Tsiproktsin 250/500retsept bilan

Tarkibi:

1 tabletka saqlaydi: Faol modda: tsiprofloksatsin gidroxloridi 250 mg, 500 mg. Yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, mikrokristallik tsellyuloza, natriy metilgidroksibenzoat, natriy propilgidroksibenzoat, magniy stearati, tozalangan talk, natriy kraxmal glikolyati, kolloid kremniy dioksidi, natriy kroskarmelloza, quruq kraxmal. Plyonka qobig‘i: gidroksipropilmetiltsellyuloza, tozalangan talk, titan dioksidi, polietilen glikol-6000.

Preparatning savdo nomi:

Tsiproktsin 250/500

Farmakalogik guruhi:

antibakterial sintetik vositalar (ftorxinolonlar guruhi).

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

oq, ta’siri uzaytirilgan, ikki tomoni qavariq, plyonkali qobiq bilan qoplangan bir tomonida “CIPROKCIN 250” (Tsiproktsin 250 tabletkalar uchun), “CIPROKCIN 500” (Tsiproktsin 500 tabletkalar uchun) yozuvli tabletkalar.

antibakterial sintetik vositalar (ftorxinolonlar guruhi).

J01MA02

Tsiproktsin me’da-ichak yo‘llaridan tez va yaxshi so‘riladi. Asosan o‘n ikki barmoq va ingichka ichaklarda so‘riladi. Ichga qabul qilinganida tsiprofloksatsinning biologik kiraolishligi 70 dan 80% gachani tashkil etadi. Ovqat qabul qilish so‘rilishini sekinlashtiradi, ammo Smax va biokiraolishligini o‘zgartirmaydi. Taxminan 20-30% qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanadi. Preparat qabul qilingan vaqtdan toki uni qonda paydo bo‘lishi aniqlanishigacha bo‘lgan vaqti, odatda 30 minutdan kam. Qonda maksimal kontsentratsiyaga yetish vaqti 1-1,5 soatni tashkil etadi. To‘qimalar, suyuqlik va ho‘jayralarga kirib yuqori kontsentratsiya xosil qiladi. Tsiprofloksatsinning o‘pka to‘qimasidagi va prostata bezidagi kontsentratsiyasi qon zardobidagi kontsentratsiyasidan bir necha marta ortiq. Jigarda metabolizmga uchrab, kam faol metabolitlari hosil qiladi. Buyrak klirensi minutiga 3-5 ml/kg ni tashkil etadi. Asosan buyraklar orqali, (30-60% atrofida o‘zgarmagan xolda, 15% metabolitlar holida) va qolgan qismi axlat bilan chiqariladi. Ichga qabul qilinganidan so‘ng yarim chiqarilish davri 3-5 soat. Buyraklarning faoliyati sezilarli buzilganida bu ko‘rsatkich oshishi mumkin (hatto 12 soatgacha).

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalari (o‘tkir va surunkali piyelonefrit, obstruktiv litiaz, tsistit, siydik yo‘llarining asoratlangan yoki qaytallanuvchi infektsiyalari, prostatit, epididimit), nafas yo‘llarini infektsiyalari (pnevmoniya, bronxopnevmoniya, infektsiyalangan plevrit, o‘pka abstsessi, infektsiyalangan bronxoektazlar, surunkali bronxitning kuchayishi), teri va yumshoq to‘qimalarni infektsiyalari (infektsiyalangan yaralar, jarohat infektsiyalari, abstsesslar, tsellyulitlar, tashqi otit, infektsiyalangan kuyishlar), me’da-ichak yo‘llarining infektsiyalari (qorin tifi, bakterial diareya va boshqalar), qorin bo‘shlig‘ining infektsiyalari (peritonit, qorin bo‘shlig‘i ichidagi abstsess, xolangit, xoletsistit, o‘t qopi empiyemasi), ko‘z, o‘rta quloq va yondosh bo‘shliqlar, suyak va bo‘g‘imlar, kichik chanoq a’zolarining infektsiyalari, gonoreya. Immuniteti pasaygan bemorlarda infektsiyalarni oldini olish va davolash.

