Tsefabelretsept bilan rasmini ko'rish

Tarkibi:

faol modda: tseftriakson natriy tuzi (500 mg yoki 1000 mg tseftriaksonga ekvivalent); Erituvchi: inyektsiya uchun suv.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

tseftriakson

Preparatning savdo nomi:

Tsefabel

Farmakalogik guruhi:

Tsefalosporinlar 3-AVLOD

Dori shakli:

inyektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun

deyarli oq yoki sarg‘ish, namni deyarli tortmaydigan (gigroskopik xususiyati zaif) kristallsimon kukun.

J01DD04

Tseftriakson farmakokinetikasi nochiziq tavsifga ega. Barcha preparatning umumiy kontsentratsiyalariga asoslangan asosiy farmakokinetik parametrlar, yarim chiqarish davrini istisno qilganda, dozaga bog‘liq bo‘lib, dozaning ortishiga proportsional ravishda o‘zgarmaydilar. Qon plazmasidagi umumiy kontsentratsiyaga bog‘liq farmakokinetik parametrlar uchun nochiziqlik xos bo‘lib, bu holat preparatning qon plazmasidagi oqsillar bilan bog‘lanishidagi to‘yinganlik bilan izohlanadi. So‘rilishi: Mushak ichiga bir marta 1 gramm preparat kiritilganidan keyin plazmadagi maksimal kontsentratsiya 81 mg/l ni tashkil qilib, bu ko‘rsatkichga inyektsiya qilinganidan 2-3 soat o‘tganidan keyin erishiladi. “Plazmadagi kontsentratsiya – vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydoni, vena va mushak ichiga yuborilganidan keyin bir xil bo‘ladi. Demak, mushak orasiga yuborilgan inyektsiyadan keyin tseftriaksonning biologik jihatdan o‘zlashtirilishi 100% ni tashkil etadi. Vena ichiga 500 mg va 1 g tseftriaksonning bolyusli inyektsiyasidan keyin qon plazmasidagi o‘rtacha maksimal kontsentratsiya mos ravishda 120 mg/l va 200 mg/l ni tashkil qilgan. Venaga 1 va 2 g tseftriakson bilan birga 500 mg li infuziya yuborilganidan keyin qon plazmasidagi preparat kontsentratsiyasi mos ravishda taxminan 80, 150 va 250 ml/g ni tashkil qilgan. Mushak ichiga bajarilgan inyektsiyadan keyin qon plazmasidagi tseftriakson kontsentratsiyasining o‘rtacha maksimal ko‘rsatkichi vena ichiga bajarilgan inyektsiyadan keyingi ko‘rsatkichdan taxminan ikki marotabaga kamroq bo‘lgan. Taqsimlanishi: Tseftriakson taqsimlanishining hajmi 7-12 litrni tashkil qiladi. 1-2 grammli doza kiritilganidan keyin tseftriakson organizm to‘qimalari va suyuqliklariga yaxshi singib ketadi. 24 soatdan oshiq vaqt davomida uning kontsentratsiyasi 60 dan ortiq to‘qima va suyuqliklardagi (shu jumladan, o‘pka, yurak, safro yo‘llari, jigar, bodomsimon bez, o‘rta quloq va burunning shilliq pardasi, suyaklar, shuningdek orqa miya, plevral va sinovial suyuqliklar va prostata bezi sekreti) infektsiya qo‘zg‘atuvchilarning aksariyati uchun infektsiyalarga qarshi kurashuvchi minimal kontsentratsiyalardan sezilarli darajada yuqoriroq bo‘ladi. Vena ichiga kiritilgan tseftriakson orqa miya suyuqligiga tezda singib ketadi va u yerda ta’sirchan mikroorganizmlarga nisbatan bakteritsidli bo‘lgan kontsentratsiyalar 24 soat davomida saqlanib qoladi. Oqsillar bilan bog‘lanishi: Tseftriakson albumin bilan qayta bog‘lanishga ega. Qon plazmasidagi tseftriakson kontsentratsiyasi 100 mg/l dan kam bo‘lganida bog‘lanish darajasi taxminan 95% ni tashkil qiladi. Qon plazmasidagi oqsil bilan bog‘langan tseftriakson ulushi uning kontsentratsiyasi ortib borishiga qarab kamayadi, chunki bog‘lanish to‘yinish bilan birga kechadi va kontsentratsiya ko‘rsatkichi 300 mg/l bo‘lganida taxminan 85% ni tashkil qiladi. Ayrim to‘qimalarga  so‘rilishi( taqsimlanishi): Tseftriakson miya qobiqlari orqali, aksariyat ularning yallig‘lanishida ko‘proq singiydi. Tseftriaksonning orqa miya suyuqligidagi o‘rtacha maksimal kontsentratsiyasi bakterial meningiti bo‘lgan bemor qon plazmasidagi tseftriakson kontsentratsiyasining 25% ni va miya qobiqlarida yallig‘lanish bo‘lmagan bemor qon plazmasidagi kontsentratsiyaning faqatgina 2% ni tashkil qiladi. Tseftriaksonning orqa miya suyuqligidagi maksimal kontsentratsiyasiga preparat vena ichiga yuborilganidan 4-6 soat o‘tganidan keyin erishiladi. Tseftriakson platsentar to‘siq dan o‘tib, kichik kontsentratsiyalarda ko‘krak sutida ham aniqlanishi mumkin. Metabolizmi: Tseftriakson tizimli metabolizmdan xoli bo‘lib, ichakdagi mikroflora ta’siri ostida nofaol metabolitlarga aylanadi. Chiqarilishi: Tseftriaksonning plazmadagi umumiy klirensi 10-22 ml/daq ni tashkil qiladi. Buyrakdagi klirens 5-12 ml/daq ga teng. Tseftriaksonning 50-60% o‘zgarmagan holda buyrak orqali, 40-50% esa – o‘zgarmagan holda ichaklar orqali tashqariga chiqariladi. Tseftriakson yarim chiqarilishining davri kattalarda taxminan 8 soatni tashkil qiladi.

