tsiproksimretsept bilan

Tarkibi:

faol modda: tsiprofloksatsin – 2 mg, natriy xlorid – 9 mg; yordamchi modda: inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tsiprofloksatsin

Preparatning savdo nomi:

tsiproksim

Farmakalogik guruhi:

Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).

Dori shakli:

infuziya uchun eritma

oqdan och-sariq ranggacha bo‘lgan, tiniq eritma.

Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi).

J01MA02

To‘qima, a’zolar va organizm orqali: hujara (leykotsitlar, alveolyar makrofagi), teri, yumshoq to‘qima, suyaklar, qorin pardasi a’zolari va kichik tos, nasaf olish tizimi, siydik, so‘lakda, safroda, prostata bezining to‘qimasida, GET orqali yaxshi o‘tadi, yo‘ldosh to‘sig‘i orqali, ko‘krak suti bilan ajraladi. Orqa miya suyuqligiga yallig‘langan va yallig‘lanmagan miya pardalariga (14-60%) orqali o‘tadi.

Preparatni katta yoshdagi bemorlarda sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infektsion-bakterial bemorlarda qo‘llash mumkin: nafas yo‘llari kasalliklarida (o‘tkir va surunkali bronxit, pnevmoniya, bronxoektatik kasalligi, mukovistsidoz);LOR-organlari ifektsiyalarida (o‘rta otit, gaymorit, fronit, sinusit, mastoidit, tonzilit, faringit);Buyrak vasiydik-chiqarish yo‘llari infektsiyalari (tsistit, piyelonefrit);Kichik chanoq a’zolari va jinsiy a’zolarning infektsiyalari (prostatit, adneksit, salpingit, offorit, endometrit, tubulyar abstsess, pelvioperitonit, gonoreya, yumshoq shankr, xlamidioz);Qorin bo‘shlig‘i infektsiyalari (me’da-ichak va safro yo‘llarining bakterial infekitsiyalari), peritonit, qorin pardasi ichki abstsessi, salmonellez, qorin tifi, kampilobakterioz, iyersinioz, shigellez, xolera);Teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (infektsiyalangan jaroxatlar, yaralar, kuyishlar, abstsesslar, flegmonalar);Suyak va bo‘g‘im infektsiyalari (osteomiyelit, septik artrit);Sepsis;Immun tanqisligi fonidagi infektsiyalar (immunodepressant preparatalari bilan davolashdagi yoki neyropeniyali bemorlarda, shuningdek immunodepressantlar bilan davolash fonidagi ichak tanlangan dekontaminatsinlari).

Vena ichiga yuborish uchun 200 mg 100 ml dan tsiprofloksatsin eritmasini 30-60 minut davomida tomchilab yuborish uchun buyuriladi. Siydik chiqarish yo‘llarining infektsion shikastlanishini asoratlanmagan shakllarida 100 mg dan sutkada 2 marta buyuriladi. Siydik chiqarish yo‘llarining infektsion jarayonlarni asoratlangan shakllarida tavsiya etilgan bir martalik doza – 200 mg, yuborish davomiyligi sutkada 2 mrta. O‘tkir gonoreya, tsistitda 100 mg dozada bir marta buyuriladi. Quyi nafas yo‘llarining infektsiyalarida 200-400 mg dan sutkada 2 marta. Quyi nafas yo‘llarining (shu jumladan streptokokkli pnevmoniya), suyak-bo‘g‘im tizimining og‘ir infektsiyalarida, septitsemiya, peritonitda (asosan Pseudomonas, Staphylococcus, Streptococcus) mavjudligida tavsiya etilgan bir martalik doza – 400 mg, yuborish davomiyligi sutkada 3 martani tashkil qiladi. Jarrohlik aralashuvlardagi infektsiyalari oldini olish uchun 200-400 mg dan operatsiyadan 0,5-1 soat oldin; operatsiyani 4 soatdan uzoq davom etishida ushbu dozada takroriy yuboriladi. Boshqa infektsiyalarda (kechish og‘irligiga qarab) – 200-400 mg dan sutkada 2 marta. Davolash davomiyligi kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liq. Davolashni o‘rtacha davomiyligi: asoratlanmagan gonoreya va tsistitda 1 kun, buyrak, siydik chiqarish yo‘llari va qorin bo‘shlig‘i infektsiyalarida 7 kungacha, osteomiyelitda 2 oygacha, boshqa infektsiyalarda 7-14 kunni tashkil qiladi. Immuniteti susaygan patsiyentlarda davolashni neytropeniyani butun davri davomida o‘tkaziladi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanilishi Kreatinin klirensi minutiga 31-60 ml bo‘lganda sutkalik doza 800 mg dan oshmasligi lozim. Kreatinin klirensi minutiga 30 ml dan kam bo‘lganda maksimal sutkalik doza – 400 mg. Keksa yoshdan patsiyentlarda qo‘llanilishi Geriatriyada kasallikni og‘irligiga va kreatinin klirensiga qarab preparatni iloji boricha past dozasini qo‘llash lozim.

