Tsinazin, Tsinazin Forteretsept bilan rasmini ko'rish

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tsinnarizin Dori shakli: tabletkalar Tarkibi: faol modda: tsinnarizin 25 mg yoki 75 mg; yordamchi moddalar: 25 mg – mikrokristall tsellyuloza, suvsiz laktoza, talk, aerosil, magniy stearati. 75 mg – mikrokristall tsellyuloza, laktoza monogidrati, natriy kraxmal glikolyati, gidroksipropiltsellyuloza, aerosil, talk, magniy stearati. Ta’rifi: 25 mg – oq rangli, dumaloq shaklli, bir tomonida riskasi bo‘lgan tabletkalar. 75 mg – oq rangli, dumaloq shaklli, bir tomonida ikkilangan riskasi bo‘lgan tabletkalar.

Preparatning savdo nomi:

Tsinazin, Tsinazin Forte

Farmakalogik guruhi:

Bosh miyada qon aylanishini buzilishlari va migrenni davolash uchun vositalar.

Bosh miyada qon aylanishini buzilishlari va migrenni davolash uchun vositalar.

N07CA02

Ichga kabul qilinganidan keyin preparat me’da-ichak yo‘llaridan so‘riladi. Qon plazmasida maksimal qontsentratsiyasi 1-3 soatdan keyin aniqlanadi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 91% ni tashkil qiladi. Tsinnarizinning metabolizmi to‘liq dealkillanish yo‘li orqali kechadi. Yarim chiqarilish davri 4 soatni tashkil qiladi. Metabolitlar ko‘rinishida siydik (1/3) va axlat bilan (2/3) chiqariladi.

Bosh miyada qon aylanishini ishemik turdagi buzilishlarini davolash; miyada qon aylanishi buzilishlarini qoldik ko‘rinishlari; bosh-miya jarohatlari; distsirkulyator entsefalopatiya, xususan, tserebral ateroskleroz, migren (xurujlarni oldini olish uchun xam), paresteziyalarni, oyok-qo‘llarning tungi og‘riqlarini, trofik buzilishlarini, oyoklarning obliteratsiyalanuvchi kasalliklarini, shu jumladan “o‘zgarib turadigan oqsoqlikni”, Menyer kasalligini, Reyno kasalligini davolashda qo‘llanadi. Vestibulyar buzilishlarda (bosh aylanishi, quloq shang‘illashi, nistagm, ko‘ngil aynishi, labirint buzilishlari oqibatidagi qusishlar) erishilgan samarani bir maromda saqlab turuvchi davolash sifatida xam tavsiya qilinadi.

Tabletkalar ichga, ovqatdan keyin chaynamasdan, suv bilan ichiladi. Bosh miyada qon aylanishini buzilishlarida 25-50 mg dan (1-2 Tsinazin® tabletkalari) kuniga 3 marta; periferik qon aylanishining buzilishlarida 50-75 mg dan (2-3 Tsinazin® tabletkalari yoki 1 Tsinazin® Forte tabletkasi) kuniga 3 marta; vestibulyar buzilishlarda 25 mg (1 tabletka Tsinazin®) kuniga 3 marta. Dengiz va havo kasalligini oldini olish uchun 1 tabletkadan (25 mg) yo‘lga chiqishdan 30 minut oldin, zarurat bo‘lganida 6-8 soatdan keyin takroran kabul qilinadi. Bolalarga doza 2 marta kamaytiriladi.

Nerv tizimi tomonidan: uyquchanlik, yuqori toliqish. Juda uzoq muddat qo‘llanilganda – periferik nervlarning shikastlanishi, ekstrapiramid buzilishlarni paydo bo‘lishi kuzatiladi. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: og‘iz qurishi, dispeptik holatlar, kam hollarda – xolestatik sarik kasalligi. Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: moyillik bo‘lganida – arterial gipotoniya. Teri toshmasi ko‘rinishidagi allergik reaktsiyalar: Tana vaznini oshishi, ko‘p terlash, qizil yassi temiratki kuzatilishi mumkin.

Preparatga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.

Nootrop va antigipertenziv vositalarning, hamda markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatuvchi preparatlarning samarasini kuchaytiradi.

Davolanishning boshida, yuqori diqqat-e’tiborni, ruhiy va jismoniy tezkor reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak. Uzoq muddat qo‘llanilganda jigar, buyrak faoliyatini, periferik qon ko‘rinishini nazorat qilish tavsiya etiladi. Parkinsonizm, arterial gipotoniyasi bo‘lgan bemorlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Davolanish vaktida alkogol istyemol qilish mumkin emas. Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Simptomlari: uyquchanlik, qusish, tremor, gipotenziya, koma. Davolash: spetsifik antidoti yuk. Me’dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir, simptomatik davolash.

Retsept bo‘yicha

5 yil.