Dozalashning standart rejimi. Vena ichiga, mushak ichiga. Katta yoshdagilar va 12 yoshdan katta bolalar≥50 kg: sutkasiga (har 24 soatda) 1-2 g Og‘ir holatlarda yoki qo‘zg‘atuvchilarning tseftriaksonga nisbatan mo‘tadil ta’sirchanlikka ega bo‘lgan infektsiyalar mavjudligida sutkalik dozani 4 g gacha oshirish mumkin. Davolanish muddati kasallikning kechishiga bog‘liq. Antibiotikoterapiyada, odatdagidek, bemorniing tana harorati me’yorlashib, qo‘zg‘atuvchi eradikatsiyasi tasdiqlanganidan keyin 48-72 soat davomida bemorga tseftriakson yuborishni davom ettirish lozim. Davolash kursi odatda 4-14 kunni tashkil etadi; infektsiyalar asorati kuzatilgan holatlarda davolash ko‘proq muddatga cho‘zilishi mumkin. Streptococcus pyogenes tufayli chaqirilgan infektsiyalar aniqlanganida davolanish kursi 10 kundan kam bo‘lmasligi lozim.

JSST ma’lumotiga ko‘ra, nojo‘ya ta’sirlar rivojlanish tezligi bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi: juda tez-tez (≥1/10); tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha); kam (≥1/1000 dan <1/100 gacha); kamdan-kam (≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam (<1/10000); noma’lum – mavjud ma’lumotlarga ko‘ra uchrash soni aniqlashni imkoniyati yo‘q. Infektsion va parazitar kasalliklar: kam – jinsiy organlar mikozlari; kamdan-kam – psevdomembranozli kolit. Qon tizimi va limfatik tizimi tomonidan: tez-tez – eozinofiliya, leykopeniya, trombotsitopeniya; kam – granulotsitopeniya, anemiya, koagulopatiya. Asab tizimi tomonidan: kam – bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi. Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i tomonidan: kam – bronxospazm. Me’da–ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez – ich kelishi barqaror emas, diareya (ayrim hollarda diareya psevdomembranoz kolit simptomi bo‘lishi mumkin); kam – ko‘ngil aynish, qusish va tilning yallig‘lanishi; kamdan-kam – qorinda og‘riq. Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan: tez-tez – jigar fermentlari faolligining ortishi (aspartataminotransferazani (AST), alaninaminotransferazani (ALT), ishqor fosfatazani (IF)). Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: tez-tez – toshma (issiqlik); kam – qichishish; kamdan-kam – eshakemi. Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: kamdan-kam – gematuriya, glyukozuriya. Umumiy buzilishlar va yuborish joyidan buzilishlar: kam – flebit, yuborilgan joyidagi og‘riq, tana haroratining oshishi; kamdan-kam – shish, aznob. Laboratoriya ko‘rsatkichlari tomonidan: kam – qonda kreatinin kontsentratsiyasining oshishi.