ta’mni buzilishi, ishtahani pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, meteorizm, diareya, dispepsiya.bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, charchoqlik hissi, qo‘zg‘aluvchanlik, qo‘rqinchli tush ko‘rish, gallyutsinatsiyalar, xushdan ketishlar, ko‘rish va eshitishni buzilishi, ongni chalkashishi, tirishishlar, paresteziyalar, xarakat buzilishlari, shu jumladan yurgandaxolestatik sariqlik (asosan jigar kasalliklarini o‘tkazgan patsiyentlarda), gepatit, jigar yetishmovchiligisoxtamembranoz kolitjigar yetishmovchiligi, gematuriya, kristalluriya (eng avvalo ishqoriy siydikda va past diurezda), interstitsial nefrit, dizuriya, poliuriya, siydikni tutilishi, albuminuriya, uretral qon ketishtaxikardiya, yurak ritmini buzilishi, arterial gipotenziya, qorinchalar aritmiyasi, vaskulitanafilaktik reaktsiyalar, teri toshmalari, terini qichishishi, toshma, eshakemi, bronxospazm, Kvinke shishi, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromiartralgiya, artrit, mialgiya, tendovaginit, paylarni uzilishikandidozfotosensibilizatsiyaeozinofiliya, leykopeniya, neytropeniya, trombotsitoz, trombotsitopeniya, gemolitik anemiyajigar transaminazalari, ishqoriy fosfatazani faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, laktatdegidrogenaza, bilirubinni oshishigiperglikemiya, giperkreatininemiya, giprotrombinemiyayurak ritmini buzilish, EKG da QT intervalini uzayishiyuborish joyida og‘riq, achishish hissi, flebito‘tkir tarqalgan pustulez

tsiprofloksatsinga yoki ftorxinolonlar guruhining boshqa preparatlariga yuqori sezuvchanliktizanidin va teofillin bilan bir vaqtda qabul qilish (arterial bosimini yaqqol pasayishi xavfi, uyquchanlik)paylarni shikastlanishi (shu jumladan tendovaginit), paylarni uzilishi, mushaklarni shikastlanishi (rabdomioliz)avval ftorxinolonlar bilan davolanganda paylarni shikastlanishibolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarhomiladorlik va laktatsiya davrisoxtamembranoz kolitda qo‘llash mumkin emas.

Antatsidlarni, shuningdek alyuminiy, temir yoki magniy ionlarini saqlovchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish tsiprofloksatsinni so‘rilishini kamayishini chaqirishi mumkin, shuning uchun ushbu preparatlarni buyurishlari orasidagi interval kamida 4 soat bo‘lishi lozim. Tsiprofloksatsinni teofillin va kofein bilan bir vaqtda qabul qilish tsitoxrom R450 ni bog‘lash sohalarida raqobatli ingibitsiya qilish hisobiga ularning qon plazmasidagi kontsentratsiyasini oshishiga olib kelishi mumkin, bu teofillinning yarim chiqarilish davrini uzayishiga va teofillin bilan bog‘liq toksik ta’sir rivojlanishi xavfi oshishiga olib kelishi mumkin. Tsiprofloksatsin va antikoagulyantlarni bir vaqtda qo‘llanganda qon ketishlar vaqti uzayadi. Tsiprofloksatsin va tsiklosporinni bir vaqtda qo‘llanganda, tsiklosporinning pefrotoksik ta’siri kuchayadi. Beta-laktam antibiotiklar, aminogltkozidlar, vaknomitsin, klindamitsin bilan birgalikda qo‘llanganda preparatni faolligi oshadi. Tsiprofloksatsinni metrotreksat bilan birga qo‘llanganda, metotreksatning toksik ta’sir xavfi oshadi. Probentsid qon plazmasida tsiprofloksatsin kontsentratsiyasini oshirishi mumkin. Tsiprofloksatsin fenitoin bilan birga qo‘llanganda, ayrim bemorlarda qon zardobida fenitoinning darajasini o‘zgarishi (oshishi yoki pasayishi) aniqlangan. Tsiprofloksatsinni glibenklamid bilan birgalikda qo‘llanganda gipoglikemiya rivojlanishi mumkin. Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan birga qo‘llanganda MNT qo‘zg‘aluvchanligini oshishi va tirishishlarini kelib chiqishi xavfi mavjud. Tsiprofloksatsin eritmasi rN 3-4 bo‘lgan, ya’ni fizik yoki kimyoviy barqaror bo‘lmagan eritmalar yoki dori preparatlari bilan nomutanosibdir.

