Tsefamedretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

Tsefamed 0,5 g 1 flakon quyidagilarni saqlaydi: faol modda: tseftriakson (tseftriakson natriy shaklida) – 0,5 g; erituvchi (erituvchi bilan majmuada ishlab chiqariladigan shakli uchun): 1% li lidokain gidroxloridi eritmasi 2 ml. Tsefamed 1,0 g 1 flakon quyidagilarni saqlaydi: faol modda: tseftriakson (tseftriakson natriy shaklida) – 1,0 g; erituvchi (erituvchi bilan majmuada ishlab chiqariladigan shakli uchun): 1% li lidokain gidroxloridi eritmasi 3,5 ml.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tseftriakson

Preparatning savdo nomi:

Tsefamed

Farmakalogik guruhi:

tizimli ta’sir qiluvchi antibakterial preparatlar, uchinchi avlod tsefalosporinlar.

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun.

oq yoki sarg‘ish rangli biroz gigroskopik kristall kukun.

tizimli ta’sir qiluvchi antibakterial preparatlar, uchinchi avlod tsefalosporinlar.

J01DD04

So‘rilishi Mushak ichiga yuborish Mushak ichiga yuborilganidan so‘ng tseftriaksonning plazmadagi o‘rtacha maksimal kontsentratsiyasi, ekvivalent dozasi vena ichiga yuborilgandan keyin kuzatiladigan kontsentratsiyasiga nisbatan taxminan ikki marta kam bo‘ladi. 1 g bir martalik dozasi mushak ichiga yuborilgandan so‘ng plazmada maksimal kontsentratsiyasi taxminan 81 mg/l ni tashkil etadi va yuborilgandan so‘ng 2-3 soatdan keyin erishiladi. Mushak ichiga yuborilgandan so‘ng “plazmadagi kontsentratsiyasi – vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydoni ekvivalent dozasi vena ichiga yuborilgandan keyin kuzatiladigan egri chizig‘i ostidagi maydoniga ekvivalent bo‘ladi. Vena ichiga yuborish 500 mg va 1 g tseftriakson vena ichiga bolyus holida yuborilgandan so‘ng tseftriaksonning plazmadagi o‘rtacha kontsentratsiyasi muvofiq ravishda taxminan 120 mg/l va 200 mg/l ni tashkil etgan. 500 mg, 1 g va 2 g tseftriakson vena ichiga infuziya qilinganidan so‘ng tseftriaksonning plazmadagi darajasi muvofiq ravishda taxminan 80 mg/l, 150 mg/l va 250 mg/l ni tashkil etgan. Taqsimlanishi Tseftriaksonning taqsimlanish hajmi 7-12 l ni tashkil etadi. Ko‘pchilik muvofiq patogenlar uchun minimal ingibitsiya qiluvchi kontsentratsiya (MIK) dan ahamiyatli darajadagi yuqori kontsentratsiyalari to‘qimalarda, shu jumladan o‘pka, yurak, o‘t chiqarish yo‘llari/jigar, murtaksimon bezlar, o‘rta quloq va burunning shilliq qavati, suyaklar, shuningdek orqa miya, plevra, prostata bezi va sinovial suyuqliklarda aniqlanadi. Takroran yuborilganida plazmada o‘rtacha cho‘qqi kontsentratsiyasi (Cmax) 8-15% ga oshishi kuzatiladi, turg‘un holatga ko‘pchilik hollarda yuborish yo‘liga qarab 48-72 soat davomida erishiladi. Ayrim to‘qimalarga kirishi Tseftriakson bosh miya pardasidan o‘tadi. Bosh miya pardasi yallig‘langanida tseftriaksonni kirishi maksimal darajaga yetadi. Bakterial meningit bo‘lgan patsiyentlarning orqa miya suyuqligida tseftriaksonning o‘rtacha cho‘qqi kontsentratsiyasini plazmadagi darajasi bosh miya pardasi yallig‘lanmagan patsiyentlarning plazmadagi darajasi 2% ga nisbatan hatto 25% gacha qiymatni tashkil etadi. Orqa miya suyuqligida tseftriaksonning cho‘qqi kontsentratsiyasiga vena ichiga yuborilgandan so‘ng taxminan 4-6 soatdan keyin erishiladi. Tseftriakson yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak suti bilan juda kichik kontsentratsiyalarda ajralib chiqadi. Oqsillar bilan bog‘lanishi Tseftriakson albumin bilan qaytmas bog‘lanadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi plazmadagi kontsentratsiyalari 100 mg/l dan kam bo‘lganida taxminan 95% ni tashkil etadi. Oqsillar bilan bog‘lanishi to‘yinish darajasiga ega va kontsentratsiyasi oshib