Tserebrolizatretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Qoramol va cho‘chqa bosh miyasining aminokislotalar (quruq moddaga qayta hisoblanganda) va peptidlar saqlovchi gidrolizati, yig‘indisi                       – 47-77 mg/ml aminokislotalarning umumiy miqdori                         – 27-42 mg/ml shu jumladan erkin aminokislotalar: L-Lizin                                                                               – 0,4-5,5 mg/ml L-Gistidin                                                                          – 0,3-4,5 mg/ml L-Arginin                                                                           – 0,8-5,4 mg/ml L-Asparagin  kislotasi                                                    – 1,0-3,5 mg/ml L-Treonin                                                                            – 0,7-4,2 mg/ml L-Serin                                                                               – 0,4-3,5 mg/ml L-Glutamin kislotasi                                                       – 3,0-6,5 mg/ml L-Alanin                                                                             – 0,8-5,2 mg/ml L-Prolin                                                                             – 0,4-4,2 mg/ml Glitsin                                                                                 – 0,7-2,1 mg/ml L-Valin                                                                               – 1,3-4,1 mg/ml L-Metionin                                                                        – 0,4-2,0 mg/ml L-Leytsin                                                                             – 2,0-6,0 mg/ml L-Fenilalanin                                                                   – 0,4-2,0 mg/ml L-Izoleytsin                                                                       – 0,8-3,6 mg/ml L-Tirozin                                                                            – 0,2-0,7 mg/ml Fenol                                                                                   – 3 mg/ml

Preparatning savdo nomi:

Tserebrolizat

Farmakalogik guruhi:

nootrop.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma.

tiniq sarg‘ish suyuqlik

nootrop.

N06BX.

bosh miyaning organik xarakterdagi moddalar almashunuvini buzilishi, shu jumladan Altsgeymerga o‘xshash qarilikdagi esdan og‘ishlar;insultdan keyingi davr;bosh miya jarohatlarida (bosh miyani chayqalishi, lat yeyishlar, bosh miyada jarrohlik aralashuvlari) qo‘llanadi.

Parenteral qo‘llaniladi. Doza va davolash davomiyligi kasallikning turi va og‘irligiga, shuningdek bemorning yoshiga bog‘liq bo‘ladi. Cho‘qqi dozasi bo‘lgan 50 ml gacha erishish bilan, bir martalik dozani buyurish mumkin, biroq davolash kursini o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Tavsiya etilgan optimal davolash kursi 10-20 kun davomida har kungi inyektsiyalarni tashkil qiladi. O‘tkir holatlar (ishemik insult, bosh miya jarohatlari, neyroxirurgik operatsiyalarning asoratlari)10 ml dan  50 ml gachaBosh miya  insultining rezidual davri va bosh miyaning jarohatli shikastlanishlari5 ml dan  50 ml gachaPsixoorganik sindrom va depressiyada5 ml dan  30 ml gachaAltsgeymer kasalligida, qon tomir kasalligi va aralash genezli dementsiyada5 ml dan  30 ml gachaNeyropediatriya amaliyotidasutkada 1-2 ml Davolashni samarasini oshirish uchun davolash natijasida bemorning holati yaxshilanishi kuzatilmagunigacha takroriy kurslarni o‘tkazish mumkin. Birinchi kursni o‘tkazgandan so‘ng, buyurish davriyligi haftada 2 martagacha yoki 3 martagacha kamaytirilishi mumkin. Tserebrolizat inyektsiya holida qo‘llaniladi: mushak ichiga (5 ml gacha) va vena ichiga (10 ml gacha). 10 ml dan 50 ml gacha bo‘lgan dozalarni faqat infuziya uchun standart eritmalarda suyultirgandan so‘ng, sekin vena ichi infuziyasi ko‘rinishida yuborish tavsiya etiladi.

fenolga yoki uning hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik;o‘tkir buyrak yetishmovchiligi;tutqanoq xuruji;18 yoshgacha bo‘lgan bolalar (ushbu toifali patsiyentlarda xavfsizlikni tasdiqlovchi maxsus tadqiqotlar yo‘q, bolalarda yuqori sezuvchanlik haqida ma’lumotlar yo‘q);homiladorlik va laktatsiya davri (homiladorlik vaqtida fenolning o‘zaro ta’siriga duchor bo‘lgan hayvonlarda tug‘ma nuqsonlar aniqlangan);yurakning ishemik kasalligi (fenol oqibatida va YUIK dan yuqori o‘lim haqida xabarlar bor + fenol yurak ritmini o‘zgarishlarini chaqiradi);yurak ritmini buzilishi holatida qo‘llash mumkin emas.

Antidepressatlarning samarasini kuchaytiradi.

Ampula ochilganidan keyin eritma darhol ishlatilishi lozim. Haddan ziyod tez inyektsiya qilinganda issiqlik hissi, ko‘p terlash, bosh aylanishi kuzatilishi mumkin. Shuning uchun preparatni sekin yuborish lozim. Fenol sog‘liq uchun jiddiy xavf solishi mumkin: u markaziy nerv tizimiga ta’sir qilishi va jigar hamda buyrakning shikastlanishini chaqirishi mumkin. U mutagen samaraga ega va fenol reproduktiv toksiklik ko‘rsatish qobiliyatiga ega ekanligi haqida tasdiqlar mavjud. Fenolning takroriy ta’siri bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi, yutishni qiyinlashishi, ich ketishi, qusishni chaqirishi mumkin, fenol markaziy nerv tizimi, jigar va buyrakka ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Preparatning quyidagi infuziya uchun standart eritmalar bilan mutanosibligi tekshirilgan va tasdiqlangan (24 soat davomida hona haroratida va yorug‘lik mavjud bo‘lgan joyda): 0,9% li natriy xlorid eritmasi (9 mg natriy xloridi/ml);Ringer eritmasi (Na+ – 153,98 mmol/l; Sa2+ – 2,74 mmol/l; K+ – 4,02 mmol/l; SL– – 163,48 mmol/l);5% li glyukoza eritmasi. Tserebrolizatni vitaminlar va yurakni qon aylanishini yaxshilovchi preparatlar bilan bir vaqtda buyurish mumkin, biroq ushbu preparatlarni bir shpritsda Tserebrolizat bilan aralashtirish mumkin emas. Faqat tiniq eritmani va faqat bir marta yuborish lozim. Allergik diatezlar, tutqanoqlar, tirishish xurujlarida ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida qo‘llanilishi. Tserebrolizat preparatini insonning reproduktiv faoliyatiga ta’siri xaqidagi ma’lumotlar yo‘q.  Homiladorlikda Tserebrolizat faqat ona uchun kutilayotgan foyda va homila/bola uchun potentsial xavf nisbatini sinchkov baholagandan so‘ng qo‘llanilishi mumkin. Preparatni qo‘llash vaqtida emizishni to‘xtatish lozim. Avtotransport va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’siri. Diqqat kontsentratsiyasi va tez psixomotor reaktsiyalarni talab etuvchi faoliyatni bajarish qobiliyatini buzishining ehtimolini istisno etib bo‘lmaydi, shuning uchun davolanish vaqtida avtomobilni boshqarish va harakatlanuvchi mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish lozim. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Preparat qo‘llanganida hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborish hollari ta’riflanmagan.

Retsept bo‘yicha

1 ml dan ampulalarda, 10 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga qutida; 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda, 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga qutiga joylangan. 5 ml dan ampulalar, 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda, 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga qutiga joylangan.

3 yil.