Tutqanog‘i bo‘lgan bemorlarga, anamnezida tirishish xurujlari, qon-tomir kasalliklari va bosh miyaning organik shikastlanishlari bo‘lgan patsiyentlarga, MNT tomonidan nojo‘ya reaktsiyalarni rivojlanishi xavfi tufayli, tsiprofloksatsinni faqat hayotiy ko‘rsatmalari bo‘yicha buyurish lozim. Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga tsiprofloksatsinni buyurishda ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish lozim. Tsiprofloksatsin bilan davolanish davrida, bevosita quyosh nurlaridan saqlanish lozim. Kristalluriyani kelib chiqishini oldini olish uchun, preparat bilan davolash davrida normal diurezni ta’minlash uchun yetarli miqdordagi suyuqlikni qabul qilish zarur. Paylarda og‘riq vujudga kelsa yoki tendovaginitni birinchi belgilari paydo bo‘lsa, davolashni to‘xtatish lozim. Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda tsiprofloksatsinni qo‘llanganda gemoliz rivojlanishi mumkin. Shuning uchun, tsiprofloksatsin bilan davolashni juda extiyotkorlik bilan o‘tkazish lozim. Davolash vaqtida yoki keyin og‘ir va davomdi diareya paydo bo‘lganda soxtamembranoz kolit tashxisini istisno qilish lozim, bu tsiprofloksatsin preparatini darhol bekor qilishni va muvofiq davolashni buyurishni talab etadi. Ushbu vaziyatda peristaltikaga qarshi preparatlarni qo‘llash mumkin emas. Tsiprofloksatsinni infuzion eritmasi yorug‘lik ta’siriga sezgir, flakonni faqat qo‘llashdan oldin o‘ramdan oldish kerak. Transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta’sir qilishni o‘ziga xosligi. Tsiprofloksatsin qabul qilayotgan patsiyentlar avtomobilni haydash va yuqori e’tiborni va tez psixomotor reaktsiyalarni talab etadigan boshqa potentsail xavfli turdagi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim (ayniqsa alkogolni bir vaqtda iste’mol qilganda). Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin. Flakon butunligi buzilganda va eritmaning tiniqligi o‘zgarganda qo‘llash man etiladi! Preparatni bolalar ola olmaydigan joyda saqlash va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatmaslik lozim

Quruq, yorug‘ikdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Simptomlari: nojo‘ya ta’sirlarni kuchayishi. Davolash: simptomatik. Maxsus antidoti noma’lum. Bemorni holatini sinchkovlik bilan nazorat qilish, me’dani yuvish o‘tkazish, kechiktirib bo‘lmaydigan oddiy choralarni o‘tkazish, yetarli miqdordagi suyuqlikni tushishini ta’minlash zarur. Gemo- yoki peritoneal dializ yordamida preparatni faqat kam miqdori ajralib chiqarilishi mumkin (kamida 10%).

Shifokor retsepti bo‘yicha

100 ml dan polipropilen flakonda (shisha butilkada). 1 flakon (shisha butilka) qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga yoki polipropilen plenkadan tayerlangan o‘ramga joylangan.

2 yil.