borganida bog‘langan tseftriaksonnning qismi pasayadi (plazmadagi kontsentratsiyasi     300 mg/l bo‘lganida 85% gacha bo‘ladi). Biotransformatsiyasi Tsetriakson tizimli ravishda metabolizmga uchramaydi, ammo ovqat hazm qilish yo‘llarining mikroflorasi yordamida nofaol metabolitlarga aylanadi. Chiqarilishi Umumiy tsetriaksonning (bog‘langan va bog‘lanmagan) plazma klirensi minutiga 10-22 ml ni tashkil etadi. Buyrak klirensi minutiga 5-12 ml ni tashkil etadi. Tseftriaksonning 50-60% siydik bilan o‘zgarmagan holda, eng avvalo kalavalar filtratsiyasi orqali, ayni vaqtda 40-50% esa safro bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Kattalarda umumiy tseftriaksonning yarim chiqarilish davri taxminan 8 soatni tashkil etadi. Jigar va buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlar Buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda, hatto buyrak faoliyatini og‘ir darajadagi buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda ham yarim chiqarilish davrini biroz uzayishi bilan (ikki martadan kam) birga faqat minimal darajada o‘zgaradi. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lganida yarim chiqarilish davrini nisbatan biroz uzayishi umumiy tseftriaksonning plazma oqsillari bilan bog‘lanishini pasayishi va buyrakdan tashqari klirensini muvofiq ravishda oshishi oqibatida buyrakdan tashqari klirensini kompensator oshishi bilan tushuntiriladi. Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda tseftriaksonning yarim chiqarilish davri buyrak klirensini kompensator ravishda oshishi oqibatida uzayishi kuzatilmaydi. Bu shuningdek plazmadagi tseftriaksonning erkin fraktsiyasini oshishi bilan ham bog‘liq, bu umumiy dori vositasining klirensini paradoksal oshishida taqsimlanish hajmini oshishi bilan bir vaqtda umumiy klirensini oshishida muhim rol o‘ynaydi. Keksa yoshdagi patsiyentlar 75 yoshdan oshgan keksa yoshdagi patsiyentlarda o‘rtacha yarim chiqarilish davri odatda katta yoshdagi patsiyentlardagiga nisbatan ikki yoki uch marta yuqori bo‘ladi. Bolalar Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tseftriaksonning yarim chiqarilish davri uzoqroq davom etadi. Tug‘ilgandan boshlab hayotining 14 kunigacha erkin tseftriaksonning darajasi kalavalar filtratsiyasini pastligi va proteinlar bilan bog‘lanishini o‘zgarganligi kabi omillarni bo‘lishi hisobiga oshgan bo‘lishi mumkin. Bolalarda yarim chiarilish davri yangi tug‘ilgan chaqaloqlar. Kattalardagiga nisbatan qisqaroq bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaaloqlar, go‘daklar va bolalarda tseftriaksonning plazma klirensi va taqsimlanish hajmi kattalardagiga nisbatan yuqoriyu Proportsionalligi/teskari proportsionalligi Tseftriaksonning farmakokinetikasi proportsional emas va yarim chiqarilish davridan tashqari, barcha asosiy farmakokinetik ko‘rsatkichlari umumiy dori vositasining kontsentratsiyasiga asoslanib, dozaga bog‘liq hisoblanadi, dozani oshishiga proportsionalligiga nisbatan kamroq oshadi. Teskari proportsionalligi plazma oqsillari bilan to‘yinishiga bog‘liq, va shunday qilib, plazmadagi umumiy tseftriaksonga nisbatan kuzatiladi, ammo erkin (bog‘lanmagan) tseftriaksonga nisbatan kuzatilmaydi. Farmakokinetika/farmakodinamikani o‘zaro bog‘liqligi Boshqa beta-laktamlarga nisbatan bo‘lgani kabi, in vivo sharoitlarida preparatning samaradorligi uchun eng yaxshi o‘zaro bog‘liqligini namoyish etuvchi farmakokinetik – farmakodinamik ko‘rsatkichi dozalari orasidagi intervalni foizlarda aks etuvchi nisbati bo‘lib, bog‘lanmagan tseftriaksonning kontsentratsiyasi mikroorganizmlarning maqsadli individual turlariga nisbatan tseftriaksonning MIKdan yuqori bo‘lib qoladi (ya’ni %T > MIK).

