Tsitramon Pretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol moddalar: atsetilsalitsil  kislotasi – 0,24 g, paratsetamol – 0,18 g,  kofein – 0,03 g. yordamchi moddalar: kakao, limon kislotasi, kartoshka kraxmali, kaltsiy stearati yoki magniy stearati yoki stearin kislotasi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

atsetilsalitsil  kislotasi, paratsetamol, kofein.

Preparatning savdo nomi:

Tsitramon P

Farmakalogik guruhi:

Analgetik-antipiretiklar.

Dori shakli:

tabletkalar

och jigarrang rangli, dog‘lari bo‘lgan, kakao hidli tabletkalar.

Analgetik-antipiretiklar.

Kuchsiz va o‘rtacha yaqqollikdagi (turli genezli) og‘riq sindromi: bosh og‘rig‘i, migren, tish og‘rig‘i, nevralgiya, mialgiya, artralgiya, algodismenoreya. Isitma sindromi: o‘tkir respirator kasalliklar (O‘RK), grippda qo‘llanadi.

Preparatni 5 kundan ortiq og‘riqsizlantiruvchi vosita sifatida va 3 kundan ortiq isitmani tushiruvchi vosita sifatida (shifokorning tavsiyasi va nazoratisiz) qabul qilish mumkin emas. Ichga (ovqat vaqtida yoki undan keyin), 1 tabletkadan xar 4 soatda, og‘riq sindromida – 1-2 tabletka buyuriladi; o‘rtacha sutkalik doza – 3-4 tabletkani, maksimal sutkalik doza – 8 tabletkani tashkil qiladi. Davolash kursi – 3-5 kundan oshmasligi kerak. Me’da-ichak yo‘llariga ta’sirlovchi ta’sirini kamaytirish uchun tabletkani sut yoki ishqoriy mineral suv bilan ichish kerak.

Geparin, bilvosita antikoagulyantlar, rezerpin, steroid gormonlar va gipoglikemik dori vositalarining ta’sirini kuchaytiradi. Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, metotreksat bilan bir vaqtda buyurish, nojo‘ya samaralarini rivojlanish xavfini oshiradi. Spirinolakton, furosemid, gipotenziv dori vositalari, shuningdek siydik kislotasini chiqarilishiga yordam beruvchi podagraga qarshi dori vositalarining samaradorligini kamaytiradi. Barbituratlar, rifampitsin, salitsilamid, tutqanoqqa qarshi dori vositalar va mikrosomal oksidlanishning boshqa stimulyatorlari, jigar faoliyatiga ta’sir qiluvchi paratsetamolni toksik metabolitlarini xosil bo‘lishiga yordam beradi. Metoklopramid paratsetamolni so‘rilishini tezlashtiradi. Paratsetamolning ta’siri ostida xloramfenikolni chiqarilish vaqti 5 marta oshadi. Takroran qabul qilinganida paratsetamol antikoagulyantlarning (dikumarin xosilalari) ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Kofein ergotaminni so‘rilishini tezlashtiradi. Preparat va spirt saqlovchi suyuqliklar bir vaqtda qabul qilinganida, jigarni toksik shikastlanish xavfi oshadi.

Rey sindromini yuz berishining yuqori xavfi tufayli, preparatni 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurish mumkin emas. Rey sindromi davomli qusish, o‘tkir entsefalopatiya, jigarni kattalashishi bilan nomoyon bo‘ladi. Atsetilsalitsil kislotasi qon ivishini sekinlashtiradi. Agar patsiyentda jarroxlik aralashuvi o‘tkaziladigan bo‘lsa, shifokorni preparat qabul qilinayotgani xaqida oldindan ogoxlantirish kerak. Siylik kislotasini to‘planishiga moyilligi bo‘lgan patsiyentilarda, preparatni qabul qilish podagra xurujini qo‘zg‘atishi mumkin. Qabul qilish vaqtida alkogol iste’mol qilishdan saqlanish kerak (me’da-ichak qon ketishi va jigarni toksik shikastlanishi xavfini oshishi). Atsetilsalitsil kislotasi xomiladarlikning I uch oyligida qo‘llanganida teratogen ta’sirga ega; III uch oyligida tug‘uruq faoliyatini tormozlanishiga olib keladi. Ko‘krak suti bilan chiqariladi, shuning uchun laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin..

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: – yengil intoksikatsiyalarda: ko‘ngil aynishi, qusish, me’dada og‘riqlar, bosh aylanishi, quloqlarni jaranglashi; – og‘ir intoksikatsiyada: tormozlanish, uyquchanlik, kollaps, tirishishlar, nafasni qiyinlashishi, anuriya, qon ketishi kuzatiladi. Davolash: faollangan ko‘mirni ishlatish bilan birga me’dani yuvish, simptomatik terapiya, moddalar almashinuvining xolatiga qarab – natriy gidrokarbonatni, natriy tsitratni yoki natriy laktatni yuborish kerak, bu siydikni ishqoriylanishi xisobiga atsetilsalitsil kislotasini chiqarilishini kuchaytiradi.

Retsept bo‘yicha

Tabletkalar 0,55 g dan 6 yoki 10 donadan kontur uyali yoki uyasiz o‘ramlarda.

4 yil Ulashish: 32 638 Views