kuchaytiradi.

Jigar va buyrakning yondosh kasalliklarida, surunkali yurak yetishmovchiligida, davolashni boshlashdan oldin dispeptik simptomlarda, bevosita jarrohlik aralashuvlarini o‘tkazishdan oldin, anamnezida me’da ichak yo‘llaridan qon ketishiga va me’da ichak yo‘llaridan qon ketishiga va me’da ichak kasalliklariga ko‘rsatma bo‘lganida, NYAQV ni qabul qilish bilan bog‘liq allergik reaktsiyalarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Davolash jarayonida jigar va buyrak faoliyatini, periferik qon manzirasini muntazam nazorat qilish zarur.

Ibuprofenni homiladorlikning III uch oyligida qo‘llash mumkin emas. Homiladorlikning I va II uch oyligida qo‘llanishi faqat ona uchun kutiladigan foyda, homila uchun mumkin bo‘lgan xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina oqlangan. Ibuprofen ko‘krak suti bilan oz miqdorda chiqariladi. Laktatsiya davrida og‘riqlarda va sisitmada (sutkada 800 mg dan ortiq) qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish to‘g‘risidagi masalani hal qilish lozim.

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Yorug‘likdan himoya qilish uchun original o‘ramida saqlansin. Flakon ochilganidan so‘ng saqlash muddati 3 oyni tashkil etadi. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng preparatni ishlatmang. Ta’sir muddatining tugash sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi. Xech qanday dori preparatlarini oqar suvlar yoki maishiy chiqindilar bilan birga utilizatsiya qilmang. Endi boshqa talab etilmaydigan dori preparatini nima qilish xususida farmatsevtdan so‘rang. Bu choralar tabiatni muhofaza qilishga yordam beradi.

Simptomlari: qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, bosh og‘rig‘i, quloqlarni shang‘illashi, metabolik atsedoz, koma, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, arterial bosimini pasayishi, bradikardiya, taxikardiya. Davolash: me’dani yuvish (faqat qabul qilingandan keyin 1 soat davomida) faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish, ishqoriy suyuqlik, jadallashtirilgan diurez simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Shifokor retseptsiz beriladi

Preparat 200 ml dan qaxrabo rangli, qalpoqchali, bolalardan himoyalash uchun qulfcha bilan ta’minlangan shisha flakonda; 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va o‘lchov stakanchasi bilan karton qutida.

2 yil. O‘ram ochilganidan keyin yaroqlilik muddai 3 oy.