Tsinepar Kidretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Har 5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi: faol modda: 162,5 mg paratsetamol BF, 100mg ibuprofen BF. yordamchi moddalar: povidon K-30, sukroza, metilparaben, propilparaben, ksantan yelimi, suvsiz kolloidli kremniy dioksidi (aerosil), benzoat natriy, natriy saxari, polisorbat 80, tsitrat kaliy, sorbitol, natriy adedati, bo‘yovchi “sariq shafaq” , “shirin apelsin” aromatizator, tozalangan suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

paratsetamol, ibuprofen

Preparatning savdo nomi:

Tsinepar Kid

Farmakalogik guruhi:

analgetiklar va antipiretiklar.

Dori shakli:

ichga qabul qilish uchun suspenziya

to‘q sariq rangli suspenziya

analgetiklar va antipiretiklar.

Qo‘llashdan oldin chayqatilsin. 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar: 10 ml dan 15 ml gacha kuniga 3 marta; 4 yoshdan 6 yoshgacha: 5 ml dan 10 ml gacha kuniga 3 marta; 1 yoshdan 4 yoshgacha: 5 ml dan kuniga 3 marta; 6 oylikdan 1 yoshgacha: 2,5 ml dan 5 ml gacha kunnga 3 marta yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha buyuriladi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik, peptik yara yoki me’da-ichakdan qon ketishlari, teri toshmalari, ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada diskomfort, bosh aylanishi, ba’zan turli xil allergik reaktsiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Nojo‘ya reaktsiyalarning simptomlari odatda preparatni qabul qilish to‘xtatilganda yo‘qoladi. Simptomlar davom etganda shifokorga murojaat etish kerak.

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, bronxospazm, astma, me’dani yara kasalligi va me’da-ichak qon ketishlari, buyrak funktsiyasini buzilishi, gipertoniyada qo‘llash mumkin emas.

Preparat buyrak va jigar funktsiyasini jiddiy buzilishi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Qorong‘i va quruq joyda, 250S dan past haroratda saqlansin.

Paratsetomol: Paratsetamolni 10 g yoki undan ko‘prok qabul qilinganda kattalarda jigar shiskastlashi mumkin. Uzoq vaqt karbamazepin, fenobarbiton, fenitoin, primidon, rifampitsin yoki jigar fermentlarini rag‘batlantiruvchi boshqa preparatlar qabul qiluvchi patsiyentlarda, yoki alkogolni me’yoridan ortiq muntazam iste’mol qiluvchi patsiyentlarda paratsetamolni 5 g dan yoki undan ko‘proq qabul qilinganda jigar shikastlanishi mumkin. Preparat qabul qilingandan keyin bir soat davomida faollashtirilgan ko‘mir bilan davolash asoslangan. Ibuprofen: Dozani oshirib yuborilishi ko‘ngil aynishi, qusish, epigastral sohada og‘riqlar yoki kam hollarda diareya bo‘lishi, bosh og‘rig‘i, me’da-ichak qon ketishlari kabi simptomlar bilan kechishi mumkin.

Retsept bo‘yicha Ulashish: 6 582 Views

60 ml qahrabo rangli plastik butilkada dozani o‘lchash tizimi (o‘lchov qoshig‘i) va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.