Tsefamed kattalar va bolalarda, shu jumladan muddatida tug‘ilgan chaqaloqlarda (tug‘ilgandan boshlab) quyidagi infektsiyalarni davolash uchun ko‘rsatilgan: bakterial meningit;kasalxonadan tashqari pnevmoniya;gospital pnevmoniya;o‘tkir o‘rta quloq otiti;qorin bo‘shlig‘i infektsiyalari;siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infektsiyalari (shu jumladan piyelonefrit);suyaklar va bo‘g‘imlarning infektsiyalari;teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlangan infektsiyalari;gonoreya;sifilis;bakterial endokardit. Tsefamed quyidagi holatlarda qo‘llanishi mumkin: kattalarda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligini zo‘rayishini davolash uchun;kattalar va bolalarda, shu jumladan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda hayotining 15-kunidan boshlab, disseminatsiyalangan Laym-borreliozi (erta (II bosqich va kechki (III) bosqich) ni davolash uchun;operatsiya o‘tkazilgan sohada infektsiyani operatsiyadan oldingi profilaktikasi uchun;bakterial infektsiyaga shubha qilinishi bilan kechuvchi isitmada neytropeniyasi bo‘lgan patsiyentlarni davolash uchun;yuqorida ko‘rsatilgan infektsiyalardan birortasi tomonidan chaqirilgan deb taxmin qilingan yoki chaqirilgan bakteriyemiyasi bo‘lgan patsiyentlarni davolash uchun qo‘llanadi. Agar kasallikni chaqirgan patogen mikroorganizmlarning turi preparatning ta’sir doirasiga kirmasa, Tsefamed preparatini boshqa antibakterial vositalar bilan parallel ravishda qo‘llash kerak.

Tsefamed mushak ichiga va vena ichiga oqim bilan yoki tomchilab yuboriladi. Mushak ichiga yuborish Tsefamed preparati mushak ichiga inyektsiya holida chuqur yuborilishi mumkin. Mushak ichiga yuboriladigan inyektsiyalarni dumbaning katta mushagiga bir sohaga ko‘pi bilan 1 g yuborilishi mumkin. Erituvchi sifatida lidokain ishlitilganligi tufayli, tayyorlangan eritmani vena ichiga yuborish mumkin emas. Vena ichiga yuborish Tsefamed preparati vena ichiga infuziya holida kamida 30 minut davomida (maqsadga muvofiq usul) yoki vena ichiga sekin inyektsiya holida 5 minut davomida yuborilishi mumkin. Vena ichiga bo‘lib-bo‘lib yuboriladigan inyektsiyani 5 minut davomida yuborish kerak, yirik venalarga yuborgan afzal. Go‘daklar va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga vena ichiga yuboriladigan 50 mg/kg yoki undan ortiq dozalarni infuziya holida yuborish kerak. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda preparatning vena ichiga yuboriladigan dozalari bilirubinli entsefalopatiyaning potentsial rivojlanish havfini pasaytirish uchun 60 minut davomida yuborilishi kerak. Vena ichiga yuborish imkoni bo‘lmaganida yoki to‘g‘ri kelmaganida mushak ichiga yuborish usulini ko‘rib chiqish kerak. 2 g dan ortiq dozalari vena ichiga yuborish usuli bilan yuboriladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga kaltsiy preparatlari yoki tarkibida kaltsiy saqlovchi eritmalarni yuborish zarurati bo‘lganida, o‘pkada va buyraklarda tseftriakson kaltsiy cho‘kmasini hosil bo‘lish havfi borligi tufayli, tseftriaksonni yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga (≤ 28 kunlik) qo‘llash mumkin emas. Cho‘kma hosil bo‘lish havfi borligi tufayli, tseftriaksonni eritish uchun tarkibida kaltsiy saqlovchi preparatlar (Ringer eritmasi, Xartman eritmasi) ni ishlatish mumkin emas. Shuningdek tseftriaksonning kaltsiyli tuzi cho‘kmasini hosil bo‘lishi preparatni tarkibida kaltsiy saqlovchi eritmalar bilan vena ichiga yuborish uchun bitta infuzion tizimda aralashtirilganda ham yuz berishi mumkin. Shuning uchun tseftriakson va tarkibida kaltsiy saqlovchi eritmalarni aralashtirish yoki bir vaqtda yuborish mumkin emas. Jarrohlik infektsiyasini operatsiyadan oldingi profilaktikasi uchun tseftriaksonni operatsiya boshlanishidan 30-90 minut oldin yuborish kerak.

