Tsiprol 500retsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 550 mg tsiprofloksatsin gidroxloridi 500 mg tsiprofloksatsinga ekvivalent; yordamchi moddalar: kraxmal, talk, magniy stearati, natriya kraxmal glikolyati, titan dioksidi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tsiprofloksatsin (tsiprofloksatsin gidroxloridi holida).

Preparatning savdo nomi:

Tsiprol 500

Farmakalogik guruhi:

antibakterial sintetik vositalar (ftorxinolonlar guruhi).

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

oq rangli, oval shaklli, plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomoni tekis va ikkinchi tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar

antibakterial sintetik vositalar (ftorxinolonlar guruhi).

J01MA02

Preparat me’da-ichak yo‘llaridan tez va yaxshi so‘riladi. Preparat qabul qilingan vaqtdan to uning qonda aniqlanishigacha bo‘lgan vaqt (Smax), odatda 30 minutdan kam. Qonda maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti 1-1,5 soatni tashkil qiladi. Preparatning biokiraolishligi taxminan 70-80% ni tashkil qiladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 30-40% ni tashkil qiladi. A’zolar va to‘qimalarga oson kiradi, gematoentsefalik to‘siq orqali oson o‘tadi, qisman jigarda biotransformatsiyaga (15-30%) uchraydi yarim chiqarilish vaqti (T1/2) 3-5 soat. Buyraklar faoliyati sezilarli darajada buzilganida bu ko‘rsatgich oshishi mumkin (hatto 12 soatgacha). Asosan o‘zgarmagan holda buyraklar, shuningdek ichak orqali chiqariladi.

Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari (o‘tkir va surunkali piyelonefrit, obstruktiv litiaz, tsistit, siydik yo‘llarining asoratli yoki qaytalanuvchi infektsiyalari, prostatit, epididimit), nafas yo‘llarining infektsiyalari (pnevmoniya, bronxopnevmoniya, infektsiyalangan plevrit, o‘pka abstsessi, infektsiyalangan bronxoektazlar, surunkali bronxitning zo‘rayishi), teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (infektsiyalangan yaralar, jarohat infektsiyalari, abstsesslar, tsellyulitlar, tashqi otitlar, infektsiyalangan kuyishlar), me’da-ichak yo‘llarining infektsiyalari (qorin tifi, bakterial diareya va boshqalar), qorin bo‘shlig‘i infektsiyalari (peritonit, qorin bo‘shlig‘idagi abstsess, xolangit, xoletsistit, o‘t qopi empiyemasi), ko‘z, o‘rta quloq va qo‘shimcha bo‘shliqlar, suyaklar va bo‘g‘imlar, kichik chanoq a’zolarining infektsiyalari, gonoreya, meningit, endokardit, bakteriyemiya, sepsis va boshqa yiringli-yallig‘lanishli jarayonlar. Immuniteti susaygan bemorlardagi infektsiyalarni oldini olish va davolashda qo‘llnadi.

Ichga qo‘llanadi. Tabletkalarni och qoringa yoki ovqatdan so‘ng butunligicha, ozgina suyuqlik bilan yutish lozim. Doza infektsiyaning joylashishi va kechishining og‘irligi, shuningdek mikroorganizmning sezgirligiga qarab shaxsiy belgilanadi. Buyraklarning faoliyati o‘rtacha va yaqqol buzilgan bemorlarda dozalash tartibini tuzatish talab qilinadi (ya’ni kreatinin klirensi (KK) minutiga 20 ml dan kam bo‘lganida, sutkada 2 marta buyurilganida bir martalik doza o‘rtacha dozaning 50% tashkil qilishi kerak, yoki odatdagi bir martalik doza sutkada bir marta yuboriladi). Keksa yoshli bemorlar uchun dozani kamaytirish kerak (odatda 1/3 ga). Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llarining asoratlanmagan infektsiyalarida 0,25-0,5 g dan sutkada 2 marta buyuriladi; asoratlanganda-500-750 mg da sutkada ikki marta, davolash kursi 7-10 kun. Asoratlanmagan gonoreyada 0,25-0,5 g bir marta; gonoreya infektsiyasi xlamidiya va mikoplazma bilan birga qo‘shilganida 0,75 g dan har 12 soatda 7-9 kun davomida. Burun-xalqumda meningokokk tashuvchilikda bir marta 0,5 g yoki 0,75 g buyuriladi. Salmonellarni surunkali tashuvchilikda 0,25 g dan sutkada 4 marta buyuriladi. Pnevmoniyada, osteomiyelitda 0,75 g dan sutkada 2 marta 7-14 kun davomida buyuriladi. Staphylococcus aureus chaqirgan me’da-ichak yo‘llarining infektsiyalarida 0,75 g dan har 12 soatda 7-28 kun davomida buyuriladi.