O‘ta sezuvchanlik Tseftriakson va preparatning istalgan boshqa komponentiga nisbatan o‘ta sezuvchanlik. Tsefalosporinlarga nisbatan o‘ta sezuvchanlik. Boshqa b-laktamli antibiotiklar (penitsillinlar, monobaktamlar va karbapenemalar)ga nisbatan o‘ta sezuvchanlikning og‘ir reaktsiyalari (masalan, anafilaktik reaktsiyalar) Chala tug‘ilgan bolalar Yoshi 41 haftagacha bo‘lgan chala tug‘ilgan bolalarga (gestatsion va xronologik yoshlarining summasi) tseftriakson preparatini qo‘llash taqiqlanadi. Normal tug‘ilgan bolalar (≤28 kunlik) Yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi giperbilirubinemiya, sariqlik  yoki atsidoz, gipoalbuminemiya (in vitro tadqiqotlar ko‘rsatdiki, tseftriakson zardob albumini bilan bilirubinni siqib chiqarishi mumkin bo‘lib, chaqaloqlarda bilirubin entsefalopatiyasi rivojlanishiga xavfini oshirar ekan). Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga tarkibida kaltsiy bo‘lgan eritmalarni vena ichiga yuborish. Kaltsiy tuzlari pretsipitatlari paydo bo‘lish xavfi mavjud bo‘lgani sababli tarkibida kaltsiy bo‘lgan eritmalarni vena ichiga yuborish, jumladan, masalan, parenteral oziqlantirishda uzoq muddatli infuziyalar belgilangan yoki nazarda tutilayotgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar (≤28 kunlik)da ehtiyotkorlik choralari tutilishi kerak. Tseftriakson va tarkibida kaltsiy bo‘lgan eritmalarni qabul qilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda o‘pka va buyraklarda pretsipitatlar paydo bo‘lgani to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Bunda, alohida hollarda, vena ichiga bir marotaba yuborilib , pretsipitatlar hosil bo‘lishi bevosita vena ichiga bir marotabalik foydalanish uchun infuziya sistemasi ichida kuzatilgan. Undan tashqari, venaga tseftriakson preparati va tarkibida kaltsiy bo‘lgan eritmalar kiritishning turli usullari qo‘llanilganida o‘lim bilan yakunlangan holat qayd etilgan. Bunday holatlar faqat yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda kuzatilgan.