Noxush reaktsiyalarning uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlangan: juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100, ammo <1/10); tez-tez emas (≥ 1/1000, ammo < 1/100); kam hollarda (≥ 1/10000, ammo < 1/1000); juda kam hollarda (< 1/10000); uchrash tezligi noma’lum (ma’lumotlar yetarli bo‘lmaganligi sababli, uchrash tezligini aniqlash mumkin emas). Infektsion va parazitar kasalliklar: tez-tez emas – zamburug‘li genital infektsiya; kam hollarda – soxta membranoz kolit; uchrash tezligi noma’lum – superinfektsiya. Qon va limfa tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – eozinofiliya, leykopeniya, trombotsitopeniya; tez-tez emas – granulotsitopeniya, anemiya, koagulopatiya; uchrash tezligi noma’lum – gemolitik anemiya, agranulotsitoz. Immun tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: uchrash tezligi noma’lum – anafilaktik shok, anafilaktik reaktsiya, anafilaktoid reaktsiya, o‘ta yuqori sezuvchanlik. Nerv tizimi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez emas – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi; uchrash tezligi noma’lum – tirishishlar. Eshitish va muvozanat a’zolari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: uchrash tezligi noma’lum – vertigo. Nafas yo‘llari, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: kam hollarda – bronxospazm. Me’da-ichak yo‘llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – diareya, ich ketishi; tez-tez emas – ko‘ngil aynishi, qusish; uchrash tezligi noma’lum – pankreatit, stomatit, glossit. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – jigar fermentlarining darajasini oshishi; uchrash tezligi noma’lum – o‘t qopida cho‘kmani hosil bo‘lishi, bilirubinli entsefalopatiya. Teri va teri osti to‘qimasi tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: tez-tez – toshma; tez-tez emas – qichishish; kam hollarda – eshakemi; uchrash tezligi noma’lum – Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, ko‘p shaklli eritema, o‘tkir tarqoq ekzentematoz pustulez. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan kuzatiladigan buzilishlar: kam hollarda – gematuriya, glyukozuriya; uchrash tezligi noma’lum – oliguriya, buyrakda cho‘kmalarni hosil bo‘lishi (qaytuvchan). Umumiy buzilishlar va yuborilgan joydagi buzilishlar: tez-tez emas – flebit, inyektsiya joyida og‘riq, pireksiya; kam hollarda – shish, et uvishishi. Laborator va instrumental ma’lumotlar: tez-tez emas – qonda kreatininning darajasini oshishi; uchrash tezligi noma’lum – Kumbs sinamasini soxta musbat natijasi, galaktozemiyani aniqlash sinamasini soxta musbat natijasi, glyukozani aniqlash uchun o‘tkaziladigan noferment tahlillarni soxta musbat natijalari bo‘lishi mumkin.

