Tsianokobalamin Darnitsaretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi: faol modda:tsianokobalamin 0,2 mg yoki 0,5 mg; yordamchi moddalar: natriy xloridi, natriy atsetati trigidrati, sirka kislotasi, inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tsianokobalamin

Preparatning savdo nomi:

Tsianokobalamin-Darnitsa

Farmakalogik guruhi:

V vitamini (tsianokobalamin va uning analoglari).

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma.

qizil rangli tiniq eritma

V vitamini (tsianokobalamin va uning analoglari).

V03VA01.

V12 vitamini parenteral qo‘llanganida tizimli qon oqimiga tez kiradi. Qonda uni to‘qimalarga tashuvchi I va II transkobalaminlar bilan bog‘lanadi. Asosan jigarda to‘planadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 90%. Teri ostiga yoki mushak ichiga yuborilganidan keyin maksimal kontsentratsiyaga erishish vaqti (TCmax) taxminan 1 soatni tashkil qiladi. Jigardan ichakka safro bilan chiqariladi va qonga qayta so‘riladi. Jigardan yarim chiqarilish davri (T1/2) – 500 kun. Buyrakning normal faoliyatida 7-10% buyrak orqali, taxminan 50% – ahlat bilan chiqariladi; buyrak funktsiyasi pasayganida – 0-7% buyrak orqali, 70-100% ahlat bilan chiqariladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi.

Xavfli, postgemorragik va temir tanqisligi anemiyalari, bolalardagi aplastik anemiya, zaharli moddalar va dori vositalari chaqirgan, tanqislik sababidan (me’dani rezektsiyasi, gijjalar invaziyalari, ichakdan so‘rilish jarayonining buzilishi, homiladorlik) qat’iy nazar, V12 vitaminining tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan, alimentar anemiyani davolash.  Polinevritlar, uch shoxli nervning nevralgiyasi, radikulit, kauzalgiyalar, migren, diabetik nevritlar, yonbosh amiotrofik skleroz, bolalar tserebral falaji, Daun kasalligi, alkogolli deliriy. Infektsion kasalliklar bilan kasallangandan keyin, bolalardagi distrofiyada, spruda (folat kislotasi bilan birga), jigar kasalliklarida (gepatit, jigar tsirrozi, Botkina kasalligi), nur kasalligi, psoriaz, gerpessimon dermatit, neyrodermit, fotodermatozda qo‘llaniladi.

Preparat teri ostiga, mushak ichiga, vena ichiga, shuningdek yoshbosh funikulyar miyelozda va atrofik sklerozda intralyumbal qo‘llanadi. Kattalar V12 vitaminining tanqisligi bo‘lgan anemiyalarda preparatni 100-200 mkg (0,1-0,2 mg) dozalarda remissiyaga erishgunga qadar kunora qo‘llaniladi. Funikulyar miyelozning simptomlari paydo bo‘lganida va nerv tizimining shikastlanishi bilan bo‘lgan makrotsitar anemiyada tsianokobalaminni bir martalik 400-500 mkg (0,4-0,5 mg) va undan ortiq dozalarda qo‘llash lozim. Birinchi hafta davomida har kuni, keyin 5-7 kunlik tanaffuz bilan yuboriladi (folat kislotasini bir vaqtda buyurish lozim). Og‘ir holatlarda orqa miya kanaliga 15-30 mkg bir martalik dozadan boshlab yuboriladi, har bir navbatdagi inyektsiyada dozani oshirish (50, 100. 150, 200 mkg) lozim. Intralyumbal   inyektsiyalarni har 3 kunda qilish lozim, umumiy kurs uchun – 8-10 inyektsiya. Funikulyar miyelozning belgilari yo‘q bo‘lganida, remissiya davrida tutib turuvchi davolash uchun 100 mkg dan oyda ikki marta, nevrologik simptomlar mavjud bo‘lganida – 200-400 mkg dan 2 -4 marta bir oy davomida. Yonbosh amiotrofik sklerozda, entsefalomiyelitda, og‘riq sindromli nevrologik kasalliklarda preparatni inyektsiya uchun 200 dan 500 mkg o‘sib boruvchi dozalargacha yuborish lozim (sog‘ayish jarayonida – kuniga 100 mkg). Davolash kursi – 14 kun. Periferik nervlarning jarohatlarida – 200-400 mkg dan har 2 kunda 1 marta 40-45 kun davomida buyuriladi. Gepatit va jigar tsirrozlarida sutkada 15-30 mkg dan yoki 100 mkg dan kun ora 25-40 kun davomida buyuriladi. Diabetik nevropatiya, spru, nur kasalligida 60-100 mkg dan har kuni, 20-30 kun davomida buyuriladi. V12 vitamini tanqisligini davolash uchun – mushak ichiga va vena ichiga 1 mg dan har kuni 1-2 xafta davomida, tutib turuvchi doza – 1-2 mg mushak ichiga yoki vena ichiga haftasiga 1 martadan oyiga 1 martagacha buyuriladi. Tsianokobalamin bilan davolash davomiyligi va takroriy kurslarni o‘tkazish kasallikning kechishiga va davolashning samaradorligiga bog‘liq. Bolalar. Faqat teri ostiga yuborilsin. Postgemorragik va temir tanqisligi anemiyalarida 30-100 mkgdan haftada 2-3 marta buyuriladi. Bolalardagi aplastik anemiyada 100 mkg dan klinik – gemotologik sog‘ayish boshlanguniga qadar buyuriladi. Bolalar yoshidagi alimentar xarakterdagi anemiyalarda 30 mkg dan 15 kun davomida buyuriladi. Erta yoshdagi bolalar distrofiyasida, Daun kasalligida va bolalar tserebral falajida 15-30 mkg dan kun ora buyuriladi. Gepatitlarda va jigar tsirrozida bolalarga sutkada 15-30 mkgdan yoki 100 mkg dan kun ora 25-40 kun davomida buyuriladi. Bolalar. 0,5 mg/ml dozadagi dori shaklini 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas. Faqat teri ostiga yuborilsin.

