Tserugan

Tarkibi:

faol modda: metoklopramid gidroxloridi – 10 mg; yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, povidon, kaltsiy stearati.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

metoklopramid

Preparatning savdo nomi:

Tserugan

Farmakalogik guruhi:

Qusishga qarshi vosita.

Dori shakli:

tabletkalar

oq rangli, yassitsilindrik shaklli tabletkalar. Tabletkani yuzasida biroz marmarlikka yo‘l qo‘yiladi.

Qusishga qarshi vosita.

A03FA01

Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 30% ni tashkil qiladi. Gematoentsefalik va yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tadi, ona sutiga o‘tadi. Ichga qabul qilingandan keyin tez so‘riladi, qon plazmasida Smax ga erishish vaqti 30-120 minutni iashkil qiladi. Biokriaolishligi 60-80% ni tashkil qiladi. Glyukuron va oltingugurt kislotasi bilan bog‘lanishi yo‘li bilan juda oz darajada metabolizmga uchraydi. Asosan buyrak orqali ham o‘zgarmagan holda, ham metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Yarim chiqarilish davri T1/2 4 dan 6 soatgachani tashkil qiladi. Buyrak faoliyatini buzilishlarida T1/2 14 soatgacha oshishi mumkin.

Turli genezli (shu jumladan angishvonagul preparatlari, antibiotiklar, tuberkulezga qarshi preparatlar bilan davolashda, tsitostatik va tsitotoksik preparatlar bilan davolashda) ko‘ngil aynishi, qusish, xiqchoq; me’da va ichak atoniyasi va gipotoniyasi (shu jumladan operatsiyadan keyin); o‘t yo‘llarini diskineziyasi; reflyuks ezofagit; privratnikning funktsional stenozi; qandli diabetda me’da parezi; me’da va 12 barmoqli ichak yara kasalligini zo‘rayishi (kompleks davolashda); me’da-ichak yo‘llarini rengenokontrast tekshirishlarini o‘tkazishda peristaltikasini kuchaytirishi uchun; duodenal zondlash muolajasini yengillashtiruvchi dori vositasi sifatida (me’dani bo‘shashini va ovqatni ingichka ichak bo‘ylab harakatini tezlashtirish uchun) qo‘llanadi. 20 yoshgacha bo‘lgan patsiyentlarda faqat quyidagi ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llanadi. – ma’lum etiologiyali og‘ir bartaraf qilib bo‘lmaydigan qusish; – nur bilan davolash va tsitostatik vositalarni qabul qilish bilan bog‘liq qusish; – me’da-ichak yo‘llarini tekshirish; – jarroxlik muolajalaridan oldin premedikatsiyada qo‘llaniladi.

Metoklopramidni ovqatdan 30 minut oldin qabul qilish kerak, tabletkalarni chaynamasdan suv bilan ichiladi. Doza klinik simptomatika va patsiyentning yoshiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi. Katalar uchun odatda buyuriladigan doza 10 mg bo‘lib kuniga uch marta qabul qilinadi. 15-19 yoshli shaxslarga: tana vazni 60 kg dan ortiq bo‘lganida 10 mg dan kuniga uch marta; 30-59 kg bo‘lganida – 5 mg dan kuniga uch marta buyuriladi. Diagnostik muolajalar bajarilayotganda bir marta tekshiruvdan 5-10 minut oldin kattalarga 10-20 mg dan, o‘smirlarga 10 mg dan qo‘llanadi.

Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: davolashning boshida qabziyat, diareya, kam xollarda – og‘izni qurishi kuzatilishi mumkin. Markaziy nerv tizimi tomonidan: davolanishni boshida toliqish xissi, uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og‘rishi, depressiya, aktaziya kuzatilishi mumkin. Metoklopramid bilan davolashda mushak tonusini buzilishlari, beixtiyor qo‘l-oyoq xarakatlari, mimik yuz mushaklari spazmlari va qiyshiq bo‘yin ko‘rinishidagi ekstrapiramid simptomlar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday simptomlarni paydo bo‘lishi xar qanday yoshdagi guruhlarda terapevtik dozalarda ishlatilganda, lekin ko‘proq bolalarda va yoshlarda, shuningdek metoklopramidni yuqori dozalarda qo‘llangandan keyin, o‘smalarga qarshi ximiyaterapiya natijasida qusishni bartaraf qilish uchun qo‘llaniladi. Distonik reaktsiyalar metoklopramidni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin odatda 24-48 soat davomida o‘tib ketadi. Kechki diskineziya. Metoklopramid qabul qilingandan keyin keksa yoshdagi bemorlarda, ayniqsa ayollarda, diskinezlar (lablarni tishlab olish, mushaklarni shishi, tilni tez yoki chuvalchangsimon xarakatlari, nazorat qilib bo‘lmaydigan chaynov xarakatlari, nazorat qilib bo‘lmaydigan qo‘l va oyoq xarakatlari) namoyon bo‘ladi, ko‘pincha qaytmas bo‘lishi mumkin. Bunday simptomlar, odatda, metoklopramid bilan uzoq muddat uzluksiz davolashdan keyin, kam hollarda preparatning kichik dozalari bilan qisqa muddatli davolash vaqtida namoyon bo‘ladi. Metoklopramid bilan davolash kechki diskineziya belgilari yoki simptomlari rivojlangan patsiyentlarda to‘xtatilishi kerak. Kechki diskineziyani davolashning Ayrim patsiyentlarda simptomlar metoklopramid bilan davolash bekor qilinganidan keyin yo‘qolishi yoki kamayishi mumkin. Qon yaratish tizimi tomonidan: davolashni boshida agranulotsitoz kuzatilishi mumkin. Endokrin tizimi tomonidan: kam xollarda, katta dozalarda – galaktoriya, ginekomastiya, xayz tsiklini buzilishlari kuzatilishi mumkin. Allergik reaktsiyalari: kam xollarda terida toshmalar kuzatiladi.