tseftriaksonga, boshqa tsefalosporinlarga yoki yordamchi moddalardan birortasiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;anamnezida boshqa har qanday beta-laktam antibakterial vositalarga (penitsillinlar, monobaktamlar va karbapenemlarga) og‘ir darajadagi o‘ta yuqori sezuvchanlik (masalan, anafilaktik reaktsiya) da qo‘llash mumkin emas; Tseftriaksonni qo‘llash mumkin emas: 41 haftalikkacha (gestatsion yoshi + xronologik yoshi) bo‘lgan chala tug‘ilgan chaqaloqlarga*. Muddatida tug‘ilgan yangi tug‘ilgan (28 kunlikkacha) chaqaloqlarga quyidagi holatlarda: giperbilirubinemiya, sariqlik yoki s gipoalbuminemiya yoki atsidoz bo‘lgan chaqaloqlarga, chunki bunday holatlarda bilirubinni bog‘lanishi izdan chiqadi*;tseftriaksonni kaltsiy tuzlari bilan cho‘kma hosil qilish havfi borligi sabablikaltsiy yoki tarkibida kaltsiy saqlovchi preparatlarni vena ichiga yuborish zarurati bo‘lganida (yoki kutilayotganda). * In vitro sharoitlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar, tseftriakson bilirubinni albumin bilan bog‘langan joyidan siqib chiqarishi mumkin, bu bunday patsiyentlarda bilirubinli entsefalopatiyani potentsial rivojlanish havfiga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatdi. Erituvchi sifatida lidokain eritmasi yordamida eritilgan tseftriaksonni mushak ichiga yuborishdan oldin lidokainni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarni istisno qilish kerak. Lidokain yordamida eritilgan tseftriaksonning eritmalarini vena ichiga yuborish mumkin emas.

Ringer eritmasi yoki Xartman eritmasi kabi tarkibida kaltsiy saqlovchi eritmalarni, cho‘kma hosil bo‘lishi mumkinligi tufayli, Tsefamed preparatini qayta suspenziya hosil qilish uchun qo‘llash yoki vena ichiga yuborish uchun qayta suspenziya hosil qilingan flakonlarni qo‘shimcha suyultirish uchun qo‘llash mumkin emas. Tseftriakson, tarkibida kaltsiy saqlovchi eritmalar bilan vena ichiga yuborish uchun aynan bir tizimda aralashtirilganda ham tseftriakson kaltsiy cho‘kma ko‘rinishida hosil bo‘lishi mumkin. Tseftriaksonni tarkibida kaltsiy saqlovchi vena ichiga yuboriladigan eritmalar bilan bir vaqtda qo‘llash, shu jumladan Y-tizim orqali parenteral oziqlantirish kabi uzluksiz kaltsiy saqlovchi infuziyalarni o‘tkazish mumkin emas. Biroq yangi tug‘ilgan chaqaloqlardan tashqari, patsiyentlarga tseftriakson va kaltsiy saqlovchi eritmalarni birin-ketin, infuziyalar o‘tkaziladigan vaqt oralig‘ida eritmalar yuboriladigan infuzion tizimlarni yaxshilab yuvib, keyin yuborish mumkin. In vitro sharoitlarida kattalar ishtirokida va kindik qonidan olingan neonatal plazma yordamida o‘tkazilgan tadqiqotlar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tseftriakson kaltsiy cho‘kmasini paydo bo‘lish havfi yuqoriligini ko‘rsatdi. Ichga qabul qilish uchun antikoagulyantlar bilan bir vaqtda qo‘llash K antivitaminlarning samarasini va qon ketish vaqtini oshirishi mumkin. Tseftriakson bilan davolanish vaqtida va davolangandan keyin Xalqaro normallashtirilgan nisbat (XNN) nazorat qilish va K antivitaminlarning dozalariga muvofiq ravishda tuzatish kiritish tavsiya etiladi. Tsefalosporinlar qo‘llanganida buyraklarda aminoglikozidlarning toksikligini potentsial oshishiga nisbatan teskari ma’lumotlar mavjud. Klinika amaliyotida buyday holatlarda aminoglikozidlarning darajasini (va buyrak faoliyatini) tavsiya etilgan nazoratiga qat’iy rioya qilish kerak. In vitro sharoitlarida xloramfenikol va tseftriaksonni birga qo‘llashda antagonist samaralari kuzatiladi. Ushbu tadqiqot natijasining klinik ahamiyati ma’lum emas. Tseftriakson va ichga qabul qilish uchun tarkibida kaltsiy saqlovchi mahsulotlar o‘rtasida o‘zaro ta’siri yoki mushak ichiga yuborish uchun tseftriakson va tarkibida kaltsiy saqlovchi mahsulotlar (vena ichiga yuborish uchun yoki ichga qabul qilish uchun) o‘rtasida o‘zaro ta’siri yuzasidan hech qanday tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Tseftriakson bilan davolangan patsiyentlarda Kumbs sinamasi soxta musbat natijalarni ko‘rsatishi mumkin. Tseftriakson, boshqa antibiotiklar kabi, galaktozemiyani aniqlash uchun sinamalarning natijalarini soxta musbat bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, siydikda glyukozani aniqlash uchun nofermentativ usullar soxta musbat natijalarni berishi mumkin, shuning uchun tseftriakson bilan davolanish fonida siydikda glyukozaning darajasini aniqlashni fermentativ usul bilan o‘tkazish kerak. Tseftriaksonning katta dozalari va kuchli diuretiklar (masalan, furosemid) parallel qo‘llanganidan so‘ng buyrak faoliyatini yomonlashishi kuzatilmagan. Probenetsidni bir vaqtda qo‘llash organizmdan tseftriaksonni chiqarilishiga olib kelmaydi.

