Tsitovir 3 (Cytovir 3)retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml tayyor eritma quyidagilarni saqlaydi: Faol moddalar: Alfa­glutamil­triptofan (timogenga qayta hisoblanganda timogen natriy)                    0,15 mg Askorbin kislotasi                                                                      12 mg Bendazol gidroxloridi [Dibazol]                                                           1,25 mg Yordamchi moddalar: Aromatizatorsiz preparatda: Fruktoza                                                                                          386,6 mg Aromatizatori bo‘lgan preparatda: Fruktoza                                                                                          386,2 mg Tabiiy “Apelsin” yoki “Klyukva” yoki “Qulupnay” bilan bir xil aromatizator                                                         0,4 mg

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

alfa­glutamil­triptofan + askorbin kislotasi + bendazol

Preparatning savdo nomi:

Tsitovir-3 (Cytovir-3)

Farmakalogik guruhi:

immunitetni rag‘batlantiruvchi vosita.

Dori shakli:

ichish uchun eritma tayyorlashga kukun [bolalar uchun] [aromatizatorlarsiz, apelsinli, qulupnayli, klyukvali].

Oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli kukun. Hidsiz yoki apelsin, yoki klyukva yoki qulupnayning o‘ziga xos hidiga ega bo‘lgan suvli eritma.

immunitetni rag‘batlantiruvchi vosita.

L03AX

Bolalarda bir yoshdan boshlab, gripp va o‘tkir respirator virusli infektsiyalarni oldini olishda va kompleks davolashda qo‘llaniladi.

Profilaktik va davolash sxemalari bir xil. Ichga ovqatdan 30 minut oldin qabul qilinadi. 1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 2 ml dan eritma kuniga 3 marta; 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 4 ml dan eritma kuniga 3 marta; 6 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 8 ml dan eritma kuniga 3 marta; 10 yoshdan katta bolalarga – 12 ml dan eritma kuniga 3 marta buyuriladi; Qo‘llash kursi – 4 kun. Zarurat bo‘lganida profilaktik kurs 3­4 haftadan keyin takrorlanadi. Eritmani tayyorlash qoidasi: kukunli flakonga 40 ml suv (qaynatilgan, xona haroratigacha sovutilgan suv) qo‘shiladi va yaxshilab chayqatiladi. Flakon ichidagi kukun to‘liq etib ketishi kerak. Eritmaning hajmi suv qo‘shilganidan keyin 50 ml ni tashkil etadi.

Arterial bosimni qisqa vaqtga pasayishi kuzatilishi mumkin. Allergik reaktsiyalar: eshakemi yuz berishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qo‘llash to‘xtatiladi va simptomatik davolash, antigistamin vositalar buyuriladi.

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda, homiladorlikda, 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Alfa­glutamil­triptofanni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri aniqlanmagan. Bendazol noselektiv beta-adrenoblokatorlarni qo‘llash oqibatida yuz bergan umumiy periferik qon tomirlar qarshiligini oshishiga to‘sqinlik qiladi. Gipotenziv va diuretik dori vositalarning gipotenziv (arterial bosimni pasaytirish) ta’sirini kuchaytiradi. Fentolamin bendazolning gipotenziv ta’sirini kuchaytiradi. Askorbin kislotasi qonda tetratsiklin qatori antibakterial preparatlarning va benzilpenitsillinning kontsentratsiyasini oshiradi. Ichakda temir (Fe) preparatlarini so‘rilishinii yaxshilaydi. Geparin va bilvosita antikoagulyantlarning samaradorligini pasaytiradi. Atsetilsalitsil kislotasi (ASK), peroral kontratseptivlar, yangi tayyorlangan sharbatlar va ishqoriy suyuqliklarni ichish uni so‘rilishi va o‘zlashtirilishini pasaytiradi. ASK bilan bir vaqtda qo‘llanganda askorbin kislotasini siydik bilan chiqarilishi oshadi, ASK ni chiqarilishi esa susayadi. ASK askorbin kislotasini so‘rilishini taxminan 30% ga pasaytiradi. Askorbin kislotasi atsetilsalitsil kislotasi (ASK) ni saqlovchi preparatlar qo‘llangandagi va qisqa ta’sirga ega sulfanilamidlar tomonidan chaqirilgan kristalluriyani rivojlanish xavfini oshiradi, ishqoriy reaktsiyaga ega dori vositalarni (shu jumladan alkaloidlarni) chiqarilishini oshiradi, qonda peroral kontratseptivlarning kontsentratsiyasini pasaytiradi. Bir vaqtda qo‘llanganda izoprenalinning xronotrop ta’sirini susaytiradi. Antipsixotik dori vositalar (neyroleptiklar) – fenotiazin hosilalarining terapevtik ta’sirini, amfetamin va tritsiklik antidepressantlarning buyrak naychalaridagi reabsorbtsiyasini pasaytiradi. Barbituratlar va primidon askorbin kislotasini siydik bilan chiqarilishini oshiradi. Viruslarga qarshi preparatlar va gripp va O‘RVI ni simptomatik davolash uchun qo‘llanadigan vositalar bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.

Takroriy kurs o‘tkazilganidan keyin qonda glyukozaning kontsentratsiyasini aniqlash tavsiya qilinadi.

Homiladorlik davrida klinik ma’lumotlar yetarli emasligi tufayli preparatni qo‘llash mumkin emas. Emizish davrida, faqat agar ona uchun kutilgan foyda bola uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq joyda 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Tayyorlangan eritma yorug‘likdan himoyalangan joyda 0°S dan 8°S gacha bo‘lgan haroratda saqlansin. Tayyorlangan eritmani saqlash muddati 10 sutka.

Dozani oshirib yuborish hollari ta’riflanmagan.

Retsept bo‘yicha Ulashish: 16 154 Views

Ichish uchun eritma tayyorlashga kukun [bolalar uchun] [aromatizatorlarsiz, apelsinli, qulupnayli, klyukvali]. 20 g dan to‘q shisha flakonda. Flakon birinchi ochilishini nazorat qiluvchi plastmass qopqoq bilan yoki birinchi ochilishini nazorat qiluvchi va bolalardan himoya qiluvchi plastmass qopqoq bilan berkitilgan. Bir flakondan karton qutiga joylanadi. Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi o‘ramga ilova qilib qo‘shiladi yoki taxlanadigan varaq ko‘rinishida etiketkaning ichladigan qismining ostiga  joylanadi. O‘ramga dozalovchi qurilma (o‘lchov stakanchasi yoki dozalovchi qoshiq) ilova qilinadi.

3 yil.