Bir vaqtning o‘zida tseftriaksonning katta dozalari va “sirtmoqli” diuretiklar (masalan, furosemid) qo‘llanilishida buyrak funktsiyalarida buzilishlar kuzatilmagan. Tsefalosporin bilan birga qo‘llanilishida aminoglikozidlarning nefrotoksikligi to‘g‘risida bir-biriga zid ma’lumotlar bor, shu sababli buyrak funktsiyasi va qondagi aminoglikozidlar kontsentratsiyasi ustidan monitoring o‘tkazish talab etiladi. Tseftriakson preparati kiritilganidan keyin alkagolning iste’mol qilinishidan keyin disulfiramli reaktsiya kuzatilmagan. Tseftriakson tarkibida ayrim boshqa tsefalosporinlargaa xos bo‘lgan etanolni ko‘tara olmaslik va qon ketishini keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan N-metiltiotetrazol guruhi yo‘q. Probenetsid tseftriaksonni chiqarib tashlanishiga ta’sir o‘tkazmaydi. Bakteriostatik antibiotiklar tseftriaksonning bakteritsidli samarasini kamaytiradi. In vitro, xloramfenikol va tseftriakson o‘rtasida antagonizm borligi aniqlangan. Vena ichiga kiritish uchun mo‘ljallangan tseftriakson eritmalarini tayyorlashda va keyinchalik ularni aralashtirishda, pretsipitatlar hosil bo‘lish ehtimoli mavjud bo‘lgani sababli, Ringer eritmasi yoki Xartman eritmasi kabi tarkibida kaltsiy bo‘lgan erituvchilardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bir marta venaga kiritish uchun eritma tayyorlash uchun tsentriakson preparati va tarkibida kaltsiy bo‘lgan eritmalarlarni aralashtirganda ham kaltsiy tuzlarining pretsipitatlari hosil bo‘lishi mumkin. Venaga bir marta kiritishga mo‘ljallangan tseftriakson preparati va tarkibida kaltsiy bo‘lgan eritmalarni aralashtirishda ham tseftriaksonning kaltsiy tuzlari pretsipitlari hosil bo‘lishi mumkin. Uzoq muddatli infuziyalar orqali venaga tseftriakson preparati eritmalarini kiritishda, masalan, Y-konnektordan foydalangan holda parenteral oziqlantirishda ham tarkibida kaltsiy bo‘lgan eritmalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bemorlarning barcha guruhlari uchun (yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni istisno qilganda) tseftriakson va tarkibida kaltsiy bo‘lgan eritmalarning ketma-ket kiritilishida, bir-biriga mos keladigan suyuqliklarni quyish oldidan infuzion tizimlar puxta yuvilishi lozim. Tseftriakson va kaltsiyning o‘zaro ta’sirini baholash uchun ikkita in vitro tadqiqot o‘tkazilgan: birinchisida katta yoshdagi odam qoni plazmasidan, ikkinchisida esa – yangi tug‘ilgan chaqaloq kindigidagi qon plazmasidan foydalanilgan. Dastlabki kontsentratsiyasi 1 mM gacha (2 gramm preparat infuzion tarzda kiritilganidan keyin kamidan 30 daqiqa o‘tib tseftriakson in vivo erishadigan maksimal kontsentratsiya) bo‘lgan tseftriakson va dastlabki kontsentratsiyasi 12 mM (48 mg/dl) bo‘lgan kaltsiy turli kombinatsiyalari tahlil qilingan. Plazmadagi tseftriakson kontsentratsiyasining kamayishi katta odam plazmasidagi kaltsiy kontsentratsiyasi 6 mM (24 mg/dl) va undan ko‘proq, yangi tug‘ilgan chaqaloq plazmasidagi kaltsiy kontsentratsiyasi 4 mM (16 mg/dl) va undan ko‘proq bo‘lganida kuzatilgan. Bu holat tseftriaksondagi kaltsiy tuzlarining hosil bo‘lish xavfi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda yuqoriroq bo‘lishidan dalolat beradi. Tseftriakson farmatsevtik jihatdan amsakrin, vankomitsin, flukonazol va aminoglikozidlar bilan mos kelmaydi va hech qachon birga qo‘llanilmaydi. Tseftriakson preparati terapiyasi fonida vitamin K antagonistlari qo‘llanilganida qon ketishi xavfi ortadi. Qon quyilishi parametrlari doimo nazorat qilinishi va, zarurat tug‘ilganida, tseftriakson terapiyasi vaqtida va u yakunlanganidan keyin ham antikoagulyant dozasiga tuzatishlar kiritib turish lozim. Ko‘pgina grammanfiy bakteriyalarga nisbatan tseftriakson va aminoglikozidlar o‘rtasidagi sinergizm ko‘rsatilgan. Ushbu kombinatsiyalarning yuqori samaradorligini doim ham oldindan aytib bo‘lmasada, shartlangan Rseudomonas aeruginosa kabi hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir infektsiyalar aniqlanganida, erishilishi mumkin bo‘lgan ijobiy natijalarni nazarda tutish lozim.