Xolinesteraza ingibitorlarining ta’sirini susaytirishi mumkin. Dori vositasi tetratsiklin, ampitsillin, paratsetamol, atsetilsalitsil kislotasi, levodopa, etanolni so‘rilishini, bromokriptin va tsiklosporinni biokiraolishligini kuchaytiradi (uning qondagi kontsentratsiyasini nazorat qilish kerak); digoksin va tsimetidinni so‘rilishini susaytiradi. Metoklopramidni neyroleptiklar bilan buyurish mumkin emas (ekstrapiramid buzilishlar yuz berishi xavfi oshadi). Metoklopramid N2-gistamin retseptorlari blokatorlarining samarasini pasaytiradi. Metokolopramid gepatotoksik vositalar bilan majmuada qo‘llanganda nojo‘ya samaralar xavfini oshiradi.

Metoklopramid bilan davolanish davrida alkogol va spirt saqlovchi dori vositalarini iste’mol qilish mumkin emas. Jigar va buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanilishida: klinik axamiyatli darajadagi buyrk yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda yoki jigar faoliyati buzilishlarida davolash kamaytirilgan dozalarda o‘tkazilishi kerak. Pediatriya va geratriya amaliyotida qo‘llashning o‘ziga xosligi: 15 yoshgacha bo‘lgnan bolalarda metoklopramidni qo‘llash tavsiya etilmaydi. Chunki bolalarda peroral va vena ichiga yuboorilgandan keyin metoklopramidning farmakodinamikasi juda o‘zgaruvchan va kontsentratsiya – samara orasidagi aniq bog‘liqliq aniqlanmagan. O‘smirlarda va yoshlarda (15-19 yosh), xamda keksa yoshdagi shaxslarda metoklopramid bilan davolashda ekstrapiramid reaktsiyalarni yuz berishi xavfini yuqori bo‘ladi. Metoklopramid bilan 12 haftadan ortiq davolanishdan saqlanish kerak, istisno xollarda qo‘llash mumkin qachonki terapevtik samara kechki diskineziya rivojlanishi xavfdan oshishi taxminan qilinsa.

Metokloparmidni homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Metoklopramid ko‘krak sutiga o‘tadi, shuning uchun uni qabul qilayotganda bolani ko‘krakdan ajratish kerak. Eksperimental tadqiqotlarda metoklopramidni homilaga noxush ta’siri aniqlanmagan. Avtotransportni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri Davolanish davrida yuqori diqqat kontsentratsiyasini va psixomotor reaktsiyalar tezligini talab qiluvchi avtotransportni boshqarishda va boshqa potentsial xavfli tur faoliyat mashg‘ulotlarida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: gipersomniya, arterial bosimni oshishi yoki pasayishi, bradikardiya bilan kechuvchi yurak qon tomir tizimi faoliyatini buzilishlari, dezoriyentatsiya va ekstrapiramid buzilishlar. Simptomlar qabul qilingandan 24 soatdan keyin saqlanib qoladi. Davolash: og‘ir zaxarlanishlarda ekstrapiramid buzilishlarni tezda tsiklodol preparatini buyurilishi bilan bartaraf qilish mumkin (kattalar uchun doza 2-4 mg ni, bolalar uchun 0,04/mg/kg tana vaznigachani tashkil qiladi).

Retseptsiz

1 [№30 (3x10) dan, 2 [№20 (2x10)] dan, 3 [№30 (3x10)] dan, 5 [№30 (3x10)] donadan kontur uyali o‘ramda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida (penallar) joylanadi. 10, 20, 50 tablektkadan polietilendan polimer flakonlarda (bankada).

2 yil.