Tsitramon –Borimed. rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: atsetilsalitsil kislotasi – 220 mg, paratsetamol – 200 mg, kofein – 27 mg, yordamchi moddalar: kakao, ozuqaviy limon kislotasi monogidrati, kartoshka kraxmali, talk, stearin kislotasi.

Preparatning savdo nomi:

Tsitramon –Borimed.

Farmakalogik guruhi:

Og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi boshqa vositalar. Salitsil kislotasi va uning hosilalari. Atsetilsalitsil kislotasi boshqa preparatlar bilan majmuada, psixolitiklardan tashqari.

oq dog‘lari bo‘lgan och-jigarrang rangli, yassi yuzali, riska va faskali tabletkalar.

Og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi boshqa vositalar. Salitsil kislotasi va uning hosilalari. Atsetilsalitsil kislotasi boshqa preparatlar bilan majmuada, psixolitiklardan tashqari.

N02BA51.

Kuchsiz va o‘rta yaqqollikdagi og‘riq sindromi: bosh og‘rig‘i, migren, tish og‘rig‘i, nevralgiya, mialgiya, artralgiya, algodismenoreya. Turli etiologilli isitma sindromida (isitmani tushiruvchi sifatida) qo‘llaniladi.

Dori vositasini qo‘llashdan avval davolovchi shifokor bilan maslahatlashing. Ovqat qabullari orasida yoki ovqatdan keyin darhol ichga qabul qilinadi. Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalarga 1 tabletka dozada kuniga 2-3 marta buyuriladi. Preparatning qabullari orasidagi tanaffus kamida 6-8 soatni tashkil qilish kerak. Maksimal bir martalik doza – 2 tabletka, maksimal sutkalik doza 4 – tabletka. Isitmani tushiruvchi vosita sifatida tana harorati 38,50S dan yuqori bo‘lganida (anamnezdagi 37,50S dan yuqori haroratda – febril tirishishlari bo‘lgan patsiyentlarda) 1-2 tabletka dozada buyuriladi. Og‘riqni qoldiruvchi vosita sifatida qo‘llash davomiyligi 5 kundan, isitmani tushiruvchi vosita sifatida – 3 kundan oshmasligi kerak. Davolash kursini tavsiya etilganidan uzoqroq davom ettirish zarurati bo‘lsa, albatta davolovchi shifokor bilan maslahatlashing!

Immun tizimi tomonidan: o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, shu jumladan anafilaksiya, anafilaktik shok, rinit, burunni bitishi. Teri va teri osti klechatkasi tomonidan: qichishish, teri va shilliq qavatlarda toshmalar, shu jumladan eritematoz toshmalar, eshakemi, angionevrotik shish, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz. Me’da-ichak yo‘llari (MIY) tomonidan: dispepsik buzilishlar, shu jumladan ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriyda diskomfort va og‘riqlar, jig‘ildon qaynashi, qorinda og‘riq, MIY yallig‘lanishi, MIY ning eroziv yarali shikastlanishlari, alohida hollarda me’da-ichakdan qon ketish va perforatsiya. Gepatobiliar tizimi tomonidan: jigar fermentlarining faolligini oshishi, gepatonekroz (dozaga bog‘liq samara). Endokrin buzilishlar: gipoglikemik komagacha gipoglikemiya. Nevrologik buzilishlar: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, paresteziyalar, qo‘rquv hissi, bezovtalik, qo‘zg‘aluvchanlik, ta’sirchanlik, uyquni buzilishi, uyqusizlik, xavotirlik, umumiy holsizlik, quloqlarda shang‘illash. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurakni urishini his qilish, arterial gipertenziya. Qon va limfatik tizim tomonidan: anemiya, sulfatgemoglobinemiya va metgemoglobinemiya (tsianoz, hansirash, yurak sohasida og‘riqlar), gemolitik anemiya, qon ketishlarni rivojlanish xavfi oshishi mumkin. Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: interstitsial nefrit, papillyar nekroz, nefrotik sindrom, buyrak yetishmovchiligi (uzoq vaqt qo‘llanganda). Boshqalar: qon ketishlar o‘tkir va surunkali postgemorratik anemiyalar temir tanqisligi anemiyasiga (asteniya, teri qoplamalarini oqarishi, gipoperfuziya; o‘pkaning kardiogen bo‘lmagan shishi) olib kelishi mumkin.

