Tsitron Neo rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol moddalar: Paratsetamol – 250 mg, propifenazon – 150 mg, kofein – 30 mg. Yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, polivinilpirolidon, kaliy sorbat, mikrokristallik tsellyuloza, stearin kislotasi, talk, magniy stearati yoki kaltsiy stearati, kartoshka kraxmali.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

P.

Preparatning savdo nomi:

Tsitron Neo

Farmakalogik guruhi:

Analgetik-antipiretik.

Dori shakli:

Tabletkalar.

okdan och sarg‘ish rangacha bo‘lgan rangli, yengil marmarsimonlikka yo‘l qo‘yilgan, yassi tsilindrik shaklli faskali va riskali tabletkalar.

Analgetik-antipiretik.

N02BE71

Paratsetamol – asosan yumshoq to‘qimalarda tez va bir tekis taqsimlanadi, yarim chiqarilish davri (T1/2) 1,25-3 soatga teng. Jigarda mikrosomal fermentlar tizimi yordamida metabolizmga uchraydi. Og‘iz orqali qabul qilingan paratsetamolning dozasini taxminan 85% siydik bilan (erkin va konyugatsiyalangan paratsetamol ko‘rinishida) 24 soat davomida chiqariladi. Propifenazon – plazmada maksimal kontsentratsiyasiga (Cmax) 30 minutdan keyin erishiladi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Siydik bilan sulfatlar va glyukuronidlar ko‘rinishida chiqariladi. T1/2 – 1-1,5 soat. Kofein – tez va 100% so‘riladi. Plazmada Smax ga 15-45 minutdan keyin erishiladi. Boshqa komponentlarni so‘rilishini yaxshilaydi. Organizmning hamma to‘qimalariga oson kiradi. Jigarda metabolizimga uchraydi. Organizmdan T1/2 taxminan 3 soatni tashkil qiladi. Qo‘llanilishi O‘rtacha ifodalangan og‘riq sindromi: bosh og‘rig‘i, tish og‘rig‘i, mialgiya, jarohatdan keyingi og‘riq, algodismenoreya; isitma sindromi; shamollash kasalliklari, grippda qo‘llanadi.

Ichga. Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 1 tabletkadan kuniga 4 martagacha buyuriladi, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan birga qabul qilinadi.

Ko‘ngil aynishi, allergik reaktsiyalar (terini qizarishi, teri toshmasi, bronxospazm, rinoreya), arterial gipertenziya, uyqusizlik bo‘lishi mumkin.

Paratsetamol xloramfenikolni chiqarilish vaqtini 5 marta oshiradi. Qayta qabul qilinganida paratsetamol bilvosita antikoagulyantlarning (dikumarin hosilalari) ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Paratsetamol va etanol bir vaqtda qo‘llanganida gepatotoksik samaralarning rivojlanish xavfini oshiradi. Barbituratlar, rifampitsin, salitsilamidlar, tutqanoqqa qarshi dori vositalar va mikrosomal oksidlanishning boshqa rag‘batlantiruvchilari jigar faoliyatiga ta’sir qiluvchi paratsetamolning zaharli metabolitlarini hosil bo‘lishiga yordam beradi. Metoklopramid paratsetamolni so‘rilishini tezlashtiradi. Kofein ergotaminni so‘rilishini tezlashtiradi.

Me’da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida (zo‘rayish bosqichida) ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Davolash fonida kofein saqlovchi mahsulotlarni (kofe, choy) haddan ziyod iste’mol qilish, dozani oshirib yuborish simptomlarini chaqirishi mumkin. Uzoq (1 haftadan ortiq) davolashda periferik qon manzarasini va jigarning funktsional holatini nazorat qilish kerak. Isitma sindromini davolashda 3 kundan ortiq va og‘riq sindromida – 5 kundan ko‘p ortiq shifokor maslahatisiz qabul qilinmaydi. Sportchilarda doping – nazorati natijalarini o‘zgartirishi mumkin. “O‘tkir qorinda” tashxis qo‘yishni qiyinlashtirishi mumkin. Atopik bronxial astmasi, pollinozlari bo‘lgan bemorlarda, preparatga allergik reaktsiyalarni rivojlanishining yuqori xavfi bor. Davolash vaqtida etanol iste’mol qilishdan (gepatotoksiklikni rivojlanishini yuqori xavfi tufayli) voz kechish lozim. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retseptsiz

Tabletkalar kontur-uyali o‘ramda.

3 yil.