Nojo‘ya samaralarni uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), uchrash tezligi noma’lum – uchrash tezligini ko‘rsatkichlari mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida baholanishi mumkin emas.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi, funktsional diareya; tez-tez emas – qusish, qorinda og‘riq; uchrash tezligi noma’lum – soxta membranoz kolit, qabziyat, gastrit, disbakterioz (Clostridium difficile o‘sishi), so‘lakni oqishi, meteorizm, ishtahani pasayishi.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – bosh aylanishi, bosh og‘riqlari, kuchli toliqish; uchrash tezligi noma’lum – ta’sirchanlik, uyqusizlik, “qo‘rqinchli” tushlar ko‘rish.
Nafas tizimi tomonidan: uchrash tezligi noma’lum – yo‘tal.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: uchrash tezligi noma’lum – arterial bosimni pasayishi.
Qon yaratish a’zolari tomonidan: kam hollarda – trombotsitopeniya, uchrash tezligi noma’lum – neytropeniya, trombotsitoz, leykotsitoz, leykopeniya, limfotsitoz, granulotsitoz, bazofiliya, monotsitoz, limfotsitopeniya, burundan qon ketishi.
Siydik tanosil tizimi tomonidan: uchrash tezligi noma’lum – hayz ko‘rish tsiklini buzilishi.
Laborator ko‘rsatkichlar: kam hollarda – giperbilirubinemiya; uchrash tezligi noma’lum – “jigar” transaminazalari, ishqoriy fosfataza, laktatdegidrogenaza, gamma-glutamiltransferazalarning faolligini oshishi, mochevina, kreatininning kontsentratsiyasini oshishi, giper- yoki gipoglikemiya, gipoproteinemiya va gipoalbuminemiya, gemoglobinni pasayishi, musbat Kumbs reaktsiyasi, protrombin vaqtini uzayishi.
Allergik reaktsiyalar: tez-tez emas – teri toshmasi, eshakemi; uchrash tezligi noma’lum – qichishish, eozonofiliya, angionevrotik shish, isitma, anafilaktik shok.
Boshqalar: kam hollarda – holsizlik; uchrash tezligi noma’lum – ko‘krakda og‘riq, kuchli terlash bo‘lishi mumkin.