Tsentral B rasmini ko'rish

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: faol moddalar: Passifloraning suv-spirtli quruq ekstrakti              25 mg Do‘lananing suv-spirtli quruq ekstrakti                      25 mg Valeriananing suv-spirtli quruq ekstrakti                100 mg yordamchi moddalar: yengil magniy karbonat asosi, suvsiz kalloid kremniy dioksidi, magniy stearati, mikrokristall tsellyuloza, laktoza monogidrati. kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, titan dioksidi, natriy indigotindisulfonati, temir (II) oksidi.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

o‘simliklardan olingan majmuaviy preparat

Preparatning savdo nomi:

Tsentral-B

Farmakalogik guruhi:

sedativ vosita.

Dori shakli:

qattiq jelatin kapsulalar

korpusi oq rangli, qopqoqchasi yashil rangli, oq rangli dog‘lari bo‘lgan, o‘ziga xos xidli jigarrang kukun bilan to‘ldirilgan №0 o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar.

sedativ vosita.

N05CM

Tsentral-B preparatining ta’siri uning tarkibidagi komponentlarning birgalikdagi hususiyatlari bilan ifodalanadi, shuning uchun kinetik kuzatishlarni o‘tkazish imkoni yo‘q.

yuqori nerv qo‘zg‘aluvchanlik;asabni zo‘riqishi;ta’sirchanlik;xavotirlik, ezilish xissi;uyquni buzilishi, uyqusizlik.

Tsentral-B ichga, yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinadi. Preparat kattalar va 12 yosh va undan katta bolalar uchun mo‘ljallangan. Nerv qo‘zg‘aluvchanligi oshganida, asabni zo‘riqishida, ta’sirchanlikda, xavotirlik va ezilish xissida odatda 1-2 kapsuladan sutkada 3 marta buyuriladi. Maksimal sutkalik doza-6 kapsulani tashkil etadi. Uyquni buzilishida va uyqusizlikda preparatning dozasi 2 kapsulani tashkil etadi, uyqudan yarim soat oldin qabul qilinadi.

Tsentral-B preparati odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Kam hollarda: allergik reaktsiyalar, xolsizlik.

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.

Tsentral-B yurak glikozidlari, trankvilizatorlar, markaziy nerv tizimining faoliyatiga susaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadigan moddalar, xamda alkogolning ta’sirini kuchaytiradi.

Tsentral-B preparatini qo‘llash davomiyligi cheklanmagan. Preparat bekor qilinganida abstinentsiya sindromi rivojlanmaydi. Biron-bir jiddiy kasallikni o‘tkazgandan so‘ng preparatni qo‘llash mumkin emas. Tsentral-B uyquni buzilishi va nerv qo‘zg‘aluvchanligini yengil shakllarida qo‘llanadi. Preparatni qabul qilish vaqtida alkogolni iste’mol qilishdan saqlanish tavsiya etiladi.

Xomiladorlik va laktatsiya davrida preparatni, ona uchun kutilayotgan foyda xomila yoki bola uchun kuzatilishi mumkin bo‘lgan xavfdan axamiyatli darajada ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash tavsiya etiladi.

Namlik va yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25° S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.

Simptomlari: bosh aylanishi, qorinda spastik og‘riqlar, ko‘krakni siqilishi, qorachiqlarni kengayishi, ko‘ngil aynishi, qusish. Davolash: me’dani yuvish mumkin, zarurati bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retseptsiz

Qattiq jelatin kapsulalar. 15 kapsula blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

3 yil.