O‘ta ta’sirchanlik reaktsiyasi Boshqa β-laktam antibiotiklarni qo‘llashda bo‘lgani kabi o‘ta ta’sirchanlikning og‘ir reaktsiyalari, shu jumladan o‘lim bilan yakunlangan reaktsiyalari qayd etilgan. O‘ta ta’sirchanlikning og‘ir reaktsiyalari rivojlanishida tseftriakson terapiyasini zudlik bilan to‘xtatish va tegishli davolash tadbirlarini o‘tkazish lozim. Tseftriakson terapiyasini boshlashdan oldin bemorda tseftriakson, tsefalosporinlarga yoki boshqa b-laktamli antibiotiklar (penitsillinlar, monobaktamalar va karbapenemalar)ga nisbatan o‘ta ta’sirchanlik kuzatilgani yoki yo‘qligini aniqlash kerak. Anamezdagi boshqa b-laktamli antibiotiklar (penitsillinlar, monobaktamalar va karbapenemalar)ga nisbatan o‘ta ta’sirchanlikning og‘ir bo‘lmagan reaktsiyalari kuzatilgan bemorlarga tseftriakson qo‘llashda ehtiyotkor bo‘lish zarur. Natriya miqdori 1 gramm tseftriakson preparatida 42,27 mg natriy bor. Natriy miqdori nazorat ostida parhezga rioya qiluvchi bemorlar ushbu holatga alohida e’tibor qaratishlari lozim. Gemolitik anemiya Tseftriakson preparati bilan davolashda, boshqa tsefalosporinlar qo‘llanilganda kuzatilgani kabi, autoimmun gemolitik anemiya rivojlanishi mumkin. Kattalar va bolalarda gemolitik anemiyaning og‘ir, hattoki, o‘lim bilan yakunlangan shakllari qayd etilgan. Tseftriakson preparati bilan davolanayotgan bemorda anemiya rivojlanishida tsefalosporin-assotsiyalangan anemiya tashxisini istisno qilib bo‘lmaydi va sabablari aniqlangunicha davolashni to‘xtatib turish talab etiladi. Clostridium difficile tufayli yuzaga kelgan diareya Tseftriakson preparati bilan davolashda, aksariyat antibakterial preparatlarni qo‘llashda bo‘lgani kabi, Clostridium difficile (C. difficile) tufayli yuzaga kelgan diareya kuzatilgan. Diareya turlicha, ya’ni yengil va, hattoki, o‘lim bilan yakunlanuvchi kolit ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Antibakterial preparatlar bilan davolashda yo‘g‘on ichakning normal mikroflorasi buzilishi kuzatiladi, bu esa C. Difficile o‘sishini rag‘batlantiradi. C. Difficile, o‘z navbatida, C. Difficile tufayli hosil bo‘lgan diareya patogenozi omillari hisoblangan A va V toksinlarini hosil qiladi. S. difficile shtammlari, antimikrob terapiyasiga nisbatan barqaror bo‘lgani sababli, og‘ir asoratli va o‘limga sabab bo‘ladigan infektsiyalarni qo‘zg‘atuvchisi hisoblanadi. Davolash esa, o‘z navbatida, kolektomiyani talab qilishi mumkin. Diareya bilan og‘rigan barcha bemorlarda antibiotikoterapiyadan keyin C. Difficile tufayli hosil bo‘lgan diareyaning rivojlanish ehtimoli mavjud ekanini yodda tutish zarur. Anamnezni puxta yig‘ish talab etiladi, sababi, antibiotikoterapiyadan keyin 2 oy o‘tib ham C. Difficile tufayli hosil bo‘lgan diareya rivojlanishi kuzatilgan. Difficile tufayli hosil bo‘lgan diareya mavjudligi gumon qilinsa yoki tasdiqlansa, C. Difficilega yo‘naltirilmagan joriy terapiya bekor qilinishi mumkin. Klinik ko‘rsatkichlarga muvofiq suyuqlik va elektrolitlar, oqsillarni kiritish, C. Difficile ga nisbatan antibiotikoterapiya, jarrohlik amaliyoti kabi tegishli davolash usullari belgilanadi. Ichak peristaltikasini tormozlovchi preparatlarni qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi. Superinfektsilar Boshqa antibakterial preparatlar bilan davolashda bo‘lgani kabi superinfektsiyalar rivojlanishi kuzatilishi mumkin. Protrombin vaqtining o‘zgarishi Tseftriakson qabul qilayotgan bemorlarda juda kam holatlarda protrombin vaqtining o‘zgarishi tavsiflangan. Vitamin K yetishmovchiligi (sintez buzilishi, ovqatlanish rejimining buzilishi) mavjud bo‘lgan bemorlarga terapiya davomida protrombin vaqtini nazorat qilish va protrombin vaqti ko‘payganida terapiya boshlanishidan oldin va terapiya davomida vitamin K (haftasiga 10 mg) qabul qilish belgilanishi mumkin. Tseftriaksondagi kaltsiy tuzi pretsipitatlarining hosil bo‘lishi Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘pka va buyraklarida tseftriakson-kaltsiy pretsipitatlar yig‘ilishi oqibatida og‘ir reaktsiyalar ro‘y bergani, ayrim hollarda esa, o‘lim bilan yakunlangan holatlar qayd etilgan. Kattaroq yosh guruhlariga mansub bemorlarda ham tseftriakson va venaga kiritiladigan kaltsiyli eritmalarning o‘zaro ta’siri