Tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralari – 1/100 dan ortiq – 1/10 dan kam; kam uchraydigan nojo‘ya samaralari – 1/1000 dan ko‘p – 1/100 dan kam; juda kam uchraydigan nojo‘ya samaralari – 1/10000 dan ko‘p – 1/1000 dan kam; kamdan-kam uchraydigan nojo‘ya samaralari – 1/10000 dan kam.
Haddan tashqari tez yuborilganida kam hollarda quzish hissi, terlash, bosh aylanishi va (yakka hollarda) yurakni tez urishi va aritmiyalar bo‘lishi mumkin.
Me’da-ichak yo‘llari tomonidan: kam hollarda ishtahani yo‘qolishi, dispepsiya, diareya, qabziyatlar, ko‘ngil aynishi va qusish kuzatilgan.
Markaziy nerv tizimi va periferik nerv tizimi tomonidan: kam hollarda taxmin qilinayotgan faollashuv samarasi qo‘zg‘alish (agressiv xulq, ongni chalkashishi, uyqusizlik bilan namoyon bo‘ladigan) bilan kechgan.
Tserebrolizin bilan davolanish davrida yakka hollarda (<0,01%) katta tutqanoq xurujlari va tirishishlar paydo bo‘lganligi haqida xabarlar bor.
Immun tizimi tomonidan: kamdan-kam hollarda bosh og‘rig‘i; bo‘yinda va qo‘l-oyoqlarda, orqaning pastki qismida og‘riq hislari; hansirash, et uvishishi va kollaptoid holat bilan namoyon bo‘luvchi yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yoki allergik reaktsiyalar aniqlangan.
Mahalliy reaktsiyalar: kam hollarda terini qizarishi, inyektsiya joyida qichishish va achishish aniqlanadi.
Boshqalar: tekshirish natijalari bo‘yicha giperventilyatsiya, arterial gipertoniya, arterial gipotoniya, charchoqlik, tremor, depressiya, apatiya, bosh aylanishi va grippga o‘xshash simptomlarning (yo‘tal, tumov, nafas yo‘llarining infektsiyalari) kamdan-kam hollari to‘g‘risida xabar berilgan.
Ayrim noxush samaralari (qo‘zg‘alish, arterial gipertoniya, arterial gipotoniya, lanjlik, tremor, depressiya, apatiya, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, hansirash, diareya, ko‘ngil aynishi) klinik sinovlar vaqtida aniqlangan va Tserebrolizin olgan patsiyentlarda ham, platsebo guruhidagi patsiyentlarda ham bir xil darajada ro‘y bergan.