O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari Beta-laktam antibakterial vositalariga nisbatan bo‘lgani kabi, jiddiy, va ba’zan o‘limga olib keluvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yuzasidan xabar berilgan. Og‘ir darajadagi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari yuz berganida tseftriakson bilan davolashni zudlik bilan to‘xtatish va muvofiq shoshilinch choralarni ko‘rish kerak. Davolashni boshlashdan oldin patsiyentning anamnezida tseftriaksonga, boshqa tsefalosporinlar yoki har qanday boshqa beta-laktam moddaga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi borligini aniqlash kerak. Agar tseftriakson, anamnezida boshqa beta-laktam moddalarga og‘ir bo‘lmagan yuqori sezuvchanlik holati kuzatilgan patsiyentlarga buyurilsa, ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Terida og‘ir darajadagi nojo‘ya reaktsiyalar (Stivens-Djonson sindromi yoki Layell sindromi/toksik epidermal nekroliz) rivojlanganligi yuzasidan xabar berilgan, biroq ushbu holatlarni uchrash tezligi aniqlanmagan. Kaltsiy saqlovchi mahsulotlar bilan o‘zaro ta’siri Chala tug‘ilgan chaqaloqlar va 1 oylikkacha bo‘lgan muddatiga yetib tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘pkasi va buyraklarida tseftriakson kaltsiy cho‘kmalari paydo bo‘lishi tufayli, o‘limga olib kelgan reaktsiyalarni rivojlanish holatlari ta’riflangan. Ulardan kamida bittasida tseftriakson va kaltsiy turli vaqtlarda va turli tizimlar yordamida yuborilgan. Mavjud bo‘lgan ilmiy tadqiqotlarda patsiyentlarning qon-tomirlari ichida cho‘kmalar hosil bo‘lishini tasdiqlangan holatlari qayd etilmagan, tseftriakson va kaltsiy saqlovchi eritmalar, shuningdek har qanday boshqa kaltsiy saqlovchi mahsulotlar qo‘llangan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga taalluqli holatlar bundan mustasno. In vitro sharoitlarida o‘tkazilgan tadqiqotlar yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda tseftriaksonni cho‘kish havfi boshqa yoshdagi guruhlarga nisbatan yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Tseftriakson turli yoshdagi patsiyentlarga qo‘llanganida, hatto turli infuzion tizimlar ishlatilganida yoki turli venalarga infuziya qilinganida ham vena ichiga yuborish uchun tarkibida kaltsiy saqlovchi istalgan eritmalar bilan aralashtirish yoki bir vaqtda qo‘llash mumkin emas. Biroq 28-kunlikdan oshgan patsiyentlar uchun tseftriakson va kaltsiy saqlovchi eritmalarni, cho‘kma hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida, birin-ketin, turli sohalar uchun infuzion tizimlardan foydalanib, infuzion tizimlarni o‘zgartirib yoki infuziyalarni o‘tkazish o‘rtasidagi davrda infuzion tizimlarni fiziologik tuzli eritma bilan yaxshilab yuvib yuborish mumkin. To‘liq parenteral oziqlantirish uchun kaltsiy saqlovchi eritmalar yordamida uzluksiz infuziya o‘tkazish ehtiyoji bo‘lgan patsiyentlarga sog‘liqni saqlash xodimlari cho‘kma hosil qilish havfi bo‘lmagan muqobil antibakterial dori vositalarni qo‘llash xaqidagi masalani ko‘rib chiqishlari mumkin. Agar uzluksiz oziqlantirish ehtiyoji bo‘lgan patsiyentlarga tseftriaksonni qo‘llash zarur bo‘lsa, to‘liq parenteral oziqlantirish uchun eritmalar va tseftriaksonni bir vaqtda qo‘llash mumkin, biroq turli infuzion tizimlar yordamida va turli sohalarga yuborish kerak. Tseftriaksonni infuziya qilish vaqtida va eritmalarni infuziyalari o‘rtasidagi tanaffuslarda infuzion tizimlarni yuvish vaqtida to‘liq parenteral oziqlantirish uchun qo‘llanadigan infuziyani to‘xtatish varianti ham bo‘lishi mumkin. Bolalarda qo‘llanishi “Qo‘llash usuli va dozalari” bo‘limida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, go‘daklar va bolalar uchun preparatning