Ichga. Tabletkalarni och qoringa yoki ovqatdan so‘ng, butunligicha ozgina suyuqlik bilan yutish lozim. Doza infektsiyaning joylashishi va kechishini og‘irlik darajasiga, shuningdek mikroorganizmning sezgirligiga bog‘liq holda ravishda shaxsiy belgilanadi. Buyrak faoliyatining o‘rtacha va yaqqol buzilishlari bo‘lgan bemorlarda dozani to‘g‘rilash talab qilinadi (ya’ni kreatinin klirensi 20 ml/min dan kam bo‘lganida, bir martalik doza o‘rtacha dozaning 50% sutkada 2 marta buyuriladi yoki odatdagi bir martalik doza sutkada bir marta yuboriladi). Juda og‘ir hollarda va tsiprofloksatsinga sezgirligi kam bo‘lgan mikroorganizmlar chaqirgan qaytallanuvchi infektsiyalarda, preparatning kunduzgi dozasini bir qabulga 750 mg gacha oshirish mumkin, kuniga 2 marta xar 12 soatda qabul qilinadi. Keksa bemorlar uchun dozani kamaytirish lozim (odatda 1/3 ga). Siydik chiqarish yo‘llari infektsiyalarida sutkada 2 marta 0,25-0,5 g dan buyuriladi; davolash kursi 7-10 kun. Asoratlanmagan gonoreyada bir marta 0,25-0,5 g; gonokokk infektsiyasi xlamidiya va mikoplazma infektsiyasi bilan birga qo‘shilganida 0,75 g dan har 12 soatda 7-9 kun davomida buyuriladi. Shankroidda 0,5 g dan sutkada ikki marta bir necha kun. Burun-xalqumdagi meningokokk tashuvchilikda bir marta 0,5 g yoki 0,75 g dozada. Salmonellalarni surunkali tashuvchilikda 0,25 g dan sutkada 4 marta buyuriladi. Pnevmoniyada, osteomiyelitda 0,75 g dan sutkada 2 marta, 7-14 kun davomida buyuriladi. Staphylococcus aureus chaqirgan me’da-ichak yo‘llarining infektsiyalarida 0,75 g dan har 12 soatda, 7-28 kun davomida buyuriladi.

Me’da-ichak yo‘llari va jigar tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, ovqat hazm bo‘lishining buzilishi, diareya, qorin sohasida og‘riq, meteorizm, ishtahani yo‘qolishi, xolestatik sariqlik, gepatit. Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, migren, charchoqlik, holsizlik, uyqusizlik, qo‘zg‘alish, tremor, periferik nevralgiya, paresteziyalar, ko‘p terlash, harakat koordinatsiyasini buzilishi, tirishish, bezovtalik, depressiya, gallyutsinatsiyalar, tungi dahshatlar (bu reaktsiyalar preparatni bekor qilishni talab qiladi). Teri reaktsiyalari: qichishish, eshakemi, fotosensibilizatsiya, qizarish. Yurak-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, hushdan ketishlar, gipertenziya, stenokardiya, miokard infarkti, tserebral trombozlar. Qon yaratish tizimi tomonidan: eozinofiliya, leykotsitopeniya, leykotsitoz, anemiya, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, trombotsitoz. Siydik-chiqarish tizimi tomonidan: glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, kristalluriya, albuminuriya, uretral qon ketishlar, xatto tranzitor buyrak yetishmovchiligi rivojlanishigacha bo‘lgan faoliyatini buzilishi mumkin. Sezgi a’zolari tomonidan: ta’m va hid sezishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi (diplopiya, xromatopsiya), quloqda shovqin, vaqtinchalik eshitmaslik (ayniqsa baland tovushlarga). Allergik va immunopatologik reaktsiyalar: teri toshmalari, dorilar ta’siridagi isitma, kam – Kvinke shishi, bronxospazm, artralgiya, juda-kam hollarda – anafiliktik shok, petexiyalar, gemorragik pufakchalar, mialgiya, vaskulit, Stivens-Djonson sindromi, Layella sindromi kuzatilishi mumkin.

