Trizim 2500 rasmini ko'rish

Tarkibi:

Faol moddalar: Pankreatin – 100 mg, bu kamida – 1800 amilolitik TB F.I.P – 2500 lipolitik TB F.I.P – 50 proteolitik TB F.I.P faolligiga mos keladi. Yordamchi moddalar: natriy xlorid, mikrokristallik tsellyuloza, CL kolloidon, aerosil, magniy stearati. Qobiq tarkibi: 30% poliakrilat dispersiyasi, talk, propilenglikol, titan dioksidi, karmuazin Ye122.

Ta'sir etuvchi modda(XPN):

Pankreatin

Preparatning savdo nomi:

Trizim 2500

Farmakalogik guruhi:

Ferment.

Dori shakli:

Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Pushti rangli, ikki tomoni qavariq, o‘ziga xos biroz kuchsiz hidli, ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar. Ko‘ndalang kesimda ikki qavat ko‘rinadi.

Ferment.

A09AA02

Ferment preparati. Preparatning tarkibiga kiruvchi pankreatik fermentlar (lipaza, amilaza va proteaza) yog‘lar, karbonsuvlar va oqsillarni hazm bo‘lishini yengillashtiradi, bu ularni ingichka ichakda to‘liq so‘rilishiga yordam beradi. Me’da osti bezi kasalliklarida preparat uning tashqi sekretor faoliyatini yetishmovchiligini kompensatsiya qiladi va ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilashga yordam beradi. Tabletkalar me’daning kislotali muhitida erimaydigan, hazm fermentlarini me’da shirasining rN ta’sirida parchalanishidan himoya qiladigan himoya qobig‘iga ega. Preparatning farmakokinetikasi bo‘yicha tekshirishlari o‘tkazilmagan

Me’da osti bezining tashqi sekretor faoliyatini yetishmovchiligi (surunkali pankreatit, mukovistsidoz va boshqalar). Me’da, ichak, jigar, o‘t pufagining surunkali yallig‘lanish – distrofik kasalliklari. Ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, meteorizm, diareya (majmuaviy davolash tarkibida) bilan kechadigan, bu a’zolarni rezektsiyasi yoki nurlanishidan keyingi holat. Me’da-ichak yo‘llarining (MIY) faoliyati me’yorida bo‘lgan patsiyentlarda ovqatlanishda xatoliklari bo‘lgan hollarda, shuningdek chaynash faoliyatini buzilishlarida, uzoq muddatli majburiy immobilizatsiyada, kam xarakatli turmush tarzida ovqat hazm bo‘lishini yaxshilash uchun qo‘llanadi. Qorin bo‘shlig‘i a’zolarini rentgenologik va ultratovush tadqiqotiga tayyorlash.

Doza me’da osti bezining faoliyatini yetishmovchiligining darajasiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi. Preparat ichga, ovqatdan oldin yoki ovqat vaqtida, chaynamasdan, ko‘p miqdordagi, yaxshisi ishqoriy bo‘lmagan suyuqlik bilan (suv, meva sharbatlari) qabul qilinadi. Kattalar: 1-3 tabletkadan har ovqat qabul qilishda qabul qiladilar. Fermentning sutkalik dozasi tana vaznining kilogrammiga lipazaning 15000-20000 TB dan oshmasligi kerak. Davolash davomiyligi bir necha kundan (parhezdagi xatoliklar oqibatidagi ovqat hazm bo‘lishini buzilishida) bir necha oy yoki xattoki bir necha yillargacha (doimiy o‘rinbosar davolash zarurati tug‘ilganida) davom etishi mumkin. Bolalarga preparatni faqat shifokor ko‘rsatmasiga binoan beriladi.

O‘rtacha terapevtik dozalarda qo‘llanganida: Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: ayrim hollarda – diareya, qabziyat, me’dada diskomfort hissi, ko‘ngil aynishi. Allergik reaktsiyalar: alohida hollarda – teri ko‘rinishlari. Moddalar almashinuvi tomonidan: preparat katta dozalarda uzoq vaqt qo‘llanganida giperurikozuriya rivojlanishi mumkin, xaddan tashqari yuqori dozalarda – qon plazmasida siydik kislotasi darajasini oshishi. Bolalarda trizimni yuqori dozalarda qo‘llanganida perianal teri sohasi ta’sirlanishi mumkin.

O‘tkir pankreatit, surunkali pankreatitning zo‘rayishi, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, bilirubinning yuqori darajasi bilan kechuvchi jigarning og‘ir kasalliklari, ichak tutilishi, jigar komasi.

Trizimni antitrombotik vositalar, K vitaminining antagonistlari va atsetilsalitsil kislotasi bilan bir vaqtda qo‘llanganda, bu preparatlarning samarasi pasayadi. Monoaminlarni neyronlararo qayta qamrab olinishini noselektiv ingibitorlarining samaradorligi ularni pankreatin bilan vaqtda qo‘llanganida pasayadi bunda xavfli tormozlanish yuz berishi mumkin. M-xolinoblokatorlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida antixolinergik samara kuchayadi. Preparat temirni so‘rilishini pasaytiradi (ayniqsa uzoq muddat qo‘llanganida).

Mukovistsidozda preparatning dozasi, iste’mol qilinayotgan ovqatning sifati va miqdorini hisobga olib, yog‘larning so‘rilishi uchun zarur bo‘lgan fermentlar miqdoriga mos kelishi lozim. Homilador ayollarda lipaza, amilaza va proteaza fermentlarini qo‘llashning xavfsizligi haqida klinik ma’lumotlar yo‘q. Shuning uchun homiladorlik yoki emizish vaqtida preparatni faqat ona uchun kutilayotgan foyda homila va bola uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lganidagina buyurish kerak. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25 S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Simptomlari: yuqori dozalarda ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinning pastki qismida qichishish, ichak tutilishi, giperurikemiya, urikozuriya, perianal teri sohasi ta’sirlanishi; juda kam hollarda mukovistsidozi bo‘lgan patsiyentlarda fibrozlovchi kolonopatiya bo‘lishi mumkin. Davolash: preparatni qabul qilishni to‘xtatish, yetarlicha gidratatsiya va simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Retseptsiz

Ichakda eruvchi qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 1, 2, 5, 6 yoki 10 kontur uyali o‘ram 10 yoki 20 tabletkadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

2 yil.