Qon tomonidan: giperkoagulyatsiya. Yurak- qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, yurak sohasida og‘riq. Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, nerv qo‘zg‘alishi. Moddalar almashinuvi tomonidan: akne, bullyoz toshmalar, ko‘ngil aynishi, terlash, purin almashinuvining buzilishi. Immun tizimi tomonidan: allergik reaktsiyalar, shu jumladan teri ko‘rinishlari, hamda giperemiya, eshakemi, toshmalar, qichishish, dermatit, shishlar, shu jumladan Kvinke shishi; nafas olishning buzilishi, nafas yetishmovchiligi xurujlari, anafilaktik shok, anafilaktoid reaktsiyalar. Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: ich kelishining susayishi. Umumiy buzilishlar: holsizlik, isitma. Mahalliy reaktsiyalar, shu jumladan giperemiya, qichishish, og‘riq, shish, inyektsiya joyida qalinlanish va nekroz kuzatiladi.

Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Eritremiyalar, eritrotsitoz. Xavfli o‘smalar, megaloblast anemiya va V12 vitaminining tanqisligi bilan kechuvchi hollaridan tashqari holatlarda. O‘tkir tromboembolik kasalliklar. Zo‘riqish stenokardiyasining yuqori funktsional sinfida qo‘llash mumkin emas.

Aminoglikozidlar, salitsilatlar, tutqanoqqa qarshi preparatlar, kolxitsin, kaliy preparatlari preparatni so‘rilishini pasaytiradi, uning kinetikasiga ta’sir qiladi. Kanamitsin, neomitsin, polimiksinlar, tetratsiklinlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida tsianokobalaminni so‘rilishi susayadi. Askorbin kislotasi, og‘ir metall tuzlari (tsianokobalaminni faolsizlanishi), tiamin bromidi, piridoksin, riboflavin (tsianokobalamin molekulasida saqlanuvchi kobalt ioni boshqa vitaminlarni buzadi) bilan farmatsevtik jihatdan nomutanosibdir. Tiamin – tiamin chaqirgan allergik reaktsiyalarning rivojlanish xavfi oshadi. Xloramfenikol – preparatga gematopoetik javobni pasaytiradi. Tsitamen – bir vaqtda qo‘llanganida Tsitamenning samarasi pasayadi. Peroral kontratseptivlar – qonda tsianokobalaminning kontsentratsiyasini pasaytiradi.

Davolash vaqtida periferik qon ko‘rsatkichlarini nazorat qilish lozim: davolashning 5-8 kuni retikulotsitlar soni, temirning kontsentratsiyasi aniqlanadi. Gemoglobinning, eritrotsitlarning miqdori va rangli ko‘rsatkichni  haftada 1-2 marta 1 oy davomida, so‘ngra – bir oyda 2-4 marta nazorat qilish lozim. Eritrotsitlar soni 4 000 000-4 500 000/mkg gacha oshganida, eritrotsitlarning normal o‘lchamlarga erishilganida, anizo- va poykilotsitozni yo‘qolishida, retikulotsitar krizdan keyin retikulotsitlar soni normal bo‘lganida remissiyaga erishiladi. Gematologik remissiyaga erishilgandan keyin periferik qon nazorati 4-6 oyda 1 martadan kam bo‘lmagan holda o‘tkaziladi. Leyko-va eritrotsitoz rivojlanishiga tendentsiya bo‘lganida preparatning dozasini kamaytirish yoki davolashni vaqtinchalik to‘xtatib turish lozim. Tsianokobalaminni qonning ivishini oshiruvchi preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin emas. Tromb hosil bo‘lishiga moyilligi bo‘lgan shaxslarda va stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda davolash jarayonida qon ivishini nazorat qilish va ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlikda (V12 vitaminining yuqori dozalarida teratogen ta’siri to‘g‘risida yakka ma’lumotlar bor) yoki emizish vaqtida foyda/xavf nisbatini hisobga olib, shifokor nazorati ostida  ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Bolalar. Teri ostiga yuboriladi. Qo‘llash usuli va dozalari patologiyaga bog‘liq va sutkada 30 mkg dan 100 mkg gacha oraliqda o‘zgarib turadi. 500 mkg/ml dori shakli 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanmaydi. Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishida  reaktsiya tezligiga ta’sir qilish qobiliyati. Davolash vaqtida avtotransportni boshqarish va yuqori diqqat va tezkor reaktsiyalarni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Original o‘ramda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Simptomlari: o‘pka shishi, dimlangan yurak yetishmovchiligi, periferik tomirlarning trombozi. Davolash simptomatik.

Retsept bo‘yicha Ulashish: 2 137 Views

1 ml dan ampulada; 10 ampuladan korobkada; 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda; 2 kontur uyali o‘ramlar qutida.

2 yil.