samarali va havfsiz dozalari aniqlangan. Tadqiqotlar, boshqa ayrim tsefalosporinlar kabi, tseftriakson ham bilirubinni zardob albuminidan siqib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatdi. Tsefamed preparatini chala tug‘ilgan chaqaloqlar va muddatida tug‘ilgan bilirubinli entsefalopatiyani rivojlanish havfi bo‘lgan chaqaloqlarga qo‘llash mumkn emas. Immunitetga bog‘liq bo‘lgan gemolitik anemiya Immunitetga bog‘liq bo‘lgan gemolitik anemiya tsefalosporinlar sinfiga mansub bo‘lgan antibakterial preparatlar qo‘llangan patsiyentlarda kuzatilgan. Tseftriakson bilan davolanish vaqtida kattalar va bolalarda og‘ir darajadagi gemolitik anemiya, shu jumladan o‘limga olib kelgan holatlar kuzatilgan. Agar patsiyentda tseftriaksonni qo‘llash tufayli anemiya rivojlansa, patsiyentni tsefalosporinlar bilan bog‘liq bo‘lgan anemiya borligiga tekshirish kerak, tseftriaksonni qabul qilishni esa etiologiyasi aniqlanmagunicha to‘xtatish kerak. Uzoq muddat davolash Uzoq muddat davolash vaqtida to‘liq qon tahlilini teng vaqtlar oralig‘ida bajarish kerak. Kolit/sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni haddan tashqari o‘sib ketishi Deyarli barcha antibakterial vositalar, shu jumladan tseftriaksonni qo‘llash vaqtida antibakterial vositalarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan kolit, va og‘irligi bo‘yicha yengil darajadan hayotga havf tug‘diruvchi darajagacha o‘zgarib turishi mumkin bo‘lgan psevdokolit yuzasidan xabar berilgan. Shuning uchun tseftriaksonni qo‘llash vaqtida yoki qo‘llanganidan so‘ng diareya bilan murojaat qilgan bemorlarni davolashda ushbu tashxisni inobatga olish muhimdir. Tseftriakson bilan davolashni to‘xtatish va Clostridium difficile bilan maxsus davolash o‘tkazish kerakligini ko‘rib chiqish kerak. Ichak harakatini ingibitsiya qiladigan dori vositalarini qo‘llash mumkin emas. Boshqa antibakterial vositalar bilan bo‘lgani kabi, sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlar bilan superinfektsiya paydo bo‘lishi mumkin. Og‘ir darajadagi buyrak va jigar yetishmovchiligi Og‘ir darajadagi buyrak va jigar yetishmovchiligida preparatning havfsizligi va samaradorligini klinik nazorat qilish tavsiya etiladi. Serologik tekshirishlarni o‘tkazishda kuzatiladigan buzilishlar Kumbs sinamasi o‘tkazilganida siljishlar paydo bo‘lishi mumkin, chunki tseftriakson tekshiruv natijalarini soxta musbat natijalarga olib kelishi mumkin. Shuningdek tseftriakson galaktozemiyani aniqlash sinamasini soxta musbat natijalariga olib kelishi mumkin. Siydikda glyukozani aniqlashning nofermentativ usullari soxta musbat natijalarga olib kelishi mumkin. Tsefamed preparati bilan davolanish vaqtida siydikdagi glyukozani aniqlashni fermentativ usulda bajarish kerak. Tseftriakson qonda glyukozani nazorat qilishni ayrim tizimlari qo‘llanganida olingan glyukozaning qiymatlarini pasaytirishi mumkin. Har bir tizim uchun iltimos, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasiga murojaat qiling. Zarurat bo‘lganida muqobil tekshirish usullaridan foydalanish kerak. Natriy Tsefamed preparatining har bir grammi 3,6 mmol natriy saqlaydi, natriyni iste’moli nazorat qilingan parhezga rioya qiluvchi patsiyentlarni davolashda buni e’tiborga olish kerak. Antibakterial spektr Tseftriakson cheklangan antibakterial faollik doirasiga ega va kasallikning qo‘zg‘atuvchisi tasdiqlangan holatlardan tashqari, ayrim infektsiya turlarini davolash uchun tseftriakson yagona modda sifatida ishlatilishi mumkin emas. Polimikrob infektsiyalarda, kasallikni chaqiruvchi taxmin qilingan qo‘zg‘atuvchilar tseftriaksonga chidamli organizmlardan iborat bo‘lganida, qo‘shimcha antibiotikni buyurish zaruratini ko‘rib chiqish kerak.

