Tsitron Xot rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: paratsetamol – 325 mg, fenilefrina gidroxlorid – 10 mg, feniramina maleat – 20 mg, askorbin kislotasi – 50 mg; yordamchi moddalar: natriya tsitrat, olma sirkasi, sarik buyovchi, xinolin sarik buyovchisi, titan dioksid, saxaroza, limon xushbuyi 3201, kaltsiy fosfat, limon sirkasi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

paratsetamol, fenilefrin, feniramin, askorbin kislotasi.

Preparatning savdo nomi:

Tsitron Xot

Farmakalogik guruhi:

O‘RK va “shamollash” belgilarini bartaraf qilish uchun vositalar (analgetik nonarkotik vosita+alfa-adrenomimetik+N1-gistamin retseptogrlar blokatori+vitamin).

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun.

tsitrus hidli, sochiluvchan gralulalangan ok kukun.

O‘RK va “shamollash” belgilarini bartaraf qilish uchun vositalar (analgetik nonarkotik vosita+alfa-adrenomimetik+N1-gistamin retseptogrlar blokatori+vitamin).

N02BE51

O‘tkir respirator virusli infektsiya (simptomatik davolash) allergik rinit, rinofaringit.

Ichga, kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga 1 paketchadan sutkada 2-3 marta. Paketchaning ichidagisi yetarli miqdordagi qaynoq suvda eritiladi. Preparatni qabul qilishlar orasidagi interval kamida 4 soatni tashkil qilishi kerak. Buyrak yetishmovchiligida preparatni qabul qilishlar orasidagi interval kamida 8 soatni tashkil qilishi kerak. Qabul qilish davomiyligi shifokor maslahatisiz og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida buyurilganida 5 kundan, isitmani tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan oshmasligi kerak.

Allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, qichishish, eshakemi, angionevrotik shish), ko‘ngil aynishi, epigastral sohada og‘riqlar, anemiya, trombotsitopeniya; og‘izni  qurishi, akkomodatsiya parezi, siydikni tutilishi, uyquchanlik. Uzoq muddat katta dozalarda qo‘llanganida – gepatotoksik ta’siri, gemolitik anemiya, aplastik anemiya, metgemoglobinemiya, pantsitopeniya; me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari, me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishlari, nefrotoksiklik (papillyar nekroz) kuzatiladi.

Paratsetamolga, askorbin kislotasiga, feniramin maleatiga yoki preparatning har qanday boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Me’da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari (zo‘rayish bosqichidagi), buyrak yetishmovchiligi, portal gipertenziya, surunkali alkogolizm, glyukoza-6-fosfat degidrogenaza tanqisligi, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik va laktatsiya davri.

Etanol feniramin maleatining sedativ ta’sirini kuchaytiradi. Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi, antipsixotik (fenotiazin hosilalari) dori vositalari preparatning nojo‘ya samaralarini rivojlanish xavfini (siydikni tutilishi, og‘zini qurishi, qabziyatlar) oshiradi. Glyukokortikosteroidlarni birga qabul qilish glaukomani rivojlanish xavfini oshiradi. Mikrosomal oksidlanish induktorlari (fenitoin, etanol, barbituratlar, rifampitsin, fenilbutazon, tritsiklik antidepressantlar) gidroksidlangan faol metabolitlarni ishlab chiqarilishini oshirib, bu preparatning dozasi biroz oshirib yuborilganda og‘ir zaharlanishlarni rivojlanish xavfini oshiradi. Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (tsimetidin) paratsetamolning gepatotoksik ta’sir xavfini pasaytiradi. Paratsetamol urikozurik dori vositalarning samaradorligini pasaytiradi.

Preparat bilan davolash fonida 3 kundan ortiq davom etgan gipertermiyada shifokorning maslahati talab qilinadi. Preparatni qabul qilish glyukoza va siydik kislotasining plazmadagi miqdorini aniqlashda laboratoriya tekshirishlarining ko‘rsatkichlarini o‘zgartiradi. Davolash vaqtida periferik qon manzarasini va jigarning funktsional holatini nazorat qilish kerak. Davolanish davrida etanolni iste’mol qilishdan (gepatotoksik ta’sirni rivojlanishi mumkin), avtotransportni haydashdan va diqqatni yuqori jamlashni va tezkor psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak. Tug‘ma giperbilirubinemiyada (Jilber, Dubina-Djonson va Rotor sindromlari), yopiq burchakli glaukomada, prostata bezining giperplaziyasida, virusli gepatitda, alkogolli gepatitda, keksa yoshdagi shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qabul qilinadi. Homiladorlik va laktatsiya davri Homiladorlik va laktatsiya davrida yetarlicha ma’lumot bo‘lmaganligi uchun qo‘llash tavsiya etilmaydi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Quruq yoruglikdan ximoyalangan joyda, 25° S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Kattalarda zaharli ta’siri preparatning tarkibida paratsetamolni 10-15 g dan ortiq qabul qilgandan keyin bo‘lishi mumkin. Simptomlari (paratsetamol bilan bog‘liq bo‘lgan): teri qoplamalarini oqarishi, ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish; gepatonekroz (zaharlanish oqibatidagi nekrozning yaqqolligi bevosita dozani oshirib yuborish darajasiga bog‘liq), “jigar” transaminazalarining faolligini oshishi, protrombin vaqtini (qabul qilgandan keyin 12-48 soatdan so‘ng) oshishi, jigarni shikastlanishini keng klinik manzarasi 1-6 kundan keyin namoyon bo‘ladi. Kam: jigar yetishmovchiligi yashin tezligida rivojlanadi va buyrak yetishmovchiligi (tubulyar nekroz) bilan asoratlanishi  mumkin. Davolash: dozani oshirib yuborilishidan keyin birinchi 6 soatda – me’dani yuvish, SH-guruhi donatorlarini va glutation – metionin sintezining o‘tmishdoshlarini doza oshirib yuborilganidan 8-9 soatdan va N-atsetiltsisteinni 12 soatdan keyin yuborish. Qo‘shimcha terapevtik tadbirlarni o‘tkazish (keyinchalik metioninni yuborish, v/i ga N-atsetiltsisteinni yuborish) zarurati paratsetamolning qondagi kontsentartsiyasiga, shuningdek uni qabul qilgandan keyin o‘tgan vaqtga qarab aniqlanadi.

Retseptsiz

Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun 22,1g.

3 yil.