Sog'ligingizga ziyon yetkazmang !!! Saytda ko'rsatilgan ma'lumotlardan faqat mutaxassis provizor yoki shifokor bilan maslaxatlashgandan so'ng foydalaning.
Ta'sir etuvchi modda(XPN):
paratsetamol, diklofenak natriy
Preparatning savdo nomi:
Tsitron® Forte
Farmakalogik guruhi:
boshqa analgetiklar va antipiretiklar.
Anilidlar.
Paratsetamol boshqa preparatlar (psixoleptiklardan tashqari) bilan majmuasi.
oq yoki deyarli oq rangli, bir tomonida riska va faskasi bor, yassi tsilindr shaklli tabletkalar.
boshqa analgetiklar va antipiretiklar.
Anilidlar.
Paratsetamol boshqa preparatlar (psixoleptiklardan tashqari) bilan majmuasi.
N02BE51
So‘rilishi: Paratsetamol me’da-ichak yo‘llaridan to‘liq so‘riladi va uning plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga qo‘llanilgandan 30 minutdan 2 soatgacha bo‘lgan vaqtdan keyin erishiladi.
U jigarda metabolizmga uchraydi va asosan glyukuronid va sulfat kon’yugatlari ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi.
5% dan kamrog‘i o‘zgarmagan paratsetamol ko‘rinishida chiqariladi.
Yarim chiqarilish davri 1 dan 4 soatgachani tashkil etadi.
Terapevtik kontsentratsiyalarda plazma oqsillari bilan bog‘lanishi ahamiyatsiz, lekin kontsentratsiyasi oshgan sari oshadi.
Diklofenak natriy me’daga tushganidan keyin to‘liq so‘rilib, me’dadan o‘tish vaqtida sekinlashishi mumkin.
Bu ovqatni me’dani bo‘shashish jarayoniga ta’siri natijasida yuzaga kelishi mumkin.
Diklofenakning plazmadagi asosiy cho‘qqi kontsentratsiyasiga taxminan 2 soatdan keyin erishiladi (50 mg doza 1,48±0,65 mkg/ml beradi (1,5 mkg/ml=5 mkg/ml)).
Taqsimlanishi: Paratsetamol 99,7% oqsillar, asosan albumin (99,4%) bilan bog‘lanadi.
Diklofenak natriy sinovial suyuqlikka kiradi, u yerda uning maksimal kontsentratsiyasiga qon plazmadagidan 2-4 soat kechroq erishadi.
Sinovial suyuqlikdan yarim chiqarilish davri 3-6 soatni tashkil qiladi.
Plazmada cho‘qqiga erishilgandan 2 soatdan keyin faol moddaning kontsentratsiyasi plazmadagiga nisbatan sinovial suyuqlikda yuqori bo‘ladi va shunday 12 soat davomida qoladi.
Metabolizmi: Paratsetamol jigarda metabolizmga uchraydi va asosan glyukuronid va sulfat kon’yugatlari ko‘rinishida siydik bilan chiqariladi.
Diklofenak natriyning biotransformatsiyasi intakt molekulaning glyukuronizatsiyasi yo‘li bilan qisman, lekin asosan bir marta va ko‘p marta gidroksillanish va metoksillanish yo‘li bilan amalga oshadi, bu bir nechta fenol metabolitlarini hosil bo‘lishiga olib keladi, ularning ko‘pchiligi glyukuronid kon’yugatiga aylanadi.
Bu fenol metabolitlarining ikkitasi biologik faol, lekin ularning ta’siri diklofenak natriyga nisbatan sezilarli darajada past.
Chiqarilishi: Paratsetamolning 5% dan kamrog‘i o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi.
Yarim chiqarilish davri 1 dan 4 soatgachani tashkil qiladi.
Terapevtik kontsentratsiyalarda plazma oqsillari bilan bog‘lanishi ahamiyatsiz, lekin kontsentratsiyasi oshgan sari oshadi.
Diklofenakning umumiy plazmadagi klirensi minutiga 263±56 ml (o‘rtacha ko‘rsatkich±standart og‘ish) ni tashkil qiladi.