nazariy jihatdan bo‘lishi mumkin, shuning uchun tseftriakson tarkibida kaltsiy bo‘lgan eritmalar bilan aralashtirilmasligi (shu jumladan parenteral oziqlantirish uchun ham), shuningdek bir vaqtning o‘zida kiritilmasligi, jumladan turli uchastkalardagi infuziyalar uchun alohida kiritish yo‘llari orqali ham kiritilmasligi lozim. Tseftriakson yarim chiqarilishining 5 ta davri bo‘yicha hisob-kitoblar asosida tseftriakson va kaltsiyli eritmalar kiritilishi orasidagi interval 48 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Tseftriakson va peroral qabul qilishga mo‘ljallangan kaltsiyli preparatlarning o‘zaro ta’siri bo‘yicha, shuningdek mushak ichiga kiritiladigan tseftriakson va kaltsiyli preparatlar (vena ichiga yuborilishi va peroral qabul qilishga mo‘ljallangan) o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir bo‘yicha ma’lumotlar yo‘q. Tseftriakson tavsiya etilgan standart dozalardan (sutkasiga 1 gramm va undan ko‘proq) ortiq miqdorda qabul qilinganidan keyin o‘t pufagi ultratovush bilan tekshirilganida, tseftriaksondagi kaltsiy tuzining pretsipitatlari aniqlangan. Bu holat, odatda, bolalarda kuzatilgan. Pretsipitatlar juda kam hollarda aniq simptomatika beradi va tseftriakson preparati terapiyasi yakunlanganidan yoki to‘xtatilganidan keyin yo‘qoladi. Ushbu holatlar klinik simptomatika bilan kechadigan bo‘lsa, konservativ davolash (jarrohlik amaliyotisiz) tavsiya etiladi, preparatni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror davolovchi shifokor ixtiyoriga havola qilinib, foyda va xavfning individual baholanishiga asoslanishi lozim. Tseftriakson va tarkibida kaltsiy bo‘lgan infuzion eritmalar yoki boshqa kaltsiyli preparatlar qo‘llanilganida tomir ichida pretsipitlar faqat yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda hosil bo‘lishi to‘g‘risida aniq ma’lumotlar mavjud bo‘lsada, baribir, bolalalar va kattalarga tseftriakson va tarkibida kaltsiy bo‘lgan infuzion eritmalarni, hattoki, turli venalarga yuborish va birga qo‘llash tavsiya etilmaydi. Pankreatit Tseftriakson qabul qilgan bemorlarda o‘t yo‘llari buzilishi natijasida yuzaga kelgan pankreatit holatlari juda kam kuzatilgan. Ushbu bemorlarning aksariyatida o‘t yo‘llarida dimlanishlar, masalan, terapiya og‘ir kasalliklar va to‘liq parenteral oziqlanish kabi holatlar avval ham qayd etilgan. Bunda, preparat ta’siri ostida o‘t yo‘llarida hosil bo‘lgan pretsipitatlar rivojlanishini ham hisobdan chiqarmaslik lozim. Bolalarda qo‘llanilishi Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar, emizikli va kichik yoshdagi bolalarda tseftriakson qo‘llanishining xavfsizligi va samaradorligi “Qo‘llash usuli va dozalar” bo‘limida ta’riflangan dozalar uchun belgilangan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, boshqa tsefalosporinlar kabi tseftriakson ham plazma albumini bilan bog‘lanishdan bilirubinni chiqarib tashlashi mumkin ekan. Tseftriakson preparatini bilirubinli entsefalopatiya rivojlanishi xavfi mavjud bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va ayniqsa chala tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘llashga yo‘l qo‘yilmaydi. Uzoq muddatli davolanish Uzoq muddat davomida davolanishda periferik qon holatini, jigar va buyraklar funktsional holati ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish lozim. Qon tahlili monitoringi Uzoq muddat davomida davolashda qonning umumiy tahlilini muntazam ravishda o‘tkazib turish zarur. Serologik tadqiqotlar Tseftriakson bilan davolanishda Kumbs namunalari, galaktozemiya namunalari bo‘yicha, shuningdek siydikdagi glyukozani aniqlashda soxta ijobiy natijalar qayd etilishi mumkin (glyukozuriyani faqat fermentli metod bilan aniqlash tavsiya etiladi). Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta’sir qilishning o‘ziga xosligi. Preparatni qabul qilgandan so‘ng avtotransport vositalarini yoki mashina va mexanizmlarni boshqarishga o‘tkazadigan ta’siri haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Biroq, tseftriakson bilan o‘tkaziladigan terapiya vaqtida, bosh aylanishi va boshqa nomaqbul reaktsiyalar yuzaga kelishi mumkin bo‘lgani sababli, transport vositalarini boshqarishda va mexanizmlar bilan ishlashda ehtiyotkor bo‘lish lozim.

