Azitromitsin kam hollarda nojo‘ya reaktsiyalarni chaqiradi.
Nojo‘ya ta’sirlar tez-tezligi bo‘yicha quyidagi tarzda tasniflangan: juda tez-tez (>1/10); tez-tez (>1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (>1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (>1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000), noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Nojo‘ya ta’sirlar har bir guruhda tez-tezligiga nisbatan ko‘proq uchraydiganlardan kamroq uchraydiganlargacha shkalasi bo‘yicha ko‘rsatilgan.
Infektsion va parazitar kasalliklar: tez-tez emas – kandidoz, oral kandidoz, qin infektsiyasi, noma’lum – soxtamembranoz kolit.
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – leykopeniya, neytropeniya, noma’lum – trombotsitopeniya, gemolitik anemiya.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – Kvinke shishi, o‘ta yuqori sezuvchanlik, noma’lum – anafilaktik reaktsiyalar.
Ruhiyatni buzilishi: tez-tez emas – nevroz, kam hollarda – bezovtalik, noma’lum-tajovvuz, havotirlanish.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i paresteziya, ta’mni buzilishi, tez-tez emas – gipesteziya, uyquchanlik, uyqusizlik, noma’lum – hushdan ketish, tirishishlar, psixomotor giperfaollik, ta’m va hid bilishni buzilishi, uyquni buzilishi, miasteniya gravis.
Ko‘rish a’zolari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – ko‘rishni buzilishi.
Eshitish a’zolarini buzilishi va labirint buzilishlari: tez-tez – karlik, tez-tez emas – eshitishni buzilishi, quloqlarni shang‘illashi, kam hollarda – bosh aylanishi.
Yurak tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – yurakni urib ketishi noma’lum – torsade de pointes (piruet taxikardiyasi); aritmiya, shu jumladan ventrikulyar taxikardiya.
Qon tomirlari tomonidan buzilishlar: noma’lum – gipotenziya.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: juda tez-tez – diareya, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, meteorizm, tez–tez – qusish, dispepsiya, tez-tez emas – gastrit, qabziyat, noma’lum – pankreatit, tilni oqarishi.
Jigar va safro chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – gepatit, kam hollarda – jigar faoliyatini buzilishi, noma’lum – jigar yetishmovchiligi, jigar nekrozi, xolestatik sariqlik.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar: tez-tez – toshma, qichishish, tez-tez emas – Stivens-Djonson sindromi, fotosezuvchanlik, eshakemi; noma’lum – toksik epidermal nekroliz, ko‘p shaklli eritema.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar: tez-tez – artralgiya.
Buyrak va siydik-chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: noma’lum – buyraklarni o‘tkir yallig‘lanishi, interstitsial nefrit.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar: tez-tez – charchoq, tez-tez emas – ko‘krakda og‘riq, shish, holsizlik, asteniya.
Laborator va instrumental ma’lumotlar: tez-tez – qonda limfotsitlar sonini kamayishi, eozinofillar sonini oshishi, tez-tez emas – aspartataminotransferaza va alaninaminotransferaza darajasini oshishi, qon zardobida bilirubin miqdorini kamayishi, qon zardobida kreatinin, mochevina darajasini oshishi, qon zardobida kaliy miqdorini o‘zgarishi, noma’lum – EKG da QT intervalini uzayishi.