Me’da-ichak yo‘llari va jigar tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, ovqat hazm bo‘lishining buzilishi, diareya, qorin sohasida og‘riq, meteorizm, ishtahani yo‘qolishi, xolestatik sariqlik, gepatit. Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, migren, charchoqlik, holsizlik, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, qaltirash, periferik nevralgiya, paresteziyalar, ko‘p terlash, harakat koordinatsiyasini buzilishi, tirishish, bezovtalik holati, depressiya, gallyutsinatsiyalar, dahshatli tushlar ko‘rish (bu reaktsiyalar preparatni bekor qilishni talab qiladi). Teri tomonidan: qichima, eshakemi, fotosensibilizatsiya, qizarish. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, xushdan ketish, gipertenziya, stenokardiya, miokard infarkti, tserebral trombozlar. Qon va uning komponentlari tomonidan: eozinofiliya, leykopeniya, leykotsitoz, kamqonlik, gemolitik kamqonlik, trombotsitopeniya, trombotsitoz. Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, kristalluriya, albuminuriya, uretral qon ketishlar, hatto tranzitor buyrak yetishmovchiligining rivojlanishigacha bo‘lgan faoliyatlar buzilishi. Sezgi a’zolari tomonidan: ta’m va hid sezishni buzilishi, ko‘rishning buzilishi (diplopiya, xromatopsiya), quloqlarda shovqin, vaqtinchalik quloq og‘irligi (ayniqsa baland tovushlarga). Allergik va immunopatologik reaktsiyalar: teri toshmalari, dorilar ta’siridagi isitma, kam hollarda – Kvinke shishi, bronxospazm, artralgiya,  juda kam hollarda – anafiliktik shok, petexiyalar, gemorragik pufakchalar, mialgiya, vaskulit, Stivens-Djonson sindromi, Layel sindromi.

Tsiprofloksatsinga yoki har qanday boshqa xinolon preparatlariga yuqori sezuvchanlik, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar (yoshlarda tog‘aylarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin), keksalik yoshi, homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Bir vaqtda buyurilganida ftorxinolonlardan tashqari, boshqa antibiotiklar va antibakterial vositalarning ta’sirini susayishi aniqlanmagan. Bir vaqtda temir preparatlari, sukralfat tarkibida alyuminiy, magniy yoki kaltsiy gidroksidini saqlovchi antatsidlarni qabul qilish preparatning so‘rilishini pasayishini chaqiradi, shuning uchun bu preparatlarni buyurish orasidagi vaqt 4 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Teofillin bilan bir vaqtda qabul qilish uning nojo‘ya ta’sirini kuchaytiradi, bu teofilinning dozasini kamaytirishni talab qilishi mumkin. Varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanganida varfarinning oxirgi ta’siri kuchayadi. Probenetsid bilan birga buyurilganida preparatning ta’siri kuchayadi.

Bosh miya tomirlarining yaqqol aterosklerozi, miya qon aylanishining buzilishlari, anamnezida tutqanoq, tirishish hurujlari, jigar va buyraklar faoliyatini yaqqol buzilishlari bo‘lgan (faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha) keksa yoshli patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Davolanish davrida bemorlar yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilishlari lozim. Preparat reaktsiyalar tezligini pasayishini chaqirishi mumkin (ayniqsa alkogol bilan bir vaqt qo‘llanganida), buni kasbi diqqat va tezkor reaktsiyalarni talab qiladigan shaxslar (masalan, transport haydovchilari) hisobga olishlari kerak. Og‘ir va uzoq davom etuvchi diareya holida soxtamembranoz kolit tashhisini istisno qilish kerak, u preparatni darhol bekor qilishni va muvofiq davolashni buyurishni talab qiladi. Preparat bilan davolanish davrida ayrim laboratoriya ko‘rsatgichlari o‘zgarishi mumkin: siydikda cho‘kma paydo bo‘lishi, qon zardobida kreatinin, mochevina, bilirubin, jigar transaminazalarining kontsentratsiyasini vaqtincha oshishi; ayrim hollarda – giperglikemiya, kristalluriya yoki gematuriya, protrombin ko‘rsatgichlarini o‘zgarishi. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Retsept bo‘yicha Ulashish: 17 702 Views

Birlamchi o‘ram: 10 tabletka alyumin folga va PVX plyonkadan bo‘lgan blisterda; Ikkilamchi o‘ram: 1 blster qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton qutida.