Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan infektsion-yallig‘lanish kasalliklarini (mono- yoki aralash infektsiyalar) davolash: – og‘ir infektsiyalar (sepsis, septitsemiya, bakteriyemiya, peritonit, meningit, immuniteti pasaygan patsiyentlardagi infektsiyalar; jadal davolash bo‘limlarining patsiyentlaridagi infektsiyalar, masalan infektsiyalangan kuyishlar); – suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari (septik artrit, osteomiyelit, bakterial bursit); – nafas yo‘llarining infektsiyalari (o‘tkir va surunkali bronxit, infektsiyalangan bronxoektazlar, grammusbat mikroorganizmlar chaqirgan pnevmoniya, o‘pka abtsessi, plevra empiyemasi); – siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari (o‘tkir va surunkali piyelonefrit, piyelit, prostatit, tsistit, uretrit /bakterial/, buyrak abtsessi); – teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (mastit, jarohat infektsiyalari, terining yaralari, tsellyulit, saramas, infektsiyalangan kuyishlar); – me’da-ichak yo‘llari, o‘t chiqarish yo‘llari va qorin bo‘shlig‘i infektsiyalari (peritonit, enterokolit, qorin orti abtsesslari, divertikulit, kichik chanoq a’zolarining yallig‘lanishi, xoletsistit, xolangit, o‘t pufagi empiyemasi); – ginekologik infektsiyalar; – quloq, tomoq va burun infektsiyalari (o‘rta otit, sinusit, mastoidit); – gonoreya (ayniqsa, penitsillinlarga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda); – gemodializ va peritoneal dializ, hamda uzluksiz ambulator peritoneal dializ bilan bog‘liq bo‘lgan infektsiyalarda qo‘llanadi.