Oxirgi yarim chiqarilish davri 1-2 soatga teng.
4 faol metabolitlarining, shu jumladan 2 ta faol metabolitlarining yarim chiqarilish davri qisqa hisoblanadi va 1-3 soatni tashkil etadi.
Umuman olganda preparat yaxshi o‘zlashtiriladi.
Diklofenak va paratsetamolga yuqori sezuvchanlikda ayrim patsiyentlarda quyidagi simptomlar paydo bo‘lishi mumkin: Me’da-ichak yo‘llari: ba’zida – ko‘ngil aynishi, qusish, diareya; ayrim hollarda – qabziyatlar, gemorragik kolit, nospetsifik yarali kolitni zo‘rayishi.
Markaziy nerv tizimi: ba’zida – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; kam xollarda – uyquchanlik; ayrim xollarda – sezuvchanlikni buzilishi, uyqusizlik, ta’sirchanlik.
Sezgi a’zolari: ayrim hollarda – ko‘rishni va ta’m bilishni noaniqligi.
Dermatologik reaktsiyalar: ba’zida – teri toshmasi; kam hollarda – eshakemi.
Jigar: plazmada aminotransferazalar darajasini oshishi.
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari: kam hollarda – bronxospazm, tizimli anafilaktik reaktsiyalar, shu jumladan gipotenziya.
Yurak-qon tomir tizimi: ayrim hollarda – taxikardiya, ko‘krakda og‘riq, arterial gipertenziya, dimlangan yurak yetishmovchiligi.
Paratsetamol Xolestiramin: Paratsetamolning so‘rilish tezligi xolestiramin tomonidan sekinlashtiriladi.
Shuning uchun maksimal og‘riqni qoldirish zarur bo‘lgan vaqtda xolestiraminni bir soat davomida qabul qilish mumkin emas.
Metoklopramid va domperidon: Metoklopramid va domperidon paratsetamolning so‘rilish tezligini oshiradi.
Ammo ularni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish zarurati yo‘q.
Varfarin: Paratsetamolni uzoq vaqt muntazam qabul qilish qon ketishi xavfini oshirib, varfarin va boshqa kumarinlarning antikoagulyant samarasini oshiradi; ba’zida ahamiyatli samaraga ega emas.
Xloramfenikol: Xloramfenikolning plazmadagi kontsentratsiyasi oshadi.
Diklofenak natriy Litiy va digoksin: Tsitron Forte litiy va digoksinning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini oshirishi mumkin.
Antikoagulyantlar: Garchi klinik tadqiqotlar diklofenak natriyni antikoagulyantlarning samarasiga ta’sir qilishini ko‘rsatmasada, diklofenak va antikoagulyantlarni bir vaqtda qabul qilgan patsiyentlarda qon ketishi xavfini oshirishi haqida alohida xabarlar mavjud.
Antikoagulyantlarning dozasini o‘zgartirish zaruratiga ishonch hosil qilish uchun bunday patsiyentlar kuzatiladi.
Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan bo‘lgandagi kabi diklofenak yuqori dozalarda trombotsitlar agregatsiyasini qaytuvchan tarzda tormozlashi mumkin.
Diabetga qarshi vositalar: Klinik tadqiqotlar diklofenak natriyni diabetga qarshi vositalar bilan ularning klinik ta’sirini o‘zgartirmasdan birga qo‘llash mumkinligini ko‘rsatdi.
Ammo gipoglikemiya va giperglikemiyaning alohida holatlari ma’lum, bu gipoglikemik vositalarning dozasiga tuzatish kiritishni talab etadi.
Metotreksat: Metotreksat diklofenak saqlovchi NYAQV lar bilan 24 soatdan kamroq vaqt orasida qabul qilinganda kuchli toksik ta’siri holatlari ma’lum.
Bunday holatlarda NYAQV lar mavjudligida buyrak ekskretsiyasini kamayishi oqibatida metotreksatning kontsentratsiyasi oshishi mumkin.