Tsiprofloksatsinga yoki boshqa ftorxinolonlarga yuqori sezuvchanlik, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar (yoshlarda tog‘aylarni shikastlanishiga olib kelishi mumkin), keksalar, homilador va emizikli ayollarda qo‘llash mumkin emas.

Ftorxinolonlardan tashqari, boshqa antibiotiklar va antibakterial vositalar bilan bir vaqtda buyurilganida, ularning ta’sirining susayishi aniqlanmagan. Temir preparatlari, sukralfat, alyuminiy, magniy yoki kaltsiy gidroksidini saqlovchi antatsidlar bir vaqtda qabul qilinganida preparatning so‘rilishini pasayishini chaqiradi, shuning uchun bu preparatlarni qo‘llash orasidagi vaqt 4 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Teofilin bilan bir vaqtda qo‘llash uning nojo‘ya ta’sirini kuchaytiradi, bu teofilinning miqdorini kamaytirishni talab qiladi. Tsiklosporin bilan bir vaqtda qabul qilish kreatininning qon plazmasidagi darajasini oshishiga olib keladi, shuning uchun ushbu ko‘rsatkichni nazorat qilish (haftada 2 marta) lozim. Varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanganida varfarinning ta’siri kuchayadi. Probenetsid bilan birga buyurish preparatning ta’siri kuchaytiradi.

Bosh miya tomirlarining yaqqol aterosklerozi, miya qon aylanishining buzilishlari, tutqanog‘i, anamnezida tirishish hurujlari bo‘lgan, buyrak faoliyati buzilgan bemorlarda (faqat hayotiy ko‘rsatmalar bo‘yicha) ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Davolanish vaqtida bemorlar yetarli miqdorda suyuqlik qabul qilishlari lozim. Og‘ir darajali va uzoq davom etuvchi diareya hollarida soxtamembranoz kolit tashhisini istisno qilish lozim, u preparat qo‘llashni darhol bekor qilishni va kerakli davolashni buyurilishini talab qiladi. Preparat bilan davolash fonida ayrim laboratoriya ko‘rsatkichlari o‘zgarishi mumkin: siydikda cho‘kma paydo bo‘lishi, qon zardobida kreatinin, mochevina, bilirubin, jigar transaminazalarining kontsentratsiyasini vaqtincha oshishi; ayrim hollarda – giperglikemiya, kristalluriya yoki gematuriya, protrombin ko‘rsatkichlarini o‘zgarishi. Davolanish vaqtida fotoallergik reaktsiyalarining paydo bo‘lish ehtimoli tufayli, bevosita quyosh nurlari bilan kontaktdan saqlanish kerak. Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Preparat reaktsiyalar tezligini pasaytirishi mumkin (ayniqsa alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanganida),  kasbi yuqori diqqat va tezkor reaktsiyalarni talab etadigan shaxslar (masalan, transport haydovchilari) hisobga olishlari kerak. Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Salqin, qorong‘u va quruq joyda saqlansin.

Simptomlari: ba’zida tsiprofloksatsin dozasi ahamiyatli darajada oshirib yuborilganida buyraklarni o‘tkinchi shikastlanishi aniqlangan. Davolash: maxsus antidoti noma’lum. Me’dani yuvish va qusishni chaqirish kerak. Qo‘shimcha ravishda gemodializ yoki peritoneal dializ o‘tkazish mumkin.

Retsept bo‘yicha

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 250 mg va 500 mg dan 10 tabletka alyumin stripda, 1 strip qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida..

3 yil.