Tseftriakson yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Homilador ayollarda tseftriaksonni qo‘llash yuzasidan cheklangan ma’lumotlar bor. Hayvonlarda o‘tkazilgan tdqiqotlar, embrional/fetal, perinatal va postnatal rivojlanishga nisbatan bevosita yoki bilvosita zararli ta’sir qilishini ko‘rsatmadi. Homiladorlik vaqtida (xususan homiladorlikni I uch oyligida) Tsefamed preparatini, ona uchun davolashdan kutilgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin. Laktatsiya davrida preparatni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak, chunki tseftriakson ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi. Shuningdek diareya va shilliq qavatlarni zamburug‘li infektsiyalari rivojlanishi mumkin.

15-25°S haroratda saqlansin. Tayyorlangan eritma suyultirilgandan so‘ng darhol ishlatilsin.

Tsefamed preparatining dozasi oshirib yuborilganida ko‘ngil aynishi, qusish va diareya rivojlanishi mumkin. Tseftriakson gemodializ yoki peritoneal dializ yordamida organizmdan chiqarilmaydi. Spetsifik antidoti mavjud emas. Dozani oshirib yuborilishi simptomatik davolanadi.

Retsept bo‘yicha

Tsefamed 0,5 g yoki 1,0 g №1 erituvchi komplektda Inyektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun 0,5 g yoki 1,0 g dan flakonda erituvchili ampula (2 ml yoki 3,5 ml 1% li lidokain gidroxloridi eritmasi) bilan majmuada. 1 flakon va 1 ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga ajratilgan karton qutiga joylangan. Tsefamed 0,5 g yoki 1,0 g №10 Inyektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun 0,5 g yoki 1,0 g dan flakonda. 5 flakon kontur uyali o‘ramda. 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

3 yil.