Tsitoxrom Sretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 flakon quyidagilarni saqlaydi: faol modda: tsitoxrom S – 10 mg yordamchi moddalar: natriy xloridi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tsitoxrom S

Preparatning savdo nomi:

Tsitoxrom S

Farmakalogik guruhi:

metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

Dori shakli:

vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofillizat

liofillangan kukun yoki g‘ovakli massa, pushti-jigarrang rangli, zichlangan tabletkalar

metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

S01SX

Tez va to‘liq so‘riladi. A’zolari va to‘qimalarining hujayralariga yaxshi kiradi.

Tsitoxrom S organizmdagi oksidlanish va qaytarilish jarayonlarini buzilishi bilan birga kechuvchi holatlarda to‘qima nafasini yaxshilovchi vosita sifatida majmuaviy davolashda qo‘llanadi; yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning asfiksiyasi; og‘ir travmalar; operatsiya aralashuvidan oldin va keyin (shokni oldini olish uchun), nafas yetishmovchiligi bilan bronxial astmaning remissiyasi davrida, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi va yurak yetishmovchili bo‘lgan bemorlarda; jigar komasi bilan asoratlangan virusli gepatitda; uyqu preparatlari va is gazi bilan zaxarlanishda.

Preparat vena ichiga va mushak ichiga qo‘llanadi. Tsitoxrom S ni qo‘llash oldidan flakon ichidagisini 4 ml inyektsiya uchun suvda eritish va unga shaxsiy sezuvchanlikni aniqlash kerak. Shuning maqsadida teri ichiga 0,1 ml preparat (0,25 mg) yuboriladi. Agarda bunda 30 minut davomida reaktsiya yuz bermasa (yuzning qizarishi, terini qichishishi, eshakemi), unda preparat bilan davolashni boshlash mumkin. Takroriy kursni buyurish oldidan, albatta biologik sinama takrorlanadi. Preparat vena ichiga asta-sekin yoki mushak ichiga 10-20 mg miqdorda kuniga 1-2 marta yuboriladi. Davolash kursi 10-14 kun. Yurak yetishmovchiligida preparat 200 ml natriy xloridning izotonik eritmasida yoki 5% li glyukoza eritmasida suyultiriladi va vena ichiga tomchilab (minutiga 30-40 tomchi) 6-8 soat davomida yuboriladi. Sutkalik doza 30-80 mg ni tashkil qiladi. Operatsiyadan keyingi davrda (yurakning orttirilgan nuqsonlari bo‘yicha operatsiyalar) preparat vena ichiga 10 mg dan kuniga 2 marta yuboriladi. Og‘ir holatlar (travma, shok, jigar komasi, uyqu preparatlari va is gazi bilan zaharlanishda) preparat 50-100 mg miqdorda buyuriladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning asfiksiyasida preparat kindik venasiga tug‘ilgandan keyingi birinchi ikki minut davomida 10 mg dozada yuboriladi. Bronxial astmada preparat mushak ichiga 5-10 mg dozada kuniga 2 marta buyurildai. Davolash kursi gipoksiyaning og‘irligiga qarab 14 dan 25 kungacha davom etadi.

Preparat tez yuborilganida haroratni toshishi bilan etni uvishishi allergik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Davomli qo‘llanganida bo‘lishi mumkin: pereferik qon manzarasini, qonning ivish tizimining ko‘rsatgichlarini, jigar faoliyatini o‘zgarishi.

Preparatga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik va laktatsiya davri.

Ta’riflanmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Retsept bo‘yicha Ulashish: 17 226 Views

Vena ichiga va mushak ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun liofilizat 10 mg. 10 mg preparat saqlovchi 5 ml sig‘imli flakonlarda, rezina tiqinlar bilan berkitilgan va alyumin qalpoqchalar bilan yopilgan yoki aralash alyumin bilan plastmassa tiqinlar bilan ezilgan. 5 flakondan polivinilxlorid plyonka blisterda. 1 yoki 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

2 yil.