Xinolon guruhiga mansub antimikrob preparatlar: Xinolon va NYAQV larning o‘zaro ta’sirini natijasida tirishishlar bo‘lishi mumkin.
Tirishishlar anamnezida tirishishlar va tutqanoq xurujlari bo‘lgan patsiyentlarda paydo bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun NYAQV larni qabul qilayotgan patsiyentlarga xinolonlarni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Boshqa NYAQV lar, shu jumladan TsOG-2 selektiv ingibitorlari va kortikosteroidlar: Diklofenak natriyni aspirin yoki kortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo‘llash me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishi yoki yara paydo bo‘lishi xavfini oshiradi.
2 va undan ko‘p NYAQV larni parallel qo‘llashdan saqlanish kerak.
Antiagregant preparatlar va serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari (SQQOSI): tizimli NYAQV larni, shu jumladan diklofenakni birga buyurish me’da-ichak yo‘llaridan qon ketishi xavfini oshirishi mumkin.
Diuretik vositalar: Boshqa NYAQV lar kabi diklofenak diuretiklarning faolligini kamaytirishi mumkin.
Kaliy tejovchi diuretiklarni bir vaqtda qo‘llash qonda kaliy darajasini oshishiga olib kelishi mumkin, buni doimo kuztish kerak.
Yurak glikozidlari: Yurak glikozidlarini NYAQV lar bilan bir vaqtda qo‘llash yurak yetishmovchiligini zo‘rayishiga, kalavachalar filtratsiyasi tezligini pasayishiga va qon plazmasida yurak glikozidlarining kontsentratsiyasiga olib kelishi mumkin.
Mifepriston: Mifepristonni buyurilgandan keyin 8-12 kun davomida NYAQV larni qo‘llash mumkin emas, chunki NYAQV lar mifepristonning samaradorligini kamayishiga olib kelishi mumkin.
Gipertoniyaga qarshi vositalar: NYAQV larni gipertoniyaga qarshi vositalar (beta-blokatorlar, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari, diuretiklar) bilan bir vaqtda buyurish qon tomirlarni kengaytiruvchi prostaglandinlarning sintezini ingibitsiya qilish hisobiga gipertoniyaga qarshi samarani kamaytirishi mumkin.
Tsiklosporin va takrolimus: Tsiklosporinni diklofenak natriy saqlovchi NYAQV lar bilan bir vaqtda qabul qilayotgan patsiyentlarda nefrotoksiklik haqida xabarlar mavjud.
Takrolimusni NYAQV lar bilan buyurilganda nefrotoksiklik xavfi oshishi mumkin.
Bu NYAQV larning buyrak antiprostaglandin samaralari va kaltsionevrin ingibitori bilan tushuntiriladi.
Yorug‘likdan ximoyalangan quruq joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
10 g va undan ortiq paratsetamolni qabul qilish kattalarda jigarni og‘ir shikastlanishiga olib kelishi mumkin.
Agar patsiyent xavf guruhida bo‘lsa, 5 g va undan ortiq paratsetamolni qabul qilish quyidagilarga olib kelishi mumkin: Agar patsiyent: a) patsiyent karbamazepin, fenobarbital, fenitoin, primidon, rifampitsin, dalachoy yoki jigar fermentlarini hosil bo‘lishini kuchaytiruvchi boshqa preparatlarni qo‘shimcha qabul qilayotgan bo‘lsa.b) tavsiya etilgan miqdordan ortiq etil spirtini muntazam qabul qilayotgan bo‘lsa.c) glutation tanqisligi ehtimoli bo‘lsa, masalan ovqatlanishni buzilishi, mukovistsedoz, OITV-infektsiyasi, och qolish, kaxeksiya.
Diklofenak natriy Simptomlari bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, epigastral sohada og‘riq, me’da-ichakdan qon ketishi, kam hollarda diareya, dezoriyentatsiya, qo‘zg‘alish, koma, uyquchanlik, quloqda shang‘illash, vaqti-vaqti bilan hushdan ketish va tirishishlarni o‘z ichiga oladi.
Kam hollarda zaharlanganda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi va jigar shikastlanishi mumkin.