Tsiproksretsept bilan

Tarkibi:

Har bir tabletki quyidagilarni saqlaydi: faol modda: tsiprofloksatsin – 250 mg yoki 500 mg; yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, mikrokristall tsellyuloza, laktoza, metilgidroksibenzoat, propilgidroksibenzoat, magniy stearati, tozalangan talk, natriy kraxmal glikolyati, suvsiz kolloid kremniy, gidroksi propilmetiltsellyuloza-Ye-15, titan dioksidi

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tsiprofloksatsin gidroxloridi

Preparatning savdo nomi:

Tsiproks

Farmakalogik guruhi:

ftorxinolonlar guruhiga mansub bo‘lgan antibakterial sintetik vosita.

Dori shakli:

plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

oqdan och-sariq ranggacha bo‘lgan, dumaloq, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

ftorxinolonlar guruhiga mansub bo‘lgan antibakterial sintetik vosita.

J01MA02

Preparat me’da-ichak yo‘llaridan tez va yaxshi so‘riladi. Preparat qabul qilingan vaqtdan boshlab qonda aniqlangunigacha odatda 30 minutdan kam vaqt ketadi. Qonda maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti 1 soatdan 1,5 soatgacha vaqtni tashkil etadi. Asosan buyraklar orqali, shuningdek ichak orqali o‘zgarmagan holda chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 3-5 soatni tashkil etadi. Buyrak faoliyati ahamiyatli darajada buzilganida ushbu ko‘rsatkich uzayishi (12 soatgacha) mumkin.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalari (o‘tkir va surunkali piyelonefrit, obstruktiv litiaz, tsistit, siydik yo‘llarining asoratlangan va qaytalanuvchi infektsiyalari, prostatit, epididimit); nafas yo‘llarining infektsiyalari (pnevmoniya, bronxopnevmoniya, infektsiyalangan plevrit, o‘pka abstsessi, infektsiyalangan bronxoektazlar, surunkali bronxitni zo‘rayishi); yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari (infektsiyalangan yaralar, jarohat infektsiyalari, abstsesslar, tsellyulitlar, tashqi quloq otiti, infektsiyalangan kuyishlar), me’da-ichak yo‘llarining infektsiyalari (qorin tifi, bakterial diareya va boshq.), qorin bo‘shlig‘i infektsiyalari (peritonit, qorin bo‘shlig‘i abstsessi, xolangit, xoletsistit, o‘t pufagi empiyemasi), ko‘z, o‘rta quloq va yondosh bo‘shliqlar, suyaklar hamda bo‘g‘imlar, kichik chanoq a’zolarining infektsiyalar, gonoreyada qo‘llanadi. Immuniteti past bo‘lgan bemorlarda infektsiyani oldini olish va davolash uchun qo‘llanadi.

Ichga qabul qilinadi. Tabletkalarni butun holda och qoringa yoki ovqatdan so‘ng, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan yutish kerak. Preparatning dozasi infektsiyani lokalizatsiyasi va og‘irligi, shuningdek mikroorganizmning sezuvchanligiga qarab individual ravishda aniqlanadi. Buyrak faoliyatini o‘rtacha va yaqqol darajada buzilishi bo‘lgan bemorlarga dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etiladi (kreatinin klirensi minutiga 20 ml dan kam bo‘lganida bir martalik dozasi o‘rtacha dozaning 50% ni tashkil etishi kerak, sutkada 2 marta buyuriladi yoki odatdagi sutkalik doza sutkada 1 marta yuboriladi). Keksa yoshdagi patsiyentlar uchun dozani (odatda 1/3 ga) kamaytirish kerak. Siydik chiqarish yo‘llarining infektsiyalarida 0,25-0,5 g dan sutkada ikki marta buyuriladi; davolash kursi 7-10 kunni tashkil etadi. Asoratlanmagan gonoreyada 0,25-0,5 g dan bir marta buyuriladi; gonokokkli infektsiya xlamidiyali va mikoplazmali infektsiya bilan qo‘shilganida 0,75 g dan har 12 soatda 7-9 kun davomida buyuriladi. Shankroidda    0,5 g dan sutkada ikki marta bir necha kun davomida qabul qilinadi. Burun halqumda meningokokk tashuvchilarga 0,5 g yoki 0,75 g dozada bir marta buyuriladi. Salmonellalarni surunkali tashuvchilarga 0,25 g dan sutkada 4 marta buyuriladi. Pnevmoniyada, osteomiyelitda 0,75 g dan sutkada 2 marta 7-14 kun davomida buyuriladi. Me’da-ichak yo‘llarining Staphylococcus aureus chaqirgan infektsiyalarida 0,75 g dan har 12 soatda 7-28 kun davomida buyuriladi.