preparatning komponentlariga, ksantinning boshqa hosilalariga (teofillin, teobromin), boshqa salitsilatlarga yuqori sezuvchanlik;anamnezida atsetilsalitsil kislotasi yoki boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi (NYAQV) vositalarni qabul qilish chaqirgan bronxial astma, eshakemi yoki o‘tkir rinit;tug‘ma giperbilirubinemiya; xavfsiz giperubilirubinemiyada (shu jumladan Jilbera sindromi, virusli gepatit, jigarni alkogolli shikastlanishi); glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi; qon kasalliklari, leykopeniya, anemiya;zo‘rayish bosqichidagi me’da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi; me’da-ichakdan qon ketishi (shu jumladan anamnezidagi); gemorragik diatezlar, gemofiliya, gipoprotrombinemiya; ko‘p qon ketish bilan kechuvchi jarroxlik aralashuvlari; K vitaminining tanqisligi;buyrak va jigar yetishmovchiligi; portal gipertenziya;podagra; glaukoma;og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari, shu jumladan ritmni buzilishi, yaqqol ateroskleroz, yurakni og‘ir shakldagi ishemik kasalligi, yaqqol yurak yetishmovchiligi, yaqqol arterial gipertenziya;yuqori qo‘zg‘aluvchanlik holati, uyquni buzilishi; tutqanoq va tirishish xurujlarga moyillik;alkogolizm;monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llash (va ularni bekor qilgandan keyin 2 hafta);haftada 15 mg va undan yuqori dozadagi metotreksat bilan majmuada;keksalar; 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homiladorlik, laktatsiya darida qo‘llash mumkin emas.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan majmualar: Metotreksat – haftada 15 mg va undan ortiq. MAO ingibitorlari – arterial bosimini xavfli oshishi kuzatilishi mumkin. Ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim bo‘lgan majmualar: Paratsetamol: antidepressantlar – og‘ir intoksikatsiyalarni rivojlanishi kelib chiqishi mumkin. Metoklopromid va domperidon, paratsetamolni so‘rilishi tezligini oshiradi, xolestiramin esa kamaytiradi. Diuretiklarni samarasini kamaytiradi. Kumarin hosilalari (varfarin) davomli qo‘llanganda qon ketishlari rivojlanish xavfini oshiradi. Paratsetamolni ta’siri ostida xloramfenikolni chiqarilishini sekinlashtiradi. Kofein: tsimetidin, gormonal kontratseptivlar, izoniazid kofeinni ta’sirini kuchaytiradi. Kofein opiodid analgetiklar, anksiolitiklar, uxlatuvchi va sedativ vositalarni, narkoz uchun vositalar va markaziy nerv tizimini adenozinni, adenozintrifosfatni susaytiruvchi boshqa preparatlarni samarasini kamaytiradi. Me’da-ichak yo‘llaridan ergotamin so‘rilishini yaxshilaydi, tireotrop vositalarni samarasini oshiradi. Qonda litiy kontsentratsiyasini pasaytiradi. Kofein analgetik-antipiretiklar samarasini ksantin hosilalari, λ va β adrenomimetiklar, psixostimulyatsiyalovchi vositalar samarasini oshiradi. Atsetilsalitsil kislotasi: siydik kislotasini chiqaruvchi vositalar-benzobromaron, probenitsid bilan bir vaqtda qo‘llash ularni samarasini kamaytiradi. Digoksinning kontsentratsiyasini oshiradi. AAF ingibitorlarining samarasini susaytiradi. Serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlari qon ketish xavfini oshiradi. Valproat kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llanganda uning toksikligi oshadi. Preparat qon ivishini va trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiruvchi vositalarni ta’sirini, kortikosteroidlar, sulfonilmochevina, metotreksatni nojo‘ya ta’sirini kuchaytiradi. Barbituratlar, tirishishga qarshi vositalar, salitsilatlar, rifampitsin, alkogol bilan majmuada qo‘llashdan saqlanish lozim.

Davolashni boshlashdan avval shifokor bilan maslahatlashing! Davolash vaqtida alkogolni iste’mol qilish mumkin emas. Dori vositasini davomli qo‘llash qaramlikni shakllanishiga olib keladi. Rejalashtirilgan jarrohlik aralashuvlardan 5-7 kun avval dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish zarur.

Yorug‘likdan va namlikdan ximoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: paratsetamolni kattalarda 10 g va undan ortiq va bolalarda preparatni tana 150 mg/kg dan ko‘p miqdorda qo‘llanganda jigarni shikastlanishi kelib chiqishi mumkin. Birinchi 24 soatda: oqarish, ko‘ngil aynishi, qusish, anoreksiya va bosh og‘rig‘i, gepatonekroz, “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, protrombin indeksini oshishi kuzatiladi. Jigarni shikastlanishi preparatni haddan ziyod dozasini qabul qilgandan keyin 12-48 soatdan keyin namoyon bo‘ladi. Glyukozani metabolizmini buzilishi va metabolik atsidoz kelib chiqishi mumkin. Og‘ir zaharlanishda jigar yetishmovchiligi entsefalopatiya, koma va letal holatiga olib kelishi mumkin. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi naychalarni o‘tkir nekrozi bilan bilan birga hatto buyrakni og‘ir shikastlanishlar mavjud bo‘lmaganda ham rivojlanish mumkin. Yuqori dozalarni uzoq muddat qo‘llanganda aplastik anemiya, trombotsitopeniya, pantsitopeniya, agranulotsitoz, neytropeniya, leykopeniya rivojlanishi mumkin. Kofein bilan dozani oshirib yuborilishi simptomlari. Kofeinni yuqori dozalari epigastral sohada og‘riq qusish, diurez, nafas faoliyatini tezlashishi, ekstrasistoliya, taxikardiya yoki yurak aritmiyasini chaqirishi mumkin, markaziy nerv tizimiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin (bosh aylanishi, uyqusizlik, nerv qo‘zg‘aluvchanligi, ta’sirchanlik, affekt holati, xavotirlik, tremor, tirishishlar). Atsetilsalitsil kislotasi bilan dozani oshirib yuborilishi. Muvozanatni buzilishi, bosh aylanishi, quloqlarda shang‘illash, karlik, ko‘p terlash, ko‘ngil aynishi va qusish, bosh og‘rig‘i, ongni chalkashishi. Ko‘rsatilgan simptomlarni dozani kamaytirish bilan nazorat qilish mumkin. Kislota ishqor muvozanatini yaqqol o‘zgarishi o‘tkir intoksikatsiyadan guvohlik beradi. Davolash: dori vositasini bekor qilish, faollashtirilgan ko‘mir bilan me’dani yuvish va tuzli surgi vositalarini (magniy sulfati) buyurish. Antigistamin vositalar va glyukokortikosteroidlarni ishlatish mumkin emas! Zaharlanishni simptomlari paydo bo‘lganda, dori vositasini qabul qilishni darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim.

Retseptsiz

tabletkalar.

4 yil.