Preparatning xomiladorlik davrida qo‘llanilishi bo‘yicha FDA  tasnifiga binoan Tsefabel ( Tseftriakson) preparati  homilaga ta’siriga ko‘ra “V” toifaga kiradi. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda homilaga salbiy ta’siri aniqlanmagan, homilador ayollarga mos yetarli tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Tseftriakson platsentar to‘siq orqali kiradi. Homiladorlik davrida, ayniqsa, birinchi trimestrda, tseftriakson terapiyasini ona uchun terapiyadan kutilayotgan samara darajasi homila uchun potentsial xavfdan yuqoriroq bo‘lsagina va faqat qat’iy ko‘rsatmalar bo‘yicha belgilash zarur. Tseftriakson ko‘krak suti tarkibida kichik dozalarda bo‘lishi mumkin. Ona tomonidan terapevtik dozalarda qabul qilinayotgan tseftriakson emizikli bolaga ta’sir qilishi ehtimoli juda kichik bo‘lsada, baribir, bolada diareya, shilliq pardalarda zamburug‘li infektsiyalar va o‘ta sezuvchanlik reaktsiyalari rivojlanishini istisno qilmaslik zarur. Bolaning ona suti bilan oziqlanishi afzalligini va ona uchun terapiya foydasini e’tiborga olgan holda ko‘krak suti bilan oziqlantirishni yoki tseftriakson bilan davolashni to‘xtatish lozim.

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish va diareya. Davolash: doza oshirib yuborilganida gemodializ va peritoneal dializ preparat kontsentratsiyasini kamaytirmaydi. Spetsifik antidot yo‘q. Doza oshirib yuborilishini davolash simptomatik tarzda bajariladi.

Retsept bo‘yicha

“Tsefabel 500”, inyektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun, 500 mg  dan, flakonlarda, erituvchisi bilan birga komplektda. “Tsefabel 1000”, inyektsiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun, 1000 mg dan, flakonlarda, erituvchisi bilan birga komplektda.

2 yil.