Me’da-ichak yo‘llari va jigarga ta’siri: ko‘ngil aynishi, qusish, ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, diareya, dispepsiya, qorin sohasida og‘riq, meteorizm, ishtahani yo‘qolishi, xolestatik sariqlik, gepatit. Nerv tizimiga ta’siri: bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, migren, toliqish, holsizlik, uyqusizlik, qo‘zg‘aluvchanlik, tremor, periferik nevralgiya, paresteziyalar, kuchli terlash, harakatlar koordinatsiyasini buzilishi, tirishishlar, bezovtalik holati, depressiya, gallyutsinatsiyalar, tungi qo‘rquvlar (bu reaktsiyalar preparatni bekor qilishni talab etadi). Teri reaktsiyalari: qichishish, eshakemi, fotosensibilizatsiya, qizarish. Yurak-qon tomir tizimiga ta’siri: taxikardiya, xushdan ketishlar, gipertenziya, stenokardiya, miokard infarkti, tserebral trombozlar. Qon va uning komponentlariga ta’siri: eozonofiliya, leykotsitopeniya, leykotsitoz, anemiya, gemolitik anemiya, trombotsitopeniya, trombotsitoz. Siydik chiqarish tizimiga ta’siri: glomerulonefrit, dizuriya, poliuriya, kristalluriya, albuminuriya, uretral qon ketishlar, buyrak faoliyatini tranzitor buyrak yetishmovchiligigacha buzilishi. Sezgi a’zolariga ta’siri: ta’m bilish va hid bilishni buzilishi, ko‘rishni buzilishi (diplopiya, xromatopsiya), quloqlarni shang‘illashi, eshitishni vaqtinchalik buzilishi (ayniqsa yuqori tovushlarni eshitishni buzilishi). Anafilaktik va immunopatologik reaktsiyalar teri toshmalari, medikamentoz isitma, kam hollarda – Kvinke shishi, bronxospazm, artralgiya, juda kam hollarda – anafilaktik shok, petexiyalar, gemorragik pufakchalar, mialgiyalar, vaskulit, Stivens-Djonson sindromi, Layell sindromi.

Tsiprofloksatsinga yoki har qanday xinolon preparatlariga yuqori sezuvchanlik, 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar (yoshroq patsiyentlarda tog‘aylarni shikastlanishini chaqirishi mumkin), keksa yoshdagilar, homiladorlik, emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Bir vaqtda qo‘llanganida, ftorxinolonlardan tashqari, boshqa antibiotiklar yoki antibakterial vositalarning ta’sirini susaytirishi aniqlanmagan. Temir preparatlari, sukralfat, tarkibida alyuminiy, magniy yoki kaltsiy saqlovchi antatsidlarni bir vaqtda qabul qilish preparatning so‘rilishini pasaytiradi, shuning uchun ushbu preparatlarni buyurish o‘rtasidagi vaqt kamida 4 soat bo‘lishi kerak. Teofillin bilan bir vaqtda qabul qilish uning nojo‘ya ta’sirini kuchaytiradi, bunda teofillinning dozasi talab etilishi mumkin. Varfarin bilan bir vaqtda qo‘llanganida oxirgisining ta’siri kuchayadi. Preparatni probenetsid bilan birga buyurilganida preparatning ta’siri kuchayadi.

Anamnezida bosh miyadagi qon tomirlarni yaqqol ifodalangan aterosklerozi, bosh miyada qon aylanishini buzilishlari, tutqanoq, tirishish hurujlari, buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarga (faqat hayoti ko‘rsatmalar bo‘yicha) ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Davolanish vaqtida patsiyentlar yetarli miqdorda suyuqlik olishlari kerak. Preparat reaktsiyalar tezligini (ayniqsa, alkogol bilan bir vaqtda qo‘llanganida) pasaytirishi mumkin, diqqat hamda reaktsiyalar tezligini talab etadigan kasbdagi shaxslar (masalan, transport haydovchilari) yuqoridagini inobatga olish kerak. Og‘ir darajadagi va davomli diareya rivojlanganida soxta membranoz kolit tashxisini istisno qilish kerak, uning paydo bo‘lishi preparatni zudlik bilan bekor qilish va muvofiq davolashni buyurish talab etiladi. Preparat bilan davolanish fonida ba’zi laborator ko‘rsatkichlar o‘zgarishi mumkin: siydikda cho‘kma paydo bo‘lishi, qon zardobida mochevina, kreatinin, bilirubin, jigar transaminazalarining kontsentratsiyasini vaqtinchalik oshishi; ayrim hollarda – giperglikemiya, kristalluriya yoki gematuriya, protrombin ko‘rsatkichlari o‘zgarishi mumkin.

Salqin, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Davolash: spetsifik antidoti ma’lum emas. Bemorning ahvolini sinchiklab nazorat qilish, me’dani yuvish va boshqa shoshilinch yordam choralarini ko‘rsatish, organizmga yetarli miqdorda suyuqlik tushishini ta’minlash kerak. Gemo- yoki peritoneal dializ yordamida preparatning ahamiyatsiz miqdorigina (10% dan kam) chiqarilishi mumkin.

Retsept bo‘yicha

10 tabletkadan blisterda; 1 